1. 7-sinf O'zbekiston Tarixi darsligi qaysi davrni o'z ichiga oladi?
-§. ABBOSIYLAR DAVRIDA XUROSON VA MOVAROUNNAHR
Download 34.48 Kb.
|
7-sinf uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-§. QARLUQLAR, OGUZLAR, TOHIRIYLAR
11-§. ABBOSIYLAR DAVRIDA XUROSON VA MOVAROUNNAHR
1. Qaysi davrda kelib xalifalikda toj-u taxt uchun kurash kuchaygan? J: VIII asrning 40-yillarida 2. Arab xalifaligini 661-750-yillarda boshqargan Umaviylar sulolasi nimada ayblangan? J: Muhammad (s.a.v) ning avlodlarini qirib tashlashda 3. Umaviylarga qarshi umumiy norozilik, ayniqsa, qaysi xalifa davrida nihoyatda kuchaygan? J: Marvon II 4. Umaviylarga qarshi kurash uchun Abbosiylar Xurosonga 747-yilda yuborgan kufalik vakili kim? J: Abu Muslim 5. Abu Muslim boshliq qo'zg'olonchilar Damashq shahrini qachon egallaydi? J: 749-yilda 6. Umaviylarga qarshi 747-749-yillarda yuz bergan qo'zg'olon rahbari kim? J: Abu Muslim 7. Abbosiylar xonadonidan bo'lgan Abul Abbos Saffoh hukumronlik qilgan yillarni aniqlang. J: 750-754-yillarda 8. 750-yilda abbosiylarga qarshi qaysi hududda qo'zg'alon bo'lib o'tgan J: Buxoroda 9. Abu Muslim tomonidan yuborilgan qo'shin qachon Talos vodiysida Xitoy qo'shinlariga zarba bergan? J: 751-yil 10. Qurolsiz va yolg'iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa buyrug'iga binoan qaysi yilda o'ldirilgan? J: 755-yilda 11. Arab xalifaligida mavjud bo'lgan kengash - Devon ad-dar da Movarounnahrga tegishli masalalar bilan qaysi devon shug'ullangan? J: "Devon al-mashriq" 12. Xalifa davlatni boshqarishda kimga tayangan? J: vazir ul-vuzaro (ulug' vazir) ga 13. Xalifalikda harbiy ishlar uchun mas'ul bo'lgan lavozimni aniqlang. J: Amir ul-umaro 14. Xalifalikda Movarounnahrga tegishli masalalar qaysi devonda hal qilinar edi. J: devon al-mashriqda 15. Movarounnahr qaysi davrga kelib arab biri sifatida uning tarkibiga uzil-kesil o'tdi? J: VIII asrning o'rtalarida 12-§. QARLUQLAR, O'G'UZLAR, TOHIRIYLAR 1. Qadimda Oltoyning g'arbida, so'ngra Irtish daryosining o'rta oqimida yashagan qadimiy turkiy qabilani aniqlang. J: Qarluqlar 2. VIII asr o'rtalarida Yettisuv o'lkasida tashkil topgan davlat nomini aniqlang. J: Qarluqlar davlati (poytaxti Suyob) 3. Qaysi davrga kelib qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo'lgan? J: X asr o'rtalarida 4. IX asr oxiri - X asr boshlarida Sirdaryo havzasi va Orol dengizi bo'ylarida qaysi davlat vujudga kelgan? J: O'g'uzlar davlati 5. Qaysi shahar O'g'uzlar davlati poytaxti bo'lgan? J: Yangikent 6. Qaysi asrdan boshlab o'g'uzlar Islom dinini qabul qiladilar? J: X asrdan 7. X asrning birinchi choragida o'g'uzlar kimlarning hujumi natijasida ikkiga bo'linib ketgan? J: qipchoqlar 8. Qarluqlar qaysi xalqlarning etnogenezida muhim rol o'ynaydi? J: o'zbek va tojik 9. O'g'uzlar kimlarning etnogenezida muhim rol o'ynaydi? J: qoraqalpoq, ozarbayjan, turkman 10. Horun ar-Rashid xalifalik qilgan davrni aniqlang. J: 786-809-yillar 11. Halifa vafotidan so'ng uning o'g'illari Ma'mun bilan Amin o'rtasida qaysi yillarda taxt uchun kurash bo'lgan? J: 809-813-yillarda 12. Tohir ibn Husayn qachon Movarounnahr va Xuroson noibi etib tayinlangan? J: 821-yil 13. Tohir ibn Husayn xalifa nomini xutbadan chiqarib tashlagan yilni aniqlang. J: 822-yilda 14. Tohiriylar davlatini boshqargan Abul Abbos Abdulloh hukumronlik yillarini aniqlang. J: 830-844-yillar 15. Abul Abbos Abdulloh davrida poytaxt Marvdan qaysi shaharga ko'chirilgan J: Nishopurga 16. "G'oziylar" qatnashgan qo'zg'olon qachon sodir bo'lgan? J: 873-yil 17. Safforiylar davlati qaysi yillarda hukmronlik qilgan? J: 873-900-yillarda 18. Safforiylar davlati asoschisi Ya'qub ibn Lays hukumronlik yillarini aniqlang. J: 873-879-yil 19. Safforiylar davlati Amr ibn Lays qaysi yillarda boshqargan? J: 879-900-yillarda 20. Haq din uchun kurashuvchi jangchi - ? J: g'ozly 21. Juma namozida hukmdor nomini aytib, uning haqiga duo o'qish, olqishlash ma'nosini bildiruvchi atamani toping. J: Xutba Download 34.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling