Yo’nalishdagi hujum: bu hujum usuli barcha o’yinchilarni o’zaro kelishgan holda va muvofiklikda hujum uyushtirishidir. Ular qanday holatda himoyada tursalar shunday holatda yo’nalishib hujum uyushtiradilar. Besh kishilik himoyani yakka holda va gurux, holatida hujum bilan buzish qiyin bo’lganligi sababli besh kishilik yo’nalishdagi hujum usullari ham o’zgartirilib boriladi. Io’nalishdagi hujumda o’yinchilardan jismoniy tayyorgarlik talab etilmaydi. Aksincha texnik va taktik tayyorgarlikning ustunligi lozim bo’ladi. Shu bilan birga bu hujumda har bir o’yinchi o’zining
shaxsiy qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Yo’nalishdagi hujum tayyorgarlik, hujumchilarning sonini ortish va hujumni yakunlash fazalaridan iborat bo’ladi. Yo’nalishdagi hujumda bo’yi uzun o’yinchidan foydalanish usulida barcha o’yinchilar hujum yakunida to’pni bo’yi uzun o’yinchiga oshiradilar. U hujumni yakunlab savatga to’pni tashlaydi. Yo’nalishdagi hujumni markaziy o’yinchi orqali yakunlash usulida markazdan harakatlanuvchi hujumchi himoyaini yorib kirib hujumni yakunlaydi.
Himoya taktikasi: Himoya taktikasining maqsadi hujum harakatlariga to’sqinlik qilish hamda savatga to’p tushishini oldini olish. Buning uchun hujumning dastlabki vaqtidayoq to’pni olib qo’yish yoki hujumchilarga har qanday holatda ham savatga to’p tashlashlariga to’skinlik qilish.
Yakka holdagi himoya taktikasi: Bu usulda himoyachi to’p bilan harakatlanayotgan hujumchi. To’psiz hujumchi, qulay vaziyatdagi hujumchilarga qarshi harakatlanadi. Bu himoya usulini samarasi hujum uyushtirilishi mumkin bo’lgan joylarni to’g’ri tanlashga bog’liqdir. Yakka holdagi himoya usulida himoyachi ko’p holatda markazda harakatlanadi. Ba’zan hujum qaysi tomondan bo’lishiga qarab shu tomondagi himoyachi oldinga otilib chiqadi. U hujumchini to’sish va chiqarilgan to’pni egallab olish uchun harakat qiladi.
Guruh holdagi himoya taktikasi: bu himoya usulida hamma himoyachilar o’zining zonasida hujumchilarni kutib olish shu zonada hujumchilar harakatini bartaraf qilish va to’pni egallab olishga haraqat qiladi. Bunda himoyachiga yordam berish usuli ham ko’llaniladi. Buning uchun kuchli hujumchini qo’rikdayotgan himoyachi ortidan yana bitta himoyachi harakatlanadi. Shu bilan birga hujumchini ikki himoyachi bilan qo’riqlash usuli ham qo’llaniladi. Jarima to’pi tashlashda va savatga uyushtirishda ham himoyachilarning to’pni egallab olish uchun kurashi muhim rol o’ynaydi. Buning uchun shit ostida tezkor va chaqqon harakat qilish hamda hujumchilarni xdrakatlarini cheklab qo’yish zarur bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |