1. Auditorlik tekshiruvida firibgarlik tushunchasi Auditorlar tomonidan aniqlangan firibgarlik uchburchagi


 Auditorlar tomonidan aniqlangan firibgarlik uchburchagi


Download 216.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana16.11.2023
Hajmi216.13 Kb.
#1777759
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Mavzu-Auditorlik tek-da firib-ni aniq-h..docx

2. Auditorlar tomonidan aniqlangan firibgarlik uchburchagi 
“Firibgarlik” terminii bundan 30 yil oldin Don Kressi tomonidan kiritilgan 
edi. Don Kressi firibgarlik mohiyatini o’rganib, barcha firibgarlikda mavjud bo’lgan 
uchta omilni ajratib ko’rsatdi. Keyingi yigirma yil davrda firibgarlik uchburchak 
modeli mustahkamlandi. 
Ilovada berilgan firibgarlikning uchta elementi quyidagilarni o’z ichiga 
kamrab oladi:
- Firibgarlikni amalga oshirish uchun rag’bat; 
- Firibgarlikni amalga oshirish va uni yashirish imkoniyati; 
- Ratsionalizatsiya – o’z firibgarliginii oqlash uchun kerak bo’lgan 
firibgarning fikrlash tarzi.
Moliyaviy hisobot bilan bog’liq bo’lgan katta qo’llamli salat yog’i firibgarigi 
bugungi kundagi firibgarlikka misol bo’la oladi. Mazkur firibgarlik Nyu-Djersida 
Xom ashyo o’simlik yog’i Itifoqi tomonidan amalga oshirilgan edi. Uning 
kontseptsiyasi oddiy bo’lgan: kompaniya o’zining amalda mavjud bo’lmagan 
zaxiralarini ko’p deb ta’kidlab, o’zining moliyaviy holatini yuqori ko’rsatadi. 
Ortiqcha ko’rsatillgan aktivlar kompaniyaga xarajatlarni kamaytirib, daromadlarni 
ortiqcha ko’rsatishga imkon beradi. Umuman olganda firibgarlik kreditorlar va 
ta’minotchilarga tahminan 150 mln AQSh dollariga aylandi (jorriy kursada 1 mlrd 
dollar). Firibgarlik oddiy tusda sodir qilingan edi. Kompaniya katta tsisternalarda 
salat yog’ini saqlagan, U katta hajmda o’simlik yog’igko’rib chiqqan.
Firibgarlik kompaniya tomonidan quyidagicha amalga oshirilgan: 




Birinchidan, u tsisternalarni katta hajmdagi suv bilan to’ldirigan. 

Ikkinchidan, oqibatda suvning sathi yog’ bilan qoplanadi. Buning natijasida 
auditor tsisternani tekshirganda uning yuqori, ya’ni yog’li sathini ko’rgan.
- Uchinchidan, kompaniya auditorning tekshiruv marshrutini hisobga ollib, bir 
tsisternadan ikkinchi tsesternaga suvni haydab turgan.
Mazkur firibgarlik bugungi kunda ham ayrim firibgarlar tomonidan amalga 
oshirilmoqda. Chunki nopok shaxslar firibgarlikni amalga oshirish maqsadida 
inventirizatsiyadagi kamchiliklardan foydalanmoqda. 
Mazkur elementlar bilan bog’liq omillar firibgarlik yoki qizil bayroqlar riski 
omillari deb nomlanadi. 
Oddiy misol sifatida qurilish kompaniyada sodir bo’lgan firibgarlik 
ko’rsatiladi. Kompaniya yo’l qoplamasi tagidan kanalizatsiya va suv oqish bilan 
bog’liq ishlarni amalga oshirdi. Dastlab bu ishlar uncha katta bo’lmagan summadan 
boshlanib, ish yakunida bir yilda undan olingan daromad 30 mln dollarni tashkil 
qildi. Qurilish ishlari Michigan va Kolorodo shtatlarining turli xududlarida amalga 
oshirlgan. Kompaniyalar ko’p holatlarda qurilish materiallarini ish bajarilayotgan 
joydan sotib oladi. Bitimga qurilish vakilari imzo qoyyadi va to’lovni amalga 
oshirish uchun u buxgalteriyaga yuboriladi.
Firibgarlik uchburchagi mazkur holatda qanday ishlashini ko’rib chiqamiz. 
Firibgarlikning mohiyati shundan iboratki, buxgalter sohta ta’minot uchun qalbaki 
xujjat tayyorlaydi. To’lovni amalga oshirish maqsadida hisob yozuvini, 
kvitantsiyani va xaridga buyurtma tayyorlaydi.
Birinchidan, firibgarlik amalga oshirilishi uchun qandy rag’batlar mavjud 
bo’lgan? Buxgalter ko’p sonli moliyaviy muammolar bilan duch kelgan. Bu 
muammolar qarib qolgan ota-onalarini boqish, ularning dori-dormonga ketgan 
xarajatlarini o’z zimmasiga olish kabilardan iborat bo’lgan. Ikkinchidan, yangi 
prezident xarajat moddalarini hali belgilashga o’lgurmagan. Chunki imkoniyat bu 
uchun mavjud emas edi. Uchinchidan, oqilona harakat qilish ancha murakab 
bo’lgan. Firibgar bunday firibgarlikda bir marta qo’shimcha daromad olish va u xech 
qachon fosh etilmasligiga ishonch hosil qilgan. Bundan tashqari, bu firibgarlik 
keyincha yanada foyda keltirish mumkinligi to’g’risida oylagan. Bu ishning boshqa 
bir nozik tomoni shundan iborat ediki, yangi prezident barcha vitse-prezidentlarni 
takdim qilgandan so’ng superrvizorlar yangi pikaplarga ega bo’lgan. Buxgalter esa 
bittasiga ham ega bo’lmadi. U xatto bonus ham olmadi.
Buxgalterning fikricha, u olgan pullar raxbariyat va vitse-prezidentlar 
olayotgan puldan uncha farq qilmagan. Boshqacha qilib aytganda u o’z xatti-
xarakatini oqilona bilib, to’lovlarni haqiqiy olayotganligiga o’zini ishontirdi. Agar 
firibgarlikning mazkur uch elementlarining biri ( tibbiy muxtojlik, nazoratning ichki 
vositalariniing yomon holatda bo’lganligi, ratsionalizatsiyalash) bo’lmaganda edi, 
uning sodir etilish ehtimoli mavjud bo’lmas edi.



Shunday qilib, auditor firibgarlik sodir etilishi ehtimolini ko’rib 
chiqqayotganda –aktivlarni noqonuniy o’zlashtirilishi, moliyaviy hisobotni ataylab 
noto’g’ri ko’rsatilishi – firibgarlik uchburchagining elementlarini hisobga olib, ish 
boshlashi lozim.
Firibgar sodir etilishiga sababchi bo’lgan rag’bat yoki bosim.
Auditorlik guruh har bir tadbir boyicha firib sodir etilishiga bo’lgan rag’bat 
yoki bosimni , shu jumladan firibgarlik sodir etililshi mumkin bo’lgan ehtimoliy 
sohalarni ham ko’rib chiqishi lozim. Bu rag’batlar quyidagilarni kamrab oladi:
- kompensatsiyaning boshqaruv chizmasi;
- har qanday yaxshi foyda yoki yaxshilangan balans uchun boshqa moliyaviy 
bosimlar; 
- qarz shartnomalari; 
- aktsiyalar optsioni qo’llashining oxirigacha yoki muddati tugaguncha; 
- moliyaviy natijalar , kompaniya faoliyatining og’ir ahvoli yoki kompaniya 
faoliyatining davom etilish bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy farofonlik;
Aktivlarni noqonuniy o’zlashtirish rag’batlari quyidagilarni kamrab oladi:
- jiddiy moliyaviy ishlar kabi shaxsiy omilllar
- shaxsiy daromad imkon bermagan farovon hayot kechirish uchun oila, 
do’stlar tomonidan ko’rsatilgan bosim;
- Qimor oyinlarga va norkotiklarga moyillik.
Firibgarlikni sodir etish imkoniyati. Firibgarlikni sodir etish imkoniyati 
firibgarlik tadqiqotlarining asosiy va izchil jihatlari hisoblanadi. “Har bir kishi 
firibgarlikni sodir etish mumkin” tushuncha o’z oydinligiga qaramasdan u aslida 
ko’p ma’nolarni bildiradi.
Bu degani nafaqat firibgarlik sodir etish uchun imkoniyat borligini, balki 
nazorat yo’qligini yoki bitimlar bilan bog’liq murakabliklar mavjudligini va bunday 
holatda jinoyatchi qo’lga tushish imkonniyati past ekanligini bildiradi.
Auditor ko’rib chiqishi kerak bo’lgan firibgarlikni amalga oshirish 
imkoniyatlari quyidagilarni kamrab oladi:
- Ishtirokchilar bilan katta bitimlar tuzish; 
- Kompaniyaning tanlagan munosabati ta’minotchi va mijozlarga muddat va 
shartlarni qoyish imkoniyatining mavjudligi yoki mavjud emasligini bildiradi. Bu 
holat shaxslarga firibgarlik operatsiyalarni amalga oshirish uchun imkon beradi evi 
bermaydi; 
- Rahbariyatning aktivlar yoki buxgalteriya baholarida kelisha olmasligi. 
- Murakab yoki nobarqaror tashkiliy tuzilma. 

Nazoratnin kuchsiz yoki mavjud bo’lmagan ichki vositalari. 
Firibgarlikni ratsionalizatsiyalash. 
Katta firiibgarikda ratsionaliziyalash asosiy tarkibiy element hisoblanadi. 
Ratsionalizatsiya o’g’irlik kabi noqonuniy yoki etika meyorlariga to’g’ri 



kelmaydigan xati-xarakatni tekshiruvchi shaxsni o’z tarkibiga oladi. Firibgarlik 
bilan bog’liq moliyaviy hisobot uchun ratsionalizatsiya “kompaniyani saqlab 
qolishdan” shaxsiy ochko’zlikgacha tebranib, quyilagilarnii o’z ichiga oladi:
Barchalar moliyaviy hisobot boyicha oz-oz aldaydi; biz hamm usha oyinni 
oynaymiz. 
XYZ kompaniyani sotib olish yoki xodimlarimizni aktsiyalar optsioni orqali 
saqlab qolish uchun aktsiyalarning yuqoriroq kursini talab qilamiz.
Quyidagilar aktivlarni noqonuniy o’zlashtirish uchun ba’zi bir umumiy 
ratsionalizatsiya bo’ladi: 

oila a’zosini yoki sevimli kishini moliyaviy inqirozdan qutqarib qolish 
maqsadida amalga oshirilgan firibgarlik o’zini oqlaydi;
- agar pulni qo’lga kiritmasak, unda biz barcha narsalardan (oila, avtomobil, 
uy va boshqalardan) mahrum bo’lamiz; 
- tiashqaridan xech qanday yordam kelmaydi; 

bularning barchasi qarz olish, ularnii birinchi imkoniyat tug’ulganda 
qaytaramiz; 
- biz o’z xarakatimizning oqibati to’g’risida yoki qabul qilingan odob va 
ishonch to’g’risida oylamaymiz.

Download 216.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling