1. 7-sinf O'zbekiston Tarixi darsligi qaysi davrni o'z ichiga oladi?


-§. MOVAROUNNAHRDA ISLOM DININING YOYILISHI


Download 34.48 Kb.
bet5/11
Sana07.03.2023
Hajmi34.48 Kb.
#1246477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-sinf uzb

9-§. MOVAROUNNAHRDA ISLOM DININING YOYILISHI

1. VIII asrda sulh tuzishga majbur bo'lgan Buxoro, Poykand, Sug'd hukmdorlaridan katta miqdorda boj-u tovonlar undirib olgan xalqni aniqlang.


J: arablar
2. VIII asrda Marv, Poykand, Buxoro va Samarqand kabi shaharlarda
shahriston yoki undagi xonadonlarning qoq yarmi kimlarga bo'shatib beriladi?
J: arablar va ajamlar (eronliklar)ga
3. Islomni qabul qilmaganlardan qaysi soliq undirilib olingan?
J: jizya
4. Mol-mulkning 1/40 qismi hajmida olingan soliq nima deb ataladi?
J: zakot
5. Hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer solig'i nima deb ataladi?
J: Xiroj
6. Arabcha - sajda qilinadigan joy bu...
J: masjid
7. Qaysi xalq tomonidan VIII asrda Quvadagi budda ibodatxonasi haykallari parchalab tashlangan?
J: arablar
8. VIII asr boshlarida qaysi xalq tomonidan Afrosiyob saroy devorlariga solingan suratlardagi odam rasmlarining ko'zlari o'yilib, bo'yinlariga qilich bilan
chizib yuborilgan?
J: arablar


10-§. XALIFALIKKA QARSHI XALQ NOROZILIGI

1.717-719-yillarda hukmronlik qilgan arab xalifasini aniqlang.


J: Umar ibn Abdulaziz
2. Qaysi xalifa hukmronligi davida yangi yerlarni zabt etishni to'xtatish hamda
moliyaviy isloh o'tkazish to'g'risida farmon beriladi?
J: Umar ibn Abdulaziz
3. Musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan mahalliy
xalqlardan xiroj vajizya soliqlarini olish bekor qilgan xalifani aniqlang.
J: Umar ibn Abdulaziz
4. Arablar zulmiga qarshi Sug'dda G'urak va Divashtich boshchiligida qachon qo'zg'olon yuz berdi?
J: 720-yil
5. 720-yilda Sug'dda boshlangan qo'zg'alonga qayerdan yordam kelgan?
J: Yettisuvdan turk lashkarlari keladi
6. Islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jiz'ya soliqlarini olishni bekor qilgan Xuroson noibini aniqlang.
J: Ashros
7.738-748-yillarda hukmronlik qilgan Xuroson noibini aniqlang.
J: Nasr ibn Sayyor
8. Islomni yangi qabul qilgan kishilarni jizyadan ozod etib, barcha
musulmonlar huquq jihatdan tenglashtirgan va yer egasining e'tiqodidan qat'I nazar aholining xiroj to'lashi shart qilib qo'ygan Xuroson noibini aniqlang.
J: Nasr ibn Sayyor
9. 769-783-yillarda arablar zulmiga qarshi ko'tarilgan "Oq kiyimlilar" qo'zg'olonining rahbari kim?
J: Muqanna (asl Ismi Hoshim Ibn Hakim)
10. Muqannaning qarorgohi qayerda joylashgan?
J: Kesh yaqinidagi Som qal'asi
11. "Oq kiyimliklar" qo`zg`oloniga zarba berish uchun xalifa Mansur qachon harbiy kuchlarni safarbar etgan?
J: 775-yilda
12. O'zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo'lgan shaxs kim?
J: Muqanna
13. Muqanna yashagan yillarni aniqlang.
J: taxm. 719-783-yillar
14. Muqanna jasoratiga bag'ishlab "Muqanna" dramasini kim yozgan?
J: Hamid Olimjon
15. Muqanna jasoratiga bag'ishlab "Muqanna isyoni" tarixiy-adabiy ocherkini
kim yozgan?
J: Sadriddin Ayniy
16. Arablar zulmiga qarshi Rofe ibn Lays qo'zg'oloni qachon, qaysi hududda
yuz bergan?
J: 806-yil, Samarqandda boshlangan



Download 34.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling