1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi
Download 162.92 Kb.
|
mineralogiya amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Minerallarning shafofligi
Solishtirma og‘irligiMa’lumki minerallarning solishtirma og‘irligi avvalo shu kristall moddani tashkil etuvchi ion yoki atomlarning atom og‘irlik1ari bilan bog‘liq. So‘ngra ion radiuslarining katta-kichikligi ham muhim rolb o‘ynaydi, ularning kattalashishi ortib borayotgan atom og‘irligini muvozanatga keltiradi, ba’zan solishtirma og‘irligining kamayib ketishiga ham olib keladi; masalan, kaliyning atom og‘irligi Na dan 1,7 marta katta bo‘lsa ham KCl solishtirma og‘irligi (1,98), NaCl solishtirma og‘irligidan 2,17 kichik, chunki 2,17 kichik, chunki K1+ ion radiusi (1,33A) Na1+ ion radiusidan (0,98A) ancha katta bo‘lib, bu kristallangan modda hajmining turlicha bo‘lishi uchun katta tabsir ko‘rsatadi. Bundan tashqari yuqorida (polimorfizmga qaralsin) ko‘rsatib o‘tilganidek strukturadagi mablum o‘zgarishlar, jumladan kristall strukturalardagi koordinatsion sonning ortishi hajmning kichiklashishiga, binobarin solishtirma og‘irlikning ortishiga olib keladi. Nihoyat kation valentligining kamayishi (yoki anion valentligining ortishi) shu kabi hollardagiga qaraganda V.S.Sobolevning fikricha, mineral solishtirma og‘irligining ortiqroq bo‘lishiga ham sabab bo‘lishi kerak. Minerallarning shafofligiModdalarning o‘zidan nur o‘tkazish xususiyati ularning shaffofligi deb aytiladi. Absolyut shaffof emas jismlar bo‘lmasa ham biroq ko‘pgina minerallar, ayniqsa metallar yupqa parda bo‘lgan holda ham ko‘rinma nurlarni shuncha kam miqdorda o‘tkazadiki, amalda butunlay shaffof emasdek ko‘rinadi. Xuddi shunga o‘xshab tabiatda tabiatda absolyut shaffof, ya’ni o‘ziga tushayotgan nurni tamomila o‘tkazuvchi moddadan iborat muhit ham yo‘q. Eng shaffof muhitning biri toza suv — qalin qatlam bo‘lganida ochiq havo rangiga kiradi va bu uning ko‘ziga ko‘rinadigan yorug‘lik spektrining qizil nurlarini ancha ko‘p Yutishidan dalolat beradi. Hamma minerallarning yirik kristallari ko‘riladigan shaffoflik darajasiga qarab quyidagicha gruppahlarga bo‘linadi: Shaffof minerallar — tog‘ xrustali, island shpati, topaz va boshqalar; Yarim shaffof— zumrad, sfalerit, kinovar va boshqalar; Shaffof emas minerallar — pirit, magnetit, grafit va boshqalar. Yirik kristallari yoki kristall bo‘laUari shaffof bo‘lmagan minerallarning ko‘pchiligi Yupqa bo‘laUarida yoki shliflarida o‘zidan nur o‘tkazadi (biotit —qora rangli Slyuda, rutil va boshqalar). Download 162.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling