75. Windows muhiti qanday amaliy ilovalardan iborat?Operasion tizim - bu maxsus bir dastur. Bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishiniboshqarish, kompyuter va foydalanuvchi urtasida mulokotni urnatish, tashki kurilmalar ishlashholatlarini sozlash va ular bilan mulokotni urnatish, xar xil dasturlarni ishga tushirish va ularishlash xolatlarini ta`minlash. Operasion tizimlardan eng taniklilari bu Microsoft firmasiningMS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linuxdasturlari.Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporasiyasi tomonidan yaratilgan operasion tizimlar bilan jihozlangan. Bulardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan –Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli bo`lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, kup vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshka operasion tizimlarga o`xshab Windows dasturi xam kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaktda avtomatik ravishda yuklanadi.
76. Axborot tushunchasi ,turlari va o’lchov birliklari. Informatika fanining asosiy tushunchasi - axborotdir. Axborot atrof-muhit ob’yektlari va hodisalari, ularning o’lchamlari va holatlari to’g’risidagi ma'lumotlardir.Ma'lumotlarga u yoki bu sabablarga ko’ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan bеlgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma'lumotlardan biror narsa to’g’risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug’ilsa, bu ma'lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalanadigan ma'lumotlar, dеb atasa ham bo’ladi. Axborot lotincha informatio so'zidan olingan bo’lib, «tushuntirish», «tavsiflash», «xabar olish» degan ma’nolarni anglatadi. Axborot keng qamrovli tushuncha bo’lib, unga ko’plab ta’riflar berilgan. O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi 439-II son “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi Qonuniga binoan: Axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqyealar, hodisalar va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlardir. Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik Klod Shenon axborotni narsa haqidagi bilimlarimizdagi noaniqlikni bartaraf etilishi kabi e’tirof etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |