1-Amaliy ish ruda konlarini qazib olishda burg’ilash ishlari


Download 0.75 Mb.
bet17/21
Sana23.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1388735
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Kс koeffisient qiymatlari

Temir-beton yoki metal karkasli alohida (yakka) ishlab chiqarish binosi yoki inshooti ……………….

1

Balandligi ikki-uch qavatdan katta bo’lmagan g’ishtli yoki shunga o’xshash devorli alohida bino …...

1,5

Katta bo’lmagan yashash poselkalar …………………………….……………………………………...

2

Eslatma.
Bino yoki inshootdan 100 m masofada portlatish ishlarini olib borishda portlash ta’siri lokal xarakterga ega bo’ladi, shuning uchun ham (15.5)-formula bo’yicha masofani aniqlashda zaryad ruxsat etilgan massasi nisbatan kichik qiymatlarda olinadi. Zarurat bo’lganda zaryad massasini oshirish mumkin.


α –koeffisient qiymatlari

Kamuflet portlash va maydalashga portlatish …………………………………………………………..

1

Itqitish va uloqtirishga portlatish……….……………………………………………………………….

0,8

Yarim chuqurlashtirilgan zaryad portlatilganda…………….……………………………………..........

0,5

Eslatma.
1. Zaryad suv yoki suvga to’yingan gruntlarda joylashtirilganda koeffisient qiymatini 1,5-2 martaga orttirish tavsiya etiladi.
2. Tashqi zaryadlar yer yuzasida portlatilganda portlashning seysmik ta’siri hisobga olinmaydi.

Portlatish ishlarida bino va inshootlar seysmik xavfsizligi ularning meyordagidek ishlashiga zarar yetmazlik nuqtai nazaridan aniqlanadi (alohida bino va inshootlarga yengil zarar yetish ehtimolligi taxminan 0,1ga yaqin bo’ladi).


Umumiy massasi QB bo’lgan portlovchi modda N ta zaryadlarini bir vaqtda (sekinlatishsiz) portlatishda asralayotgan obyektdan eng uzoq zaryadgacha bo’lgan masofa 20% dan kam farq qilsa, xavfsiz masofa (m) quyidagicha aniqlanadi:

Agar masofalar orasidagi farq katta bo’lsa asralishi lozim bo’lgan obyekt seysmik xavfli hudud tashqarisida joylashishi uchun quyidagi shart bajarilishi lozim:

bunda: N– portlovchi modda zaryadlari soni; qi – portlovchi modda alohida zaryadining massasi, kg; ri–portlovchi modda alohida zaryadidan asralayotgan obyektgacha bo’lgan masofa, m.
Umumiy massasi Q bo’lgan portlovchi modda N ta zaryadlarini har xil vaqtlarda bir biridan kamida 20 ms farq bilan portlatishda xavfsiz masofa (m) quyidagicha aniqlanadi:

N va Q lar qiymatlarini aniqlashda massasi portlatilayotgan guruhdagi zaryad massasi maksimal qiymatidan 3 marta va undan ko’p farq qilsa ushbu zaryadlarni hisobga olmasa ham bo’ladi.
Agar massasi qi bo’lgan eng chetda joylashgan zaryaddan asralayotgan obyektgacha bo’lgan masofalar 20% gacha bir-biridan farq qilganda quyidagi shart bajarilsa obyekt seysmik xavfli hudud tashqarisida joylashadi:

N ning qiymatini aniqlashda qi/ri3 qiymati butun portlatiulayotgan guruh maksimal qiymatlaridan 3 marta va undan ham ko’proq marta kichik bo’lgan zaryadlar hisobga olinmaydi.
Zaryadlar guruhlari bir-biridan 20 ms dan kichik vaqt farqi bilan portlatilganda har bir guruhni umumiy massasi guruhdagi zaryadlar massasiga teng bo’lgan alohida zaryad deb qaraladi. rc qiymati yuqoridagi formulalar bo’yicha aniqlanadi, bunda N – guruhlar soni.
Xavfsiz masofani aniqlashning yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullari katta xarakterga ega bo’lgan bino va inshootlar (atom elektr stansiyalari binolari, minoralar, baland binolar, monumental jamoat binolari) va mas’uliyatli hamda qiyin muhandislik inshootlari (ko’priklar, har xil maqsadlarda qurilgan reaktorlar, radiomachta va boshq.) uchun o’rinli emas. Bunday obyektlar uchun seysmik xavfsizlik masalasi shu ishlarga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilgan holda hal etiladi.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling