1. Aholi daromadlari tushunchasi, mohiyati va ahamiyati. Aholi daromadlari turlari va shakllanish manbalari


Pandemiya sharoitida O’zbekistonda aholi daromadlarini oshirish imkoniyatlari


Download 237.51 Kb.
bet5/10
Sana13.04.2023
Hajmi237.51 Kb.
#1355423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 Aholi daromadlari tushunchasi, mohiyati va ahamiyati Aholi d

Pandemiya sharoitida O’zbekistonda aholi daromadlarini oshirish imkoniyatlari.
Pandemiya krizisi sharoitida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari:

Pandemiyaning global iqtisodiyotga ta’siri.


Koronavirus Covid-19 pandemiyasi ijtimoiy soha hamda iqtisodiyot tarmoqlarini jiddiy sinovdan o‘tkazmoqda. Shu bilan birga, pandemiya davrida “Buyuk yopilish” atamasi bilan kirib kelgan iqtisodiy inqiroz xalqaro xo‘jalik aloqalarida “qiymat zanjirlari”ni uzilishi bilan birga xizmat ko‘rsatish va servis tarmoqlariga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatib Jahon iqtisodiyotining retsessiyasini boshlab berdi.
Bu inqirozning o‘ziga xos tomoni shundaki – unda ham talab, ham taklif inqirozi bilan birga tarixdagi eng katta ishsizlik muammosi kuzatilmoqda.
Bunga quyidagi omillar sabab bo‘ldi:
birinchidan, talab inqirozi – jahon aholisining 80%i karantinga tushishi natijasida tovar (asosan uzoq muddatli iste’mol tovarlari) va xizmatlar iste’moli pasayishi;
ikkinchidan, yirik iqtisodiyotlarda yalpi talab tushishi natijasi YaIMning o‘sish sur’atlari 5-10% pasaydi. Goldman Sachs prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda AQShda YaIM -6%ga, Xitoy YaIM -9%ga tushishi;
uchinchidan, yirik iqtisodiyotlardagi iqtisodiy muammolar ketidan rivojlanayotgan davlatlarda ham iqtisodiy muammolar kelib chiqa boshladi. Bu muammolar asosan, 2020 yil fevralidan boshlab jahon bozorlarida kuzatilayotgan xomashyolar narxlarining pasayishi, xususan neft narxining oxirgi 18 yillik minimumdan pasayib ketganligi, xomashyo eksportiga asoslangan iqtisodiyotlarga salbiy ta’siri sezilarli bo‘lmoqda.
to‘rtinchidan, pandemiya sharoitida qo‘llanilayotgan cheklovlar aholi salomatligini himoya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni deyarli barcha davlatlarda oshib ketishiga olib keldi.

O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar.


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi YaIM joriy yilning
1-choragida 4,1% ga o‘sdi (o‘tgan yilning shu davrida 5,3%). Tashqi savdo aylanmasi 10,2% ga kamaydi. Ammo bu ko‘rsatkichlarda karantin choralarining qo‘llanilishi ta’siri minimal bo‘ldi. Chunki koronavirus birinchi chorak tugashiga ikki hafta qolganida aniqlandi va karantin tadbirlari 16 martdan 6 aprelgacha mamlakat bo‘ylab bosqichma-bosqich joriy etildi.

Download 237.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling