1. Ҳазм қилиш типлари. Оғиз бўшлиғида ҳазм қилиш


Шартли рефлекслар, классификатсияси


Download 62.88 Kb.
bet39/45
Sana21.11.2021
Hajmi62.88 Kb.
#176281
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45
Bog'liq
навбахор

44 Шартли рефлекслар, классификатсияси Shartli reflekslarni tasnif qilishning bir nechta tamoyili bor. Shartsiz ta‘sirotning
biologik ahamiyati jihatidan hayotiy (ovqatlanish himoya va boshq.), zooijtimoiy (jinsiy, otalik, o‘z hududini himoya qilish) va o‘z o‘zini rivojlantirish (tadqiqot, taqhd qilish, o‘yinlar o‘ynash) shartli reflekslar ajratishadi.
Shartli rsflekslarni organizmning har bir faoliyatiga bog‘lash mumkin. Faoliyatlarga ko‘ra„ ikkita katta guruh — harakat va vegetativ sharth reflekslar tafovut qilinadi. Harakat reaksiyalari asosida juda ko‘p asboblarni ishlatishni talab qiladigan (instrumental) shartli reflekslar hosil qilish mumkin. Ba‘zan bunday reflekslar shartsiz refleksning nusxasiga, ba‘zan xohish bilan bajariladigan xatti-harakatlarga o‘xshab ketadi. So`lak ajralishi shartli refleksi mumtoz vegetativ shartli refleks hisoblanadi. Barcha
ichki a‘zolarning faoliyatini sharth reflektor nazoratga olish mumkin.
Shartli refleksni hosil qilish jarayonida shartli signalni qabul qiluvchi retseptorga
qarab, eksteroretseptiv, interoretseptiv va proprioretseptiv shartli reflekslar ajratiladi. Ko‘z, quloq, oglz va burun bo‘shlig‘idagi, teridagi retseptorlar yoki tashqi
retseptorlarning shartU signalni qabul qilishi asosida hosil bo`lgan shartli reflekslar
eksteroreseptiv shartli reflekslar deyiladi.
Ichki a‘zolar, qon tomirlar retseptorlari qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq bo`lgan shartli
reflekslarni interoretseptiv shartli reflekslar deydilar.
Muskul, pay va bo‘g‘in xaltachalaridagi retseptorlarni qo‘zg‘atish yo`li bilan hosil
qilinadigan shartli reflekslar proprioretseptiv shartli reflekslar deb ataladi


Download 62.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling