1, Axborot va uning xususiyatlari haqida malumot ehm turlari va ularning imkoniyatlari


Download 167.6 Kb.
bet32/63
Sana09.04.2023
Hajmi167.6 Kb.
#1346048
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63
Bog'liq
Axborot texnologiyalari

. Shakliga ko’ra: Matn, tasvir, animatsiya, audio va video axborotlarga bo’linadi. Insonga ta’sir etishiga ko’ra: Uzlukli va uzluksiz axborotlarga bo’linadi. In­songa uzluksiz ta’sir etib turuvchi axborotlar analog axborotlar deb ataladi. Ob-havo holati yoki vaqt uzluksiz axborotga misol bo’ladi. Axborotlarning uzlukli ko‘rinishi diskret axborotlar deb ataladi. Diskret axborotlardan eng ko‘p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya’ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali ifodalangan ko‘rinishidir. . Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit hisoblanadi, bir bit bu bitta “1” yoki bitta “0”. Bunda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yo’qligi “0” bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. 1 bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan. Shuningdek katta hajmdagi ma’lumotlar sig’imini o’lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb), petabayt (pb) va x.k.o’lchamlar mavjud: 1 Kb =1024 bayt, 1 Mb=1024 Kbayt, 1 Gb =1024 Mbayt, 1 Tb =1024 Gbayt. 1 Pb =1024 Tbayt
77. Sanoq sistemasi nima? Uning qanday turlarini bilasiz? Sanoq sistemasilari deganda sonlarni yozilish va atalish qoidalari to’plami tushuniladi.Sanoq sistemalari ikki turga bo’linadi: pozitsion va pozitsion bo’lmagan.Sanoq sistemasidagi sonlarni tashkil qilgan raqamlar yozuvda egallagan joyidan qat’iy nazar bir xil qiymatni bildirsa bunday sanoq sistemasi pozitsion bo’lmagan sanoq sistemasi deyiladi. Sanoq sistemasidagi sonlarni tashkil qilgan raqamlar yozuvda turgan o’rniga qarab qiymatini o’zgartirsa bunday sanoq sistemasi pozitsion sanoq sistemasi deyiladi.
78. Qanday axborot kodlangan deyiladi? Har bir axborot bir necha xil usulda kodlanishi mumkin. Kompyuterlarning vujudga kelishi bilan alohida inson va butun nsoniyat ishlatadigan barcha ko’rinishdagi axborotlarni kodlash zaruriyati paydo bo’ldi. Ammo axborotlarni kodlash muammosini yechishni insoniyat kompyuterlar paydo bo’lishidan ancha oldin boshlagandi. Insoniyatning olamshumul kashfiyoti –yozuv va arifmetika-nutq va raqamli axborotni kodlash sistemasidan boshqa narsa emasdi. Axborot hech qachon sof holatda bo’lmagan, u har doim qandaydir kodlangan ko’rinishda bo’lgan. Ikkili kodlash-axborotni ifodalashning keng tarqalgan usullaridan biridir. Hisoblash mashinalarida,robotlarda, raqamli dastur boshqaruvidagi stanoklarda umumiy qonundagidek, hamma informatsiya , apparat bajaradigan barcha ishlar, ikkilik alfavit so’zlari ko’rinishida kodlanadi.

Download 167.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling