1-amaliy mashg’uloti: О’quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash
Download 338.82 Kb. Pdf ko'rish
|
О’quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash DARSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish uchun zarur narsalar
3 1-AMALIY MASHG’ULOTI: О’quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash. Talaba va о’quvchilarning о’sishi va rivojlanishi hamma vaqt mos kelavermaydi. О’sish va rivojlanish tо’lqinsimon boradi. Maktab о’quvchisining meyorida о’sishi va rivojlanishi haqida kо’pgina son va sifat kо’rsatkichlarni aniqlab sо’ng aniq xulosaga kelish mumkin. Jismoniy rivojlanish deganda organizmning morfologik va funksional xususiyatlari tushuniladi. Jismoniy rivojlanish kо’rsatkichlari orasida antropometrik kо’rsatkichlar (somatometrik, somatoskopik va fiziometrik) asosiy о’rinni egallaydi.Somatometrik о’lchamlarga bо’yning balandligi,kо’krak qafasi aylanasi,bosh aylanasi,vazn о’lchovlari kiradi.Somotoskopiya (tashqi kuzatish).Bunday tekshiruvda tashqi qoplam, yog’ qatlami, mushaklar, skelet, oyoqlar shakli va tananing boshqa qismlari asosiy kо’rsatkichlar hisoblanadi.Fiziometriya,bunda о’pkaning tiriklik sig’imi, yelka oldi muskullar kuchi о’lchanadi. Jismoniy rivojlanish ma’lumotlari ma’lum yoshdagi kо’p odamlarda о’tkazilib, fiziologlar tuzgan jadvallarga solishtirilgan holda olib boriladi. Bunday jadvallarda о’rta ma’lumotlar keltirilgan. Ish uchun zarur narsalar:Tarozi, rostometr, santimetr lenta, spirometr, qо’l dinomometri, spirt, paxta . Ishning borishi: SOMATOMETRIYA 1. Bо’yning о’lchami (sm). Bо’yning balandligi, rostomer-bо’y о’lchash asbobi yordamida о’chanadi. Tekshiriluvchi orqasi bilan rostomerga turadi. Bunda tekshiriluvchining kuraklari, dumbasi va tavoni rostomerga tegib turishi kerak. Tik turganda bо’y rostomer shkalasining chap qismidan aniqlanadi. О’tirgan holda о’lchanganda tekshiriluvchining kuraklari va dumbasi rostomerga tegib turishi kerak. О’tirgan holda odamning bо’yi rostomerning о’ng tomonidan о’lchanadi. 2. Kо’krak qafasi aylanasi. Kо’krak qafasining aylanasi uchta holatda-maksimal nafas olganda, nafas chiqarganda va pauzada о’lchanadi. Bunda tekshiriluvchi 4 qо’llarini yonga ochib turadi. Erkaklarda kо’krak aylanasi о’lchanganda (sm) lenta kurakning pastki uchiga va kо’krak bezini о’rtasiga qо’yiladi.Ayollarda kо’krakning yuqori qismidan aylantirib о’lchanadi. 3. Bosh aylanasi peshona usti bilan aylantirib о’lchanadi. 4. Vazn tibbiyot tarozisida о’lchanadi. Download 338.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling