1. Additiv modelning tarkibiy tuzilishi nimalardan iborat? Ular qanday baholanadi?


Ekonometrik modellashtirish bosqichlari nimalardan iborat?


Download 147.88 Kb.
bet3/4
Sana26.01.2023
Hajmi147.88 Kb.
#1126976
1   2   3   4
Bog'liq
ekonometrika 37talik javoblari (1)

13. Ekonometrik modellashtirish bosqichlari nimalardan iborat?
Ekonometrik modellarni tuzish bir qancha bosqichlardan tashkil topadi.
Birinchi bosqich – spetsifikatsiyalash - iqtisodiy muammoni qo’yilishi – asosiy omillar guruhi tanlanadi, iqtisodiy ma’lumot to’planadi, asosiy omil va ta’sir etuvchi omillar guruhi belgilanadi; korrelyatsion tahlil usuli yordamida ekonometrik modelda qatnashadigan omillar aniqlanadi. Iqtisodiy jarayon har tomonlama nazariy, sifat jihatdan tahlil qilinadi va uning parametrlari, ichki va tashqi informatsion aloqalar, ishlab chiqarish resurslari, rejalashtirish davri kabi ko’rsatkichlar aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich – identifikatsiya qilish. Bu bosqichda izlanayotgan noma’lum o’zgaruvchilar qaysi, qanday maqsadni ko’zda tutadi, natija nimalarga olib keladi kabi savollar aniqlangan bo’lishi kerak. «Eng kichik kvadratlar usuli» yordamida tuziladigan ekonometrik modelning parametrlari aniqlanadi.
Uchinchi bosqich –verifikatsiya qilish. Tuzilgan modelni ahamiyati to’rtta yo’nalish bo’yicha tekshiriladi:
- modelning sifati ko’plikdagi korrelyatsiya koeffitsienti va determinatsiya koeffitsienti yordamida baholanadi;
- modelning ahamiyati approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida baholanadi;
- modelning parametrlarini ishonchliligi Styudent mezoni bo’yicha baholanadi;
- Darbin-Uotson mezoni yordamida «Eng kichik kvadratlar usulining» bajarilish shartlari tekshiriladi.
To’rtinchi bosqich – tuzilgan va baholangan ekonometrik model yordamida asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar prognoz davriga hisoblanadi.Yuqorida sanab o’tilgan bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bog’liq va biri ikkinchisini to’ldirib, yagona maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
14. Ekonometrik modelning ahamiyatliligi qaysi mezon orqali baholanadi?
Tuzilgan modelni ahamiyati to’rtta yo’nalish bo’yicha tekshiriladi:
- modelning sifati ko’plikdagi korrelyatsiya koeffitsienti va determinatsiya koeffitsienti yordamida baholanadi;
- modelning ahamiyati approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida baholanadi;
- modelning parametrlarini ishonchliligi Styudent mezoni bo’yicha baholanadi;
- Darbin-Uotson mezoni yordamida «Eng kichik kvadratlar usulining» bajarilish shartlari tekshiriladi.

Download 147.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling