1. basketbol o’yin tarixi basketbolni rivojlanish tarixidan o’zbekistonda basketbolni rivojlanishI


Download 0.87 Mb.
bet9/12
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1182987
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Basketbol o’yini tarixi va uni rivojlantirish bosqichlari

Xujum taktikasi: Xujum taktikasining maqsadi samarali xujum uyushtirish va savatga bo’lgan kurashiga g’olib kelib ijobiy natijalarga erishishdir. Xujum davomida hujumchilar tez va chaqqon harakat qilish talab etiladi. Yakka holdagi hujumda hujumchi hujum vazifasini o’zining tezkorligi va chaqqonligi hamda texnik harakatlarni aniq bajarishi bilan uddalasa guruh hujumlarida bir nscha hujumchi muvofiq holda tez va chakkon harakat qilishi kerak.
Yakka holdagi hujum taktikasi: quyidagi harakat shakllarini o’z ichiga oladi. Hujum uchun qulay joy tanlash va texnik harakat
larni samarali bajarish. Hujum davomida hujumchi to’psiz va to’p bilan harakatlanadi. Xujum uchun qulay joy va vaziyat tanlash muhim o’rin tutadi. Hujumchi to’psiz harakati uning qo’rikdab turgan himoyachidan qochish va hujum uyushtirish uchun qulay vaziyat va joy tanlashi kerak. To’p bilan hujum qilayotganda himoyaning zaif joyini topish va savatga to’p tashlashni qulay vaziyati va joyni tanlash kerak.
Guruh holdagi hujum taktikasi: Basketbolda yangi tashkil himoyani buzib kirish bir hujumchiga katta qiyinchilik tug’diradi. Shuning uchun bunday himoyalarda guruh holdagi hujum taktikasi qo’llaniladi. Guruh hujumlarini ikki va undan ortiq hujumchilar uyushtiradilar. Guruh hujumlari juda xilmaxil va vaziyatga qarab o’zgarib boradi. Guruh hujumlarini ko’rinishlaridan bir to’siq ko’yishdir. Bu usulda bir hujumchi to’psiz holda himoyachini oldini to’sadi. Uning ortidan esa boshqa hujumchi to’p bilan hujum uyushtiradi. To’siq qo’yishning ham ko’p usullari bor. To’p olib yurishda to’sib qo’yish, yakka holda hujum qilib to’sib qo’yish, sherikni to’siq holatda hujum qilish va hokazo.
Tezkor hujum: Bu hujum usuli guruhning hujumdagi taktik harakatlaridan bo’ylab himoyachilar shit ostida to’pni olib ko’yishganda yoki savatga to’p tushib yangi o’yin boshlanayotganda tezkor hujum uyushtiriladi. To’pni egallab turgan o’yinchi raqib maydonida qolgan hujumchiga yoki tezda hujumga otilib chiqqan o’yinchiga to’pni etkazib beradi. Bu usul yakka holdagi tezkor hujum hisoblanadi. Guruh holdagi tezkor hujumda ikki va undan ortiq hujumchilar o’z maydonida to’pga egalik qilishgandan so’ng zudlik bilan raqib tomon otilib chiqishib hujum uyushtiradilar. Tezkor hujumning samarasi barcha o’yinchilarni yakdillik bilan harakatlanishi, to’p uzatishlarni aniq bo’lishi, hujumga yaqin va tez yo’l bilan erishish, to’p uzatishda maydonning butun kengligidan foydalanishga bog’liq bo’ladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling