1-Amaliy ish ruda konlarini qazib olishda burg’ilash ishlari
Download 0.75 Mb.
|
15-Amaliy ish
PORTLATISH ISHLARIDA MAYDALANGAN TOG’ JINSI BO’LAKLARI UCHISHI BO’YICHA XAVFLI HUDUD RADIUSINI ANIQLASH. Portlatish ishlarida xavfsiz masofa va xavfli hudud chegarasi “Portlatish ishlarini olib borishda yagona xavfsizlik qoidalari” ga muvofiq aniqlanadi. Portlatish ishlarini har xil usullar va ko’rinishlarda olib borishda minimal ruxsat etiladigan masofalar (m) quyidagi 15.1-jadvalda keltirilgan. 15.1-jadval
* Portlatish ishlarini tog’ yon bag’rida olib borilganda havfli hudud radiusi qiymati tog’lik pastki tomoniga qarab kamida 300 m qilib olinishi lozim. ** Xavfli hudud radiusi zaboykali portlash uchun ko’rsatilgan. *** Portlatish ishlari loyihasiga, odamlar xavfsizligini ta’minlash bo’yicha alohida choralardan iborat bo’lgan bo’lim kiritilishi lozim. **** Skvajinalarni torpedalash va perforatsiyalashda apparat skvajinaga 50 m dan chuqurroqqa tushirilganda xavfsiz hudud radiusi 10 m gacha qisqartirilishi mumkin. Dengiz burg’ilash uskunalari uchun xavfli hudud radiusi loyihada aniqlanadi. Skvajina zaryadlari portlatilganda maydalangan tog’ jinsi bo’laklari uchishi bo’yicha odamlar uchun xavfsiz masofa ruch. (m), quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: (15.1) bunda: ηз – skvajinananing portlovchi modda bilan to’lishini hisobga oluvchi koeffisient; ηзаб – skvajinananing zaboyka materiali bilan to’lishini hisobga oluvchi koeffisient; f – tog’ jinsining prof. M.M. Protodiakonov shkalasi bo’yicha mustahkamlik koeffisienti; d – portlatiladigan skvajina diametri, m; а – qatordagi skvajinalar orasidagi yoki skvajina qatorlari orasidagi masofa, m. Skvajinananing portlovchi modda bilan to’lishini hisobga oluvchi koeffisient ηз, skvajinadagi zaryad uzunligi lз (m) ning skvajina chuqurligi L (m) ga nisbati orqali aniqlanadi: Skvajinananing zaboyka materiali bilan to’lishini hisobga oluvchi koeffisient ηзаб zaboyka uzunligi lзаб(m) ning skvajinaning zaryadlanmagan yuqori tomoni uzunligi lн (m)ga nisbatiga teng: Skvajinaning zaryadlanmagan yuqori qismi zaboyka materiali bilan lo’liq to’ldirilganda ηзаб =1, zaboykasiz portlatilganda esa ηзаб =0 deb qabul qilinadi. Tog’ jinsi mustahkamlik koeffisienti quyidagicha aniqlanadi: bunda: сж – tog’ jinsi to’g’ri shaklli namunasining standart sharoitda bir o’q bo’yicha siqilishga chidamlilik chegarasi, kgkuch/sm2 (1kgkuch/sm2=98066,5 Pа). Bir diametrli skvajina zaryadlari seriyasini portlatishda а, ηз,ηзаб o’zgaruvchan bo’lganda xavfsiz masofani (15.1) formula bo’yicha hisoblashda а, ηзаб larning kichik qiymatlari va ηз ning katta qiymatini olish tavsiya etiladi. Agar portlatilayotgan massiv uchastkasi har xil mustahkamlikdagi tog’ jinslaridan tuzilgan bo’lsa, rразл. qiymatini hisoblashda f ning maksimal qiymati olinadi. Parallel-yaqinlashgan d diametrli skvajina zaryadlarini portlatishda ekvivalent diametr qabul qilinadi bunda: Nc – parallel-yaqinlashgan skvajinalar soni. Xavfli masofani aniqlashda burg’ilash-portlatish ishlarini olib boorish jarayonida skvajina zaryadlarining а, ηзаб ,ηз kabi parametrlari loyihada qabul qilingan qiymatlardan qancha farq qilishini hisobga olish zarur. Shuning uchun ham rразл.ning qiymatini (15.1) formula bo’yicha aniqlashda portlatish ishlarini amalga oshirish jarayonida а, ηзаб ko’rsatgichlar qiymatlarini imkon qadar kichik va ηзning qiymatini maksimal mumkin bo’lgan qiymatda zahirasi bilan olish tavsiya etiladi. Tog’ yonbag’rida portlatish ishlarini olib borishda shuningdek portlatilayotgan uchastka yuqori otmetkasi xavfli hudud uchastkasi chegarasidan 30 m va undan ham balandda bo’lsa rразл. qiymati pastki tomonga qarab orttiriladi va xavfli hudud radiusi (m) quyidagicha hisoblanadi: , (15.2) bunda:Rразл – tog’ jinsi bo’laklarining tog’ yon bag’ri pastki tomoniga yoki portlatlayotgan uchastka yuqori otmetkasidan 30 m pastda joylashgan joyga uchishi bo’yica xavfli masofa; KР – joy relyefi xususiyatlarini hisobga oluvchi koeffisient. Tog’ yonbagrida portlatish ishlarini olib borishda KP ning qiymati quyidagicha aniqlanadi: , (15.3) bunda: β – tog’ yonbag’rining gorizontga nisbatan qiyalik burchagi, gradus. Hisoblash ishlarida β burchak o’rniga portlatish ishlari olib boriladigan joyning xavfli hudud chegarasidan balandligi ma’lum bo’lganda KP ning qiymati quyidagicha aniqlanadi: , (15.4) bunda:Н - portlatilayotgan uchastka yuqori otmetkasining xavfli hudud uchastkasi chegarasidan balandligi, m. Agar xavfli hudud chegarasining (15.1) yoki (15.2) formula bo’yicha hisoblangan qaysidir yo’nalishida qiyalik mavjud bo’lsa xavfli hudud qiymatini shu qiyalik yo’nalishi bo’yicha orttirish lozim. Shuningdek tog’ jinsi bo’laklari uchish uzoqligiga shamol kuchi ta’sirini ham hisobga olish kerak. Xavfli masofa hisoblangan qiymati 15.1-jadvalda keltirilgan qiymatlarga 50m birlikkacha katta tomonga yaxlitlab qabul qilinadi va qabul qilingan qiymat minimal qiymatdan kichik bo’lmasligi shart. Portlatish joyidan mexanizm, bino va inshootlargacha xavfsiz masofa muayyan sharoitlarni hisobga olgan holda loyihada aniqlanadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling