1. 7-sinf O'zbekiston Tarixi darsligi qaysi davrni o'z ichiga oladi?


Download 34.48 Kb.
bet3/11
Sana07.03.2023
Hajmi34.48 Kb.
#1246477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-sinf uzb

5-§. G'ARBIY TURK XOQONLIGI

1. G'arbiy xoqonlik nihoyatda kuchaygan davrni aniqlang.


J: VII asrning birinchi choragida
2. G'arbiy turk xoqoni To'ng yabg'u hukumdorlik qilgan yilni aniqlang.
J: 618-630-yillarda

3. To'ng yabg'u islohotiga ko'ra mahalliy hukumdorlarga berilgan unvonni aniqlang.


J: Yabg'u
4. G'arbiy turk xoqonligida qaysi hudud savdogarlarining mavqei baland
bo'lgan?
J: So'g'd savdogarlarini
5. Turklar zulmiga qarshi 585-586-yillarda Buxoroda kimning boshchiligida
qo'zg'olon yuz bergan?
J: Abruy
1. G'arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi nima bilan mashg'ul edi?
J: o'troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan
2. VII asrning birinchi choragida qaysi davlat nihoyatda kuchaygan?
J: G'arbiy Turk xoqonligi
3. VII asrning birinchi choragida qaysi davlatning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubda esa Sind (Hind) daryosi bo'ylariga borib yetgan?
J: G'arbiy xoqonlik
4. 618-630-yillarda hukmdorlik qilgan G'arbiy Turk xoqonligi hukmdorini aniqlang.
J: To'ng yabg'u
5. Xoqon To'ng yabg'u hukmronlik qilgan davrda mahalliy hukmdorlarga
xoqonlikning qaysi unvoni berilgan?
J: "yabg'u"
6. Savdo sohasida ayniqsa qaysi hudud savdogarlarining mavqeyi baland edi?
J: Sug'd
7. G'arbiy turk xoqonligi bilan qaysi davlat o'rtasida VII asrning birinchi yarmida iqtisodiy aloqalar faollashdi?
J: Xitoy
8. VII asrda qaysi davlatdan Xitoyga to'qqiz marotaba savdo elchilari yuboriladi?
J: G'arbiy Turk xoqonligi
9. 585-586-yillarda Buxoroda kim boshchiligida qo'zg'olon bo'lib o'tgan edi?
J: Abro'y
10. Turk xoqoni Qoracho'rin o'g'li Sheri Kishvar (El Arslon) boshliq qo'shin qaysi qo'zg'olonni bostirish uchun yuboriladi?
J: Abro'y


6-§. MAHALLIY HOKIMLIKLARNING TASHKIL TOPISHI

1. V-VII asrlarda O'rta Osiyo 15 dan ortiq hokimliklarga bo'linib ketgan edi. Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi qaysi?


J: Sug'd ixshidlari
2. Qaysi ittifoqda Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Buxoro, Kesh vohalarining o'n bitta yirik mulklari birlashgan edi?
J: Sug'd ixshidlari
3. 718-yilda hadya tariqasida qaysi shahardan yuborilgan dubulg'adan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo'shinni temir qalpoq (dubulg'a)lar bilan ta'min etganlar?
J: Samarqand
4. Hozirgi Janubiy O'zbekiston va Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg'onistonni o'z ichiga olgan bu tarixiy viloyat qaysi?
J: Toxariston
5. Toxariston poytaxti?
J: Balx
6. Qaysi davlat Balx, Qunduz, Termiz, Chag'oniyon, Xutlal va boshqa 27 ta tog' va tog'oldi viloyatlaridan iborat bo'lgan?
J: Toxariston
7. Qaysi hudud hukmdorlari dastlab "malikshoh", keyinchalik "yabg'u" nomi
bilan atalgan?
J: Toxariston
8. Farg'ona hukmdorlari nima deb atalgan?
J: "ixshid"
9. Koson, Axsikat (Xushkat) va Quva (Qubo) shaharlari qaysi davlatda
joylashgan?
J: Farg'ona
10. Qo'shni mamlakatlarga bo'yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqargan davlatni aniqlang.
J: Farg'ona
11. Chochning markazi qaysi shahar edi?
J: Choch shahri
12. Eloqning markazi?
J: Tunkat
13. Qaysi davlatning hokimlari "dehqon" deb ataladi?
J: Eloq
14. VII asrning dastlabki choragida G'arbiy turk xoqonligi hukmdorlik
qarorgohini qaysi viloyatga ko'chiradi?
J: Choch viloyatiga
15. Karvon yo'lining o'lka orqali o'tishi qaysi hududlarga ichki va tashqi savdo-sotiqning kengayib, shaharlar aholisining ko'payishiga imkon bergan?
J: Choch va Eloqqa
16. O'rta asrlarda shaharlar necha qismdan iborat bo'lgan?
J: 3
17. O'rta asrlarda yashagan arab mualliflari (Ibn Xavqal va Ishtaxriy) qayd etishicha, qaysi shaharning 22 ta darvozasi bo'lgan?
J: Binkat (Toshkent)
18. Shaharning hokim qasri joylashgan qismi?
J: Ko'handiz (ark)
19. Shaharning tashqi mavzesi nima deb atalgan?
J: Rabot
20. Shaharning ichki qismi nima deb ataladi?
J: Shahriston



Download 34.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling