1. Aholi daromadlari tushunchasi, mohiyati va ahamiyati. Aholi daromadlari turlari va shakllanish manbalari


Prezident koronavirusning iqtisodiyotga salbiy ta’siri va global inqirozni yumshatish bo‘yicha Farmon imzoladi


Download 237.51 Kb.
bet8/10
Sana13.04.2023
Hajmi237.51 Kb.
#1355423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 Aholi daromadlari tushunchasi, mohiyati va ahamiyati Aholi d

Prezident koronavirusning iqtisodiyotga salbiy ta’siri va global inqirozni yumshatish bo‘yicha Farmon imzoladi
21 apreldan boshlab koronavirus bilan kasallanishlar soni kunlik statistikada tuzalganlar soni kasallanganlar sonidan oshayotganligi qabul qilingan qarorlar va ko‘rilgan choralarning samarali ekanligidan dalolat beradi.
Karantin davrida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi va Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan, 141 ming 800 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlanib, ularga 43 milliard 225 million so‘m ish haqi to‘lab berildi.
Ta’kidlash joizki, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bu yangi ish o‘rinlarini yaratish, bozorda talab va taklifni shakllantirish, pirovardida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun katta imkoniyat va zaxira hisoblanadi.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun qonuniy faoliyat yuritish uchun qulay va sodda huquqiy tizim yaratish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligada 22 va 24 aprel kunlari o‘tkazilgan videoselektor majlislarida[13][14] karantin davrida aholi bandligi va daromadi keskin kamayishini oldini olish bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi:

  • o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun faoliyat turlari ro‘yxatini kengaytirish va qonunchilikda taqiqlanmagan barcha tadbirkorlik shakllariga ruxsat berish (hozirda 85 ta faoliyat turiga ruxsat berilgan);

  • aholi bandligini ta’minlashdagi muhim bo‘lgan servis sohasini rivojlantirish (ovqatlar va tovarlarni uyga yetkazib berish, ko‘chma savdo va xizmatlarni tashkil etib, bu korxonalarning kamida 70 foizini bemalol ishlatsa bo‘ladi);

  • onlayn ishlasa bo‘ladigan sohalarga maksimal imkoniyatlar yaratib berish;

  • tovarlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishni rag‘batlantirish;

  • yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik sub’yektlariga faoliyat yuritish uchun sharoit yaratib berish;

  • uy-joylarni remont qilish hamda avtotransport, maishiy texnika va boshqa tovarlarga kreditlar berishni kengaytirish;

  • qishloq xo‘jaligi kooperativlarini qo‘llab-quvvatlash orqali mavsumiy ishlarga aholini keng jalb qilish;

  • fermer xo‘jaliklari tomonidan dala tomorqalarida ekin ekishga aholiga yordam berish;

  • “oborot”dan chiqqan yerlarni o‘zlashtirib, kooperativlarni tashkil qilish;

  • aholi xonadonlarida issiqxonalarni ishga tushirish;

  • o‘zlashtirilmagan yerlarni uchun sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali yangi maydonlar tashkil etish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish;

  • ijtimoiy xizmat turlarini kengaytirish asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish (jamoat joylarini dezinfeksiyalash, qariyalar, nogiron va o‘zgalarning yordamiga muhtoj shaxslarni parvarishlash va boshqalar).

Eng asosiysi, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun faqat xabardor qilish orqali ro‘yxatdan o‘tib ishlash mexanizmini joriy etish bo‘yicha o‘ta dolzarb va muhim bo‘lgan topshiriq berildi. Mazkur topshiriq bilan uzoq vaqt mobaynida norasmiy sektorda band bo‘lgan aholini davlat ro‘yxatiga olish tizimini keskin soddalashtirish, bunda kundalik hunari bilan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatayotgan fuqarolardan umuman soliq undirilmasligi belgilandi. Mazkur tashabbus shu kungacha mehnat bozorini rivojlantirish bo‘yicha qilingan eng samarali islohotlardan biri sifatida e’tirof etish lozim.

Download 237.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling