1-амалий машғулот. Лабораторияда техник хавфсизлиги қоидалари. Хроматографик


Baritli suv (baritning suvdagi to‘yingan eritmasi)


Download 364.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana03.02.2023
Hajmi364.2 Kb.
#1150545
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-amaliy mashg`uloti

5. Baritli suv (baritning suvdagi to‘yingan eritmasi). 
70 g bariy gidroksid 
kristalogidratini (Ba(OH)
2
*8H
2
O) qaynab turgan 200 ml suvda eritiladi. So‘ngra 
eritmaning hajmi 1 litrga yetgunicha suv qo‘shiladi va tindirish uchun qoldiriladi. Bir 
necha soatdan keyin tiniq eritmani ehtiyotlik bilan boshqa idishga solib olinadi.
6. Barfed reaktivi. 
100 ml suvda 9 g mis(II) atsetat eritiladi va eritmaga 1,2 ml 
5 % li sirka kislota qo‘shiladi. Reaktiv tajribani boshlashdan oldin tayyorlanadi.
7. Bromning uglerod (TV) xloriddagi eritmasi. 
Mo'rili shkafda kolbaga 5 ml 
suyuq brom qo`shiladi va unga chayqatib turgan holda ehtiyotlik bilan 95 ml uglerod 
(IV) xlorid qo‘shiladi.
8. Bromning muz sirka kislotadagi 5 % li eritmasi. 
50 ml muz sirka kislotaga 
1 ml brom qo‘shiladi va chayqatiladi.
9. Bromli suv (bromning suvdagi to‘yingan eritmasi). 
Bromning suvdagi 
to‘yingan eritmasining 1 1itrda 28-30 g (10 ml ga yaqin) brom bo‘ladi. Bromli suv 
eritmasini tayyorlayotganda idish ostida ozgina miqdorda suyuq brom qolishi lozim. 
Shuning uchun ham 1 1itr eritmaga 12-13 ml brom olinadi. Idishning hajmi 
tayyorlanadigan eritmaning hajmiga nisbatan 3 marta katta bo‘lishi lozim 
(cho‘ktirilganda to‘kilib ketmaslik uchun). Tayyorlangan eritma og‘zi shliflangan 
idishda mo‘rili shkaf ostida saqlanadi. Brom bug‘i zaharli, shuning uchun ham 
bromni o'lchash va uning eritmasini tayyorlash mo‘rili shkaf ostida bajarilishi lozim.
10. Yodning kaliy yodiddagi eritmasi. 
6 ml suvda 6 g kaliy yodid eritiladi va 
unga 2 g yod kristallai qo'shiladi. Yod eritib bo‘lgach, suv qo‘shib eritma hajmi 100 
ml ga yetkaziladi. 
11. Yodning spirtdagi 0,05 % eritmasi. 
Soat oynasida 0,5 g yod 10 ml etil 
spirtda eritiladi. So‘ngra hosil bo`lgan eritmaning hajmini 1 litrga yetkazish uchun 
unga etil spirt qo‘shiladi.



Download 364.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling