so‘ngra asta-sekin suvini yoqotib yana qotadi. Hali
sovimagan tuzni hovonchada
maydalab kukun holiga keltiriladi va yana suyuqlangunicha qizdiriladi. So‘ngra tuzni
shisha tayoqcha bilan aralashtirib turib sovutiladi va og‘zi yaxshi bekitiladigan
idishga solinadi.
22. Qizil kongo.
1 g qizil kongoni 20 ml etil spirtda eritiladi. So‘ngra
eritma
hajmi 11itrga yetguncha suv qo‘shiladi.
23. O‘yuvchi kaliyning spirtdagi ertmasi.
40 g KOH ni 30 ml suvda eritib
to'yingan eritma tayyorlanadi. Shu eritmadan 2 ml olib 60
ml spirt bilan
aralashtiriladi. Ishqoming spirtdagi eritmasi tajribadan bevosita avval tayyorlanadi.
Chunki u ko‘p turganda sarg‘ayadi va smolalanadi.
24. Feling suyuqligi.
A) 100 ml suvda 1,8 g Segnet tuzi va 6 g o ‘yuvchi
natriyda eritiladi. B) 100 ml suvda 3,5 g mis(II)sulfat eritiladi. A va В eritmalari
alohida idishlarda saqlanadi va ishlatish oldidan teng hajmda aralashtiriladi.
Feling
suyuqligini uzoq vaqt saqlash mumkin emas. Uni har bir laboratoriya ishidan oldin
kerakli miqdorda tayyorlash lozim.
25. Fuksinsulfit kislota (Shiff reaktivi).
Fuksinning 0,1 %
li eritmasiga
suyuqlik rangsizlangunicha sulfit angidrid yuboriladi. Sulfit angidrid esa Vyurs
kolbasida natriy sulfit (Na
2
SO
3
) kristallariga tomizgich
voronkadan konsentrlangan
sulfat kilotani tomchilab qo‘shish yoki maydalab kesilgan mis simga konsentrlangan
sulfat kislota qo'shib qizdirish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: