12. Yod-kraxmalli qog‘oz.
0,5 g kartoshka kraxmali 5-8 ml sovuq suv bilan
aralashtiriladi va uni 100 ml qaynab turgan suvga quyiladi. So'ngra bir jinsli kleyster
hosil bo‘lganicha qaynatiladi. Kleyster sovigandan so‘ng 0,5 g KI ni bir necha ml
suvda eritib qo'shiladi. Tayyorlangan eritma filtr qog‘oz lentasiga shimdiriladi. Yod-
kraxmalli qog'oz qopqog‘i zich berkitiladigan idishda saqlanadi.
13. Kraxmal kleysterining 2 % li eritmasi.
Sotuvdagi kraxmal tarkibida doimo
suvda eriydigan qo‘shimcha moddalar bo‘ladi. Shu qo‘shimchalardan tozalash uchun
kraxmal suv bilan yuviladi. Probirkaga 2 g kraxmalga 10 ml suv solinadi va
chayqatiladi. Aralashmasi biroz tindiriladi. So‘ngra yana 10 ml suv qo‘shib
chayqatiladi va biroz tindirilib suv to‘kib tashlanadi. Probirkadagi kraxmalga yana 10
ml suv qo‘shib chayqatiladi va u 10 ml qaynab turgan suvga quyiladi. Tiniq kraxmal
kleysteri hosil bo‘ladi.
14. Kumush oksidning ammiakdagi eritmasi.
Probirkaga kumush nitratning 1
% li eritmasidan 3-5 ml solinadi va chayqatib turgan holda hosil bo'lgan kumush
gidroksid cho‘kmasi eriguncha dastlab unga ammiakning 10 % li eritmasidan
tomchilab qo'shiladi. Bunda kumush ammiakli kompleksi hosil bo‘ladi. Tayyorlangan
eritmani uzoq muddat saqlash mumkin emas. Chunki kumush ammiakati asta sekin
parchalanib, nam holida kuchli portlaydigan kumush nitrat hosil bo‘ladi. Shuning
uchun bu reaktiv reaksiyani boshlashdan oldin kerakli miqdorda tayyorlanadi.
15. Lukas reaktivi.
Mo‘rili shkaf ostida 110 g suvsiz rux xloridni 100 ml
konsentrlangan xlorid kislotada eritiladi.
16. Millon reaktivi.
Mo‘rili shkafda 20 g simobni 30 ml konsentrlangan (d=l,40
g/sm
3
) nitrat kislotada eritiladi va eritmaning hajmi 100 ml ga yetgunicha suv
qo'shiladi.
17. Mis(I)-xloridning ammiakdagi eritmasi.
1 g mis(I)-xlorid 5 ml
konsentrlangan xlorid kislotada eritiladi. So‘ngra unga 10 ml suv, 12-13 ml 25 % li
ammiak eritmasi (tushgan cho‘kma eriguncha) qo‘shiladi va eritmaning hajmi 100 ml
ga yetguncha suv bilan suyuliriladi. Eritmaning ko‘k rangi unda Cu
2+
ionlari borligini
ko‘rsatadi. Shuning uchun ham sal qizdirilgan reaktivga rangsizlanguncha
gidroksilamin xloridning 20 % li eritmasidan tomchilab qo‘shiladi.
Eritmaning rangsizlanishi Cu
2+
ning qaytarilib Cu
+
ga aylanganligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |