Savatga to’p tashlash: Hujumchining yakuniy harakati va jarima to’pi tashlashdagi harakat hisoblanadi. Harakatnimg aniqligi o’yin natijasiga ta’sir qiladi. Savatga to’p tashlash qiska masofadan 3 m gacha, o’rta masofadan 36 m gacha va uzoq masofadan 6 m dan uzoklikdan usullarga bo’linadi. Savatga to’p tashlash bir qo’llab va ikki qo’llab tashlanadi.
Bir qo’llab elkadan to’p tashlash usuli yaqin va uzoq masofadan hujum qilingandan bajariladi. To’p tashlash dastlabki holatda oyoklar parallel holatda bo’lib tizzalardan bir oz bukiladi. To’p bir qo’l bilan ko’krak orqali elkaga olib chiqiladi shundan so’ng bir vaqtning o’zida qo’l bilan ko’krak orqali harakat qiladi va oyoklar tizzada to’g’rilanadi. Ba’zan uloqtirish kuchini orttirish uchun sakraladi. Bu holagda uloqtirishni aniqligi va tezligi
ta’minlanadi. Qo’l to’pning uchishini kaft yozilgan holda kuzatib qoladi. Bir qo’llab elkadan to’p tashlash usuli joyidan va yugurib kelib ham bajarilishi mumkin.
To’p olib yurish: Basketbolda asosiy texnik harakat bo’lib, to’p yurib va yugurib olib yuriladi. Bu holatda doimo to’p polga bir qo’llab urib turilishi kerak. To’pni polga urmasdan olib yurish ta’qiqlanadi. Shuningdek to’pni olib yuruvchi havoda irg’itib yana ushlab olib yurishi ta’qiklanadi. To’p olib yurishining bir necha xil usullari bor. Tik holatda to’p olib yurish, yarim egilgan holatda to’p olib yurish, egilgan qolatda to’p olib yurish. To’p olib yurish harakatlari har xil yo’nalishda va har xil tezlikda bajarilishi mumkin.
Basketbol o’yini taktikasi: u o’zining xilmaxilligi bilan ajralib turadi. Chunki bu o’yin tezkor o’yin hisoblanadi. Shu bilan birga basketbol o’yini jamoa o’yinidir. U o’yinchilarni o’zaro muvofiq holda qarakat qilishlarini. hujum va himoyada o’yinchilardan birbirini tushunishlarini talab egadi. O’yin olib borishning yakka holda, guruh bo’lib va jamoa usullari mavjud. Shunga muvofiq o’yin faol va sust tashkil etilish mumkin. Basketbol o’yini taktikasi hujum va himoya taktikasiga bo’linadi. Bu taktik usullar birbiriga zid va karamakdrshi bo’lgani bilan birinchisi ikkinchisiga tsz o’zgarishi mumkin. Hujum va qimoya taktikalari ham yakka hamda guruh taktik harakatlarga bo’linadn.
Do'stlaringiz bilan baham: |