1. Aylana va uning asosiy elementlari Aylananing uzunligini hisoblash


Download 0.62 Mb.
bet9/12
Sana24.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1292555
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Aylana

Doiradagi metrik munosabatlar
T e o r e m a . Doira ichidagi nuqtadan o‘tkazilgan hamma vatarlar uchun, har bir vatar kesmalarining ko‘paytmasi o‘zgarmas miqdordir.
I s b o t i . Aylananing AB va CD vatarlari K nuqtada kesishgan bo‘lsin. A va C, B va D nuqtalarni tutashtirib, ikkita, ACK va BDK ni hosil qilamiz. Bu uchburchaklarda vertikal burchaklar sifatida hamda bitta AD yoyga tiralgan ichki chizilgan burchaklar sifatida
yoki
bo‘ladi.
Demak, ikkita teng burchagi bo‘yicha ACK " BDK. Bu uchburchaklar mos tomonlarining nisbatini tuzamiz:
bu yerdan AK · BK = CK · KD, talab qilingan tenglik olindi.
Teorema isbotlandi.
Agar doira ichidagi nuqtadan vatar va diametr o‘tkazilgan bo‘lsa, vatar kesmalarining ko‘paytmasi diametr kesmalarining ko‘paytmasiga teng bo‘ladi, ya’ni agar AB diametr va CD vatar K nuqtada kesishgan bo‘lsa
AK · KB = CK · KD
tenglik o‘rinli.
T e o r e m a . Aylanadan tashqarida yotgan nuqtadan aylanaga kesuvchi va urinma o‘tkazilgan bo‘lsa, urinma kesmasining kvadrati kesuvchining uning tashqi qismiga ko‘paytmasiga teng, ya’ni agar AK — aylanaga urinmaning kesmasi va AB — shu aylananing kesuvchisi bo‘lsa
AK 2 = AB · AC.
I s b o t i . Berilgan A nuqtadan aylanaga urinish nuqtasi K gacha bo‘lgan kesma AK, AB aylanani kesuvchi, AC esa kesuvchining tashqi qismi bo‘lsin. K va C, K va B nuqtalarni tutashtirib, AKC va AKB ni hosil qilamiz. Bu uchburchaklar o‘xshash uchburchaklardir, AKC=AKB, chunki — ularning har ikkisi uchun umumiy hamda O‘xshash uchburchaklarda mos tomonlar nisbatini tuzamiz:
Oxirgi tenglikdan, talab qilingan, AK2 = AB · AC
munosabat kelib chiqadi. Teorema isbotlandi.
Maktab matematika kurslarida 1 soatlik dars ishlanmasi.
Yangi mavzu:Aylana uzunligi.
1.Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: Berilayotgan bilimlar asosida o’quvchilar bilimini kuchaytirish, aylana tariflarini,uning uzunliklarini hisoblashni o’rgatish.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling