AYRIM REAKTIVLARNING TAYYORLANISHI
1. Amalgalangan alyuminiy.
Alyuminiyni jilvir qog‘oz bilan tozalab,
simob
xloridning to‘yingan eritmasiga tushiriladi va bir daqiqa saqlanadi. So‘ngra suv, spirt
va benzol bilan ketma-ket chayqatilib, darhol tajriba uchun ishlatiladi.
2. Ammoniy sulfatning suvdagi to‘yingan eritmasi.
46 g (NH
4
)
2
SO
4
ni 100 ml
suvda 100°C da eritiladi. Eritma xona haroratigacha sovutilganda kristallaming bir
qismi cho‘kmaga tushadi.
3. Alyuminiy molibdat eritmasi.
50 ml suvga 3-3,5 g alyuminiy molibdat bilan
50 ml nitrat kislota (d=l,2 g/ml) qo‘shiladi va aralashma kuchli chayqatiladi.
4. Anilinli suv.
Probirkaga 10 ml suv bilan 1
tomchi anilin solinadi va
aralashma anilin to‘liq erib ketguncha chayqatiladi. Bunda anilinning juda
suyultirilgan eritmasi hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: