1-амалий машғулот. Лабораторияда техник хавфсизлиги қоидалари. Хроматографик


Download 364.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana03.02.2023
Hajmi364.2 Kb.
#1150545
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-amaliy mashg`uloti

12. Yod-kraxmalli qog‘oz. 
0,5 g kartoshka kraxmali 5-8 ml sovuq suv bilan 
aralashtiriladi va uni 100 ml qaynab turgan suvga quyiladi. So'ngra bir jinsli kleyster 
hosil bo‘lganicha qaynatiladi. Kleyster sovigandan so‘ng 0,5 g KI ni bir necha ml 
suvda eritib qo'shiladi. Tayyorlangan eritma filtr qog‘oz lentasiga shimdiriladi. Yod-
kraxmalli qog'oz qopqog‘i zich berkitiladigan idishda saqlanadi.
13. Kraxmal kleysterining 2 % li eritmasi. 
Sotuvdagi kraxmal tarkibida doimo 
suvda eriydigan qo‘shimcha moddalar bo‘ladi. Shu qo‘shimchalardan tozalash uchun 
kraxmal suv bilan yuviladi. Probirkaga 2 g kraxmalga 10 ml suv solinadi va 
chayqatiladi. Aralashmasi biroz tindiriladi. So‘ngra yana 10 ml suv qo‘shib 
chayqatiladi va biroz tindirilib suv to‘kib tashlanadi. Probirkadagi kraxmalga yana 10 
ml suv qo‘shib chayqatiladi va u 10 ml qaynab turgan suvga quyiladi. Tiniq kraxmal 
kleysteri hosil bo‘ladi.
14. Kumush oksidning ammiakdagi eritmasi. 
Probirkaga kumush nitratning 1 
% li eritmasidan 3-5 ml solinadi va chayqatib turgan holda hosil bo'lgan kumush 
gidroksid cho‘kmasi eriguncha dastlab unga ammiakning 10 % li eritmasidan 
tomchilab qo'shiladi. Bunda kumush ammiakli kompleksi hosil bo‘ladi. Tayyorlangan 
eritmani uzoq muddat saqlash mumkin emas. Chunki kumush ammiakati asta sekin 
parchalanib, nam holida kuchli portlaydigan kumush nitrat hosil bo‘ladi. Shuning 
uchun bu reaktiv reaksiyani boshlashdan oldin kerakli miqdorda tayyorlanadi.
15. Lukas reaktivi. 
Mo‘rili shkaf ostida 110 g suvsiz rux xloridni 100 ml 
konsentrlangan xlorid kislotada eritiladi.
16. Millon reaktivi. 
Mo‘rili shkafda 20 g simobni 30 ml konsentrlangan (d=l,40 
g/sm
3
) nitrat kislotada eritiladi va eritmaning hajmi 100 ml ga yetgunicha suv 
qo'shiladi.
17. Mis(I)-xloridning ammiakdagi eritmasi. 
1 g mis(I)-xlorid 5 ml 
konsentrlangan xlorid kislotada eritiladi. So‘ngra unga 10 ml suv, 12-13 ml 25 % li 
ammiak eritmasi (tushgan cho‘kma eriguncha) qo‘shiladi va eritmaning hajmi 100 ml 
ga yetguncha suv bilan suyuliriladi. Eritmaning ko‘k rangi unda Cu
2+
ionlari borligini 
ko‘rsatadi. Shuning uchun ham sal qizdirilgan reaktivga rangsizlanguncha 
gidroksilamin xloridning 20 % li eritmasidan tomchilab qo‘shiladi. 
Eritmaning rangsizlanishi Cu
2+
ning qaytarilib Cu
+
ga aylanganligini ko‘rsatadi.

Download 364.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling