1. Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi Bibliografik faoliyat


Download 425.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana13.10.2023
Hajmi425.86 Kb.
#1701532
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
IiGy9G3xWUFJrqOE860Zkr8whU3Mug7CgwBOmZb3

Ilmiy-ommabop nashrlar — fan, texnika, madaniyat sohalaridagi 
yutuqlarni, yangiliklarni mutaxassislardan boshqa keng kitobxonlar ommasi 
tushunadigan tilda va uslubda bayon etgan asarlardan iborat. Ular juda keng 
kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu adabiyotlar tufayli
kitobxonlar o‘zlarining bilim saviyasini oshirib boradilar, hozirgi zamon fan 
va texnika yutuqlaridan xabardor boladilar, mustaqil bilim olish ko‘nikmasini
egallaydilar. Hozirgi paytda tibbiyotga, tabiiy-ilmiy bilimlarga, mamlakatimiz
tarixiga, siyosiy muammolarga, ma’naviyatga oid ilmiy-ommabop adabiyotlar,
biografik materiallar nashr etish kengaygan.
O‘quv nashrlari fanning, amaliy faoliyat sohasining ma’lum bir
tizimda aks etgan axborotini o‘z ichiga oladi. O‘quv nashrlariga o‘quv
dasturlari, darsliklar, o‘quv qollanmalari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 
ko‘rgazmali materiallar kiradi. O‘quv nashrlari mazmuniga ko‘ra sohali yoki 


ixtisoslashgan adabiyotdir. Ular maktab, kollej-litsey, oliy o‘quv yurtlarining 
o‘quvchilari va talabalariga, malaka oshirish kurslarining tinglovchilariga va 
o‘qituvchilarga mo‘ljallanadi.
Kasbga va ishlab chiqarishga oid adabiyotlar — xalq xo‘jaligining
turli sohasidagi ishlab chiqarish texnologiyasi, texnikasi va uni tashkil etishga 
bag‘ishlangan adabiyotlardir. Kitobxonlari oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli
ishlab chiqarish m utaxassislari— muhandislar, agronomlar, texniklar. Ular 
uchun mo‘ljallangan adabiyotlar ilmiy ishlab chiqarish adabiyotlari deyiladi. 
Ishlab chiqarishdan tashqari o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, iqtisodchilar,
yuristlar, kutubxonachi-bibliograflar uchun kasbiy adabiyotlar — amaliy 
qo‘llanmalar, uslubiy qollanmalar, xatlar, turli mavzularga oid tavsiya 
adabiyotlari nashr etiladi. Ommaviy ishlab chiqarishga oid adabiyotlar turli
kasbdagi ishchilar, mutaxassislar, ustalar, ishlab chiqarish firmalari va fermer
rahbarlari uchun moljallanadi. 

Download 425.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling