1. Aholi daromadlari tushunchasi, mohiyati va ahamiyati. Aholi daromadlari turlari va shakllanish manbalari


Karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini markazlashgan holda qo‘llab-quvvatlash


Download 237.51 Kb.
bet9/10
Sana13.04.2023
Hajmi237.51 Kb.
#1355423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 Aholi daromadlari tushunchasi, mohiyati va ahamiyati Aholi d

Karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini markazlashgan holda qo‘llab-quvvatlash


O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’yektlari va mahalla institutini keng jalb qilish amaliyoti ham samarali tashkil etilganini ta’kidlash joiz. Yuzaga kelgan vaziyatda qisqa muddatda barcha kritik resurslarni jamlash va uni markazlashtirilgan holda aholiga samarali tarzda yetkazishda avvalambor eng zaif qatlamlar, ishsiz qolganlar, daromad manbaidan ayrilganlar va boshqa qatlamalar cheklovlarsiz xavfsiz yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Koronavirusning jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’siri: O‘zbekiston uchun xulosa va tavsiyalar
Bunda nafaqat davlat idoralari balki ko‘p sonli ko‘ngillilar, xomiylar va tadbirkorlik sub’yektlarining birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaz va uning hududiy bo‘limlari tashkil etildi. Toshkent shahrida va hududlarda oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni qabul qilish va saqlash uchun maxsus pavilonlarda yordam olishning aniq tizimi ishga tushirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra 11 mayga qadar 1197 qisqa raqamiga murojaat orqali jami 378,813 ta xonadonga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. O‘zbekistonda oilalardagi aholi soni o‘rtacha 5,6 kishi tashkil etishini hisobga olganda jami 2,1 mln.ga yaqin aholi eng kerakli bo‘lgan mahsulotlarga ehtiyojini qondirish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hududiy tashabbuslar


Karantin davrida aholini faol ish bilan band qilish maqsadida hududlarda tadbirkorlar, fermerlar va banklar tomonidan bir qator tashabbuslar ishlab chiqilmoqda:

  • kambag‘al oilalarga tomorqada ekin ekishga yordamlashish, ularga qoramol va parranda tarqatish hamda kasanachilikni yo‘lga qo‘yish;

  • Toshkent shahrida xususiy banklar tumanlarga biriktirilib tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘mak berish;

  • karantinga qadar ishsiz bo‘lgan va kunlik daromad asosida yashab kelgan ko‘plab fuqarolar faol mehnat orqali ish bilan ta’minlash;

  • barcha hududlarda servis sohasini rivojlantirish;

  • ishlab chiqaruvchi korxonalarga tovarlarini aholiga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishni rag‘batlantirish;

  • tijorat banklari aholiga uy-joylarni remont qilish hamda avtotransport, maishiy texnika va boshqa tovarlarga kreditlar berishni kengaytirish;

  • onlayn texnologiyalar orqali o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun daromadlarini olish uchun zarur shart-sharoit va yengilliklar yaratish;

  • oilaviy va uy sharoitidagi hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha imtiyozlar berish va mahsulotlarini sotishga ko‘maklashish.

Taklif etilgan tashabbuslar har tomonlama samarali bo‘lishi uchun, inqirozdan keyingi davrda iqtisodiy jihatdan barqaror va yanada kuchli bo‘lish uchun aholi, davlat va biznes o‘rtasida uzviy aloqalar yanada mustahkamlanishi, o‘zaro ishonch oshishi, biznesning ijtimoiy mas’uliyati oshishi ijobiy samara berishi kutilmoqda.

Xulosa
Aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o‘sishining yagona manbai bo‘lib mamlakatning barcha aholisini ish joylari hamda daromadlarning oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o‘sishi ekanligini tushuntiradi. Aholi daromadlari iste’mol va jamg‘arma mablag‘larining yig‘indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o‘sishi bilan iste’mol kamayib, pasayishi bilan esa ko‘payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko‘ra iste’mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. Yalpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffitsienti) ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Djini koeffitsienti chizmadagi Lorens egri chizig‘i bilan mutlaq tenglik chizig‘i o‘rtasidagi yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo‘ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko‘rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Djini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQShda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan.


Xulosa qilib aytganda, koronavirus pandemiyasi davrida aholini ijtimoiy va tibbiy muhofaza qilish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi birinchi navbatda aholi salomatligiga eng katta ustuvorlik berilgani va bu bo‘yicha barcha imkoniyatlar to‘liq safarbar etilganligi natijada qisqa muddatlarda karantin choralarini bosqichma-bosqich bekor qilinishiga erishildi.Shu bilan birga, iqtisodiyotning va barcha tarmoqlari, banklar, ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini ta’minlash bo‘yicha ko‘plab zamonaviy va samarali mexanizmlar ishlab chiqildi. Aholini ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash choralari tizimlashtirilgan holda yo‘lga qo‘yildi. Iqtisodiy faol aholining barcha qatlamlari uchun keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash choralarining joriy etilishi pandemiyadan keyingi davrda milliy iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlari barqarorligini ta’minlash bilan birga joriy etilayotgan yengilliklar, imtiyozlar va tashabbuslar evaziga raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi.


Download 237.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling