1. Aholi daromadlari tushunchasi, mohiyati va ahamiyati. Aholi daromadlari turlari va shakllanish manbalari
Aholi daromadlari tushunchasi, mohiyati va ahamiyati
Download 237.51 Kb.
|
1 Aholi daromadlari tushunchasi, mohiyati va ahamiyati Aholi d
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy daromadlar
Aholi daromadlari tushunchasi, mohiyati va ahamiyati.
Aholi daromadlari, ularning tarkibi, olinish manbalari va tabaqalanish darajasi jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy farovonligining eng muhim ko’rsatkichidir. Madomiki, daromadlar insonning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishning asosiy manbai bo’lib xizmat qilar ekan, aynan daromad kengroq tushuncha bo’lib, aholi turmush darajasining markaziy bo’g’ini, yadrosidir. Daromad deganda nimani tushunish, ularning turlari va asosiy olinish manbalari qandayligini bilish muhimdir. «Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o‘zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag‘larini, natural ko‘rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo‘lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o‘rin tutadi. Shu sababli bugungi kunda respublikamizda aholining real va nominal daromadlarini rivojlantirish, uning yangi manbalarini yaratish muxim e’tirof etilmoqda. Аholi daromadlari deyilganda ularning maʼlum vaqt oraligida odatda bir yilda olgan pul mablaglari va moddiy neʼmatlari (uy xujaligida ishlab chiqarilgani bilan birga) summasi tushuniladi. Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. Bu o’rinda gap aholining shaxsiy daromadlari haqida ketadi. Aholi shaxsiy daromadlarining quyidagi ta`riflarini keltirish mumkin: Shaxsiy daromadlar - bu inson tomonidan pul va tabiiy shaklda olinadigan, ular tomonidan turmushning muayyan darajasini ta`minlash uchun foydalaniladigan mablag’lar majmuidir. Agar "Shaxsiy daromadlar" ta`rifida biz ularning shakllanish manbalarini ta`kidlasak, unda u quyidagi tarzda namoyon bo’ladi. Shaxsiy daromadlar - fuqarolarning mehnat faoliyatida ishtiroki, ishlab chiqarish va boshqa boyliklarning istalgan turiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, ushbu davlatning qonuniy hujjatlariga muvofiq ijtimoiy transfertlar to’lovi qo’yilgan ijtimoiy guruhlarga tegishlilik bilan bog’lik barcha pul va tabiiy tushumlar yig’indisidir. Iqtisodchilar shaxsiy daromad manbalarini turlicha talqin qiladi, biroq umumiy xulosa shuki, har bir ishlab chiqarish omili shaxsiy daromadlarning muayyan turi bilan bog’liq. Omillar nazariyasiga muvofiq asosiy ishlab chiqarish omillari quyidagilardir: tabiiy boyliklar (yer va tabiiy boyliklar); investitsiya boyliklari; mehnat tadbirkorlik faoliyati Shu bilan birga, har bir omilga daromad, nazariyaga muvofiq, korxona tomonidan mahsulot sotilgandan keyin olingan daromadga bu omilning qo’shgan oxirgi hissasiga tengdir. Faqat oxirgi ishlab chiqarish nazariyasidan kelib chiqqan holda, amalda daromadlarning bunday taqsimlanishi haqiqatan bo’lishi mumkin emas, chunki: bozordagi takomillashmagan raqobat tufayli olinadigan daromad miqdori ishga solingan omilning mahsulot chiqarishga qo’shgan ulushini ko’pincha aks ettirmaydi; boyliklarni jamiyat a`zolari o’rtasida taqsimlashda har doim tengsizlik va adolatsizlik mavjud bo’ladi, bu shaxsiy daromadlarni oxirgi unumdorlik nazariyasiga qat`iy muvofiqlikda taqsimlashda yo’l qo’yib bo’lmas keskin qarama-qarshiliklarga olib keladi; har qanday taraqqiy topgan jamiyatda daromadlarni shakllantiruvchi ishlab chiqarish omillari egalarining soni jamiyat a`zolari sonidan kamroq bo’ladi. Daromadlarning bozorli taqsimlanishi ishlab chiqarishning barcha omillari egalari daromadlari talab va takliflar qonuni, xamda ishlab chiqarish omillarining keyingi unumdorligi asosida shakllanishini bildiradi, shu nuqtai nazardan talab unchalik katta bo’lmagan malakasiz ishchi kuchi egalarining kam va aksincha talab yuqori bo’lgan malakali (professional) kasb egalarining yuqori daromad olishi to’gri buladi. Demak, bozor mexanizmi farofonlik darajasiga xech qanday kafolat bermaydi. Shunday ekan bozor iqtisodiyotiga yo’l tutgan mamlakatlarda davlat tomonidan amalga oshiriladigan, keng ijtimoiy tadbirlarni bildiruvchi «ijtimoiy yunaltirilgan bozor xujaligi» g’oyasi alohida ommaviylik kasb etadi. Buning maʼnosi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar real hayotida daromadlarning taqsimlanishi nafakat bozor kuchlarining erkin harakati natijasida, balki daromadlarning turli oqimlarini ularni qayta taqsimlash yo’li bilan davlatning tartibga solishi asosida amalga oshiriladi. Jamiyat aholi daromadlari darajasi ular turmush darajasining muhim kursatkichi hisoblanib, alohida shaxslar va maʼnaviy imkoniyatlarini: dam olishi, bilim olishi, sog’ligini saqlashi, eng zarur extiyojlarini qondirishini belgilab beradi. Аholi daromadlari darajasiga bevosita taʼsir kursatuvchi omillar orasida ish haqi hajmidan tashkari chakana narx denamikasi, isteʼmolchilik bozorining tovarlar bilan to’yinganlik darajasi kabilar muhim o’rin tutadi. Jami daromadlar shaxsiy iste`molga shaxsiy yordamchi xo’jalikdan natural tushumlar qiymatini va aholiga ijtimoiy fondlar hisobiga bepul va imtiyozli xizmatlar qiymatini hisobga olgan holda kirimning barcha manbalari bo’yicha pul daromadlarining umumiy yig’indisidir. 1-jadval. Download 237.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling