1. 7-sinf O'zbekiston Tarixi darsligi qaysi davrni o'z ichiga oladi?


-§. JALOLIDDIN MANGUBERDINING XORAZM TAXTIGA O'TIRISHI


Download 34.48 Kb.
bet10/11
Sana07.03.2023
Hajmi34.48 Kb.
#1246477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-sinf uzb

20-§. JALOLIDDIN MANGUBERDINING XORAZM TAXTIGA O'TIRISHI

1. Muhammad Xorazmshoh Nishopurga kelgan yilni toping.


J: 1220-yilning aprelida
2. Muhammad Xorazmshoh Ashura orolida qaysi yilda vafot etgan?
J: 1220-yilning dekabrida
3. Jaloliddin Manguberdi qaysi yillarda yashagan?
J: 1198-1231-yillarda
4. Jaloliddin Manguberdi qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
J: 1220-1231-yillarda
5. Jaloliddin Manguberdining mo'g'ullarga qarshi dastlabki yirik g'alabasi qaysi
jangda qo'lga kiritilgan?
J: Valiyon qal'asi jangi
6. Parvon jangi qachon bo'lib o'tgan?
J: 1221-yilda
7. Qaysi jang mo'g'ullarning bu urushdagi eng katta mag'lubiyati bo'lgan?
J: Parvon jangi
8. Jaloliddin Manguberdi va Chingizxon o'rtasida Sind daryosi bo'yidagi jang
qaysi yilda bo'lib o'tgan?
J: 1221-yilda
9. Mog'ullar tomonidan buzib tashlagan Marv shahrining bosh to'g'oni qaysi?
J: Sultonband


21-§. JALOLIDDIN MANGUBERDI MOHIR SARKARDA

1. Jaloliddin Sind darayosidan kechib o'tganidan so'ng qolgan jangchilarini to'plab qaysi hududidagi bir qancha davlatlar hukmdorlari bilan aloqa


o'rnatishga harakat qildi.
J: Shimoliy Hindiston
2. Shimoliy Hindistonda qaysi viloyat hukmdori Jaloliddin Manguberdining og'ir ahvolidan foydalanib, unga qarshi hujum qiladi?
J: Shatra
3. "Sening ortingda islomning dushmani turgani sir emas. Sen butun musulmonlarning sultonisan. Men bunday paytda senga qarshi bo'lishni istamayman. Taqdir qo'lida senga qarshi qurol bo'lishni xohlamayman. Men kabi odam seningdek insonga qarshi qilich ko'tarishi kechirilmas holdir!" degan maktubni kim Jaloliddin Manguberdiga yo'llagan?
J: Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish
4. Jaloliddin Manguberdi qayerda davlat barpo qiladi?
J: Shimoliy Hindistonda
5. Jaloliddin Manguberdining qaysi lashkarboshilari unga xiyonat qilib Eltutmish tomoniga o'tgan?
J: Yazidak pahlavon va Sunqurjiq
6. Jaloliddin Manguberdi Hindistonda necha yil hukmronlik qiladi?
J: 3 yil
7. Jaloliddin Manguberdi Hindistonni tashlab 1224-yili qaysi hududga yo'l olgan? J: Iroqqa
8. Jaloliddin o'z qo'shini bilan dastlab Kirmon, keyin Sheroz va Isfahonga borib, mahalliy hukmdorlar bilan kelishib, biroz mustahkam kuchga ega bo'ladi. Ammo bu yerlar kimga tegishli bo'lgan?
J: ukasi G'iyosiddinga
9. Jaloliddinning Kirmon, Sheroz va Isfahonga kelishi mahalliy aholi tomonidan yaxshi kutib olingan, bunga sabab bo'lgan omilni aniqlang.
J: G'iyosiddin davrida o'zboshimchalik va zo'rovonlik avjiga chiqqan edi. 10. Jaloliddin kimga maktub yo'llab, umumiy dushman - mo'g'ullarga qarshi kurashga undaydi?
J: Bag'dod xalifasi Nosirga
11. Xalifa Nosir Jaloliddin Manguberdiga qarshi yuborgan 20 minglik qo'shini qayerdagi jangda tor-mor keltirildi?
J: Basra yaqinidagi
12. Basra yaqinidagi jangda g'alaba qolingan Jaloliddin Manguberdi qayerga tomon yurish qiladi?
J: Ozarbayjon
13. Ichkilik, maishatga berilib davlat ishlarini o'z holiga tashlab qo'ygan Ozarbayjon hukmdorini aniqlang.
J: O'zbek
14. Ozarbayjon hukmdori O'zbek ichkilik, maishatga berilib, davlat ishlarini o'z
holiga tashlab qo'ygan edi, davlatni amalda kim boshqargan edi?
J: xotini Malika xotun
15. 1225-yil mayda Jaloliddin Manguberdi qaysi shaharni jangsiz qo'lga
kiritadi?
J: Marog'a
16. Marog'a shahri jangsiz qo'lga kiritilgandan keyin Jaloladdinga qaysi
shaharlar ham taslim bo'ladi?
J: Tabriz, G'azna
17. Ozarbayjon aholisi Xorazmshoh qiyofasida o'zini kimlarning zo'ravonligidan ozod etuvchi xaloskorni ko'rdi?
J:gurjilarning
18. Jaloliddin Xorazmshoh... harbiy yurishlar uchun qulay joyda joylashganligi uchun bu o'lkani o'z davlatining markazi sifatida tanlaydi.
J: Ozarbayjon
19. Jaloliddin Xorazmshoh Ozarbayjonni o'z davlatining markazi sifatida
tanlaydi. Qaysi shaharni yangi barpo etgan davlatining poytaxtiga aylantirdi?
J: Tabriz
20. Ozarbayjon egallangach, Jaloliddin Manguberdi o'z qo'shinini qaysi tomon boshlaydi?
J: Gurjiston
21. Jaloladdin 1225-yil avgustda ... qal'asi yaqinida gurjilarning 60 minglik
qo'shinini tor-mor keltiradi va ... qarab yuradi.
J: Garni / Tiflisga
22. Jaloladdin Gurjistonni qachon to'liq egalladi?
J: 1226-yilda
23. Ozarbayjon, Shirvon (Armaniston) va Gurjiston Xorazmshoh qo'liga o'tgach, mo'g'ullar...
J: Isfahon shahri yonida paydo bo'ladi.
24, 1227-yil sentabrda qayerda Jaloliddin mo'g'ullarning Taynol no'yon boshliq
qo'shinini yengadi?
J: Isfahon yaqinida
25. Kim Jaloliddin Manguberdining jangdagi mardligiga qoyil qolib "Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o'z tengqurlarining sarvari ekan", degan?
J: Taynol no'yon
26. Ko'niya sultoni ... muxolif kuchlarni Jaloliddin Manguberdiga qarshi birlashtirishga muvaffaq bo'ldi.
J: Alouddin Qayqubod
27. Xiyonat yo'liga o'tgan Jaloliddinning ukasi G'iyosiddin Pirshoh qaysi hudud
hokimi tomonidan qo'lga olinib, qatl etiladi?
J: Kirmon
28. Mo'g'ullar qaysi voqeadan so'ng, Jaloliddin davlati ular o'ylagandek kuchli emasligini anglab, u bilan sulh tuzish fikridan qaytishdi?
J: ukasining xiyonat yo'liga o'tishi va natijada qatl etilishi
29. Jazira va ko'niya hukmdorlariga Jaloliddindan hokimiyatni tortib olishda madad so'rab yozgan maktubi Jaloliddinning qo'liga tushgach, hibsga olinib, qatl etilgan bosh vazirni aniqlang.
J: Sharofulmulk
30. Ko'niya, Jazira, Damashq, Misrning birlashgan qo'shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari Arzinjon yaqinidagi qaysi yilda mag'lubiyatga uchradi?
J: 1230-yil avgustda
31. Jaloliddin Manguberdining kuchsizlanganidan foydalangan mo'g'ullar katta qo'shin bilan nechanchi yilda Ozarbayjonga bostirib kiradi?
J: 1231-yilda
32. Jaloladdin kimlarning qo'liga asir tushib, fojiali halok bo'lgan?
J: kurdlar
33. Jaloliddin Manguberdi necha yil umr ko'rgan?
J: 33 yil (11 yil mo'g'ullarga qarshi kurashgan)
34. Mo'g'ullar O'rta Sharqni qachon bosib oladilar?
J: 1256-yilda



Download 34.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling