1. Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi Bibliografik faoliyat


Analitik bibliografik tavsif ko‘rinishi


Download 425.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana13.10.2023
Hajmi425.86 Kb.
#1701532
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
IiGy9G3xWUFJrqOE860Zkr8whU3Mug7CgwBOmZb3

Analitik bibliografik tavsif ko‘rinishi:
Hujjat qismi haqida / / Manba haqidagi m a’lumot. — Eslatmalar. 
Analitik bibliografik tavsif uchun namunalar:
1. Hasanova Sh. Qiz bola hayosi bilan go‘zal / / Oila va jamiyat.—2006. 
6 -12 - iyul. № 27.- 5-b. 


 2. Vohidov E. O‘zbegim: (qasida) / / Vohidov E. O‘zbegim: She’rlar.—
Toshkent, 2005. 41—44-b. O‘smirlar kutubxonasi.
Gazetadan olingan hujjatga analitik tavsif berishda nashr manbasi
nashr yili, sanasi ko‘rsatiladi, jurnaldan yoki davomli nashrdan olingan hujjat 
uchun tavsifda nashr manbasi, nashr yili, chiqish tartib raqami va qaysi 
sahifalarda bosilgani aks ettiriladi. Ularning hammasi nuqta va chiziq bilan 
ajratiladi. Agar hujjat bir qancha sonlarda e’lon qilingan bo‘lsa, manbaning 
nashr yili va tartib raqami nuqta va vergul (;) bilan ajratiladi. То‘lа asarlar 
to‘plamlari yoki tanlangan asarlardan olingan hujjatlarni tavsiflashda muallif 
bitta bo‘lsa, ikkinchi qismda manbadan oldin muallif ko‘rsatilmaydi. Aks 
holda ko‘rsatiladi. Taqrizlar va referatlar berilgan hujjatlarni tavsiflashda 
asosiy
nashr haqidagi m a’lumotdan keyin yangi qatordan ,,Taqriz“ yoki 
,,Ref.“ deb ko‘rsatiladi va unga analitik tavsif beriladi. Agar taqriz yoki 
referat sarlavhasiz bo‘lsa, uning sarlavhasi bibliograf tomonidan qo‘yiladi va 
kvadrat qavsga olinadi.
 
 3.Bibliografiyaning obyektlari 
 
Bibliografik faoliyatning natijasi — hujjatlar haqidagi ma’lu­motlar yig
indisi — bibliografik axborot deyiladi. Bibliografiyaning asosiy obyekti
hujjatdir.
1964-yil ,,hujjat so‘zi axborotning moddiy tashuvchisi sifatida
belgilab berildi. Hozirgi paytda „hujjat deganda axborot bilan bog‘liq, kishilar
tomonidan ularni to‘plash, foydalanish,uzatish, saqlash va hisobga olish bilan 
bog‘liq moddiy obyekt tushuniladi. „Hujjat“ so‘zi ahamiyatiga ko‘ra keng
tushuncha. Hujjatlarda real hayot voqeliklari, faktlari va barcha ma’lumotlar 
o‘z aksini topadi, hujjatda u yaratilayotgan davrning ma’lum bir qirrasi
haqidagi axborot to ‘planadi 
,,Hujjat“ termini qog‘oz, kinolenta, turli xil kokrinishdagi tasmalar,
elektron disklar ko‘rinishidagi axborot tashuvchi materialni anglatadi. Davr o‘tishi 
bilan, taraqqiyot natijasida yangi-yangi axborot eltuvchilar qo‘shilib boraveradi. 
Har bir axborot eltuvchi yoki axborot resurslari o‘ziga xos xarakterga va 
xususiyatga ega va u axborotni tayyorlashda hisobga olinadi. Shunga ko‘ra 
belgilari, ahamiyati, mazmuni va shakliga kobra turlanadi. 
Axborot iste’molchisi — inson. Uning maqsadi mustaqil bilim olish, 
o‘quv malakasini oshirish, ilmiy bilim olish va ilmiy salohiyatini oshirish ishlab 
chiqarish malakasini oshirish va boshqalar. Yuqori darajada axborot-kutubxona 
va bibliografik xizmat ko‘rsatish uchun kitobxonlar ilmiy asoslangan holda 
klassifikatsiya qilinishi lozim. Klassifikatsiya asosiga insonning professional


ishlab chiqarish faoliyati, egallab turgan lavozimi, ma’lumot darajasi, yoshi,
jinsi, oilaviy ahvoli, o‘qish madani-yati darajasi, bibliografik q o ilan m alard 
an foydalana olish qobiliyati, ruhiy va boshqa xususiyatlari olinadi. Chunki
inson — kitobxon ham bibliografiyaning obyektidir. Hujjat va axborot 
iste'molchisi mazmun mohiyatiga ko‘ra matbuot asari (kitob, nashr) va
kitobxon (bibliografik axborot iste’molchisi) tushunchalaridan farqlanadi.
Ilmiy axborot faoliyati faqatgina matbuot asari bilan emas, balki barcha
ko‘rinishdagi axborot resurslari (elektron resurslar) bilan bog‘liq. Bibliografiya
esa, matbuot asari (kitob, gazeta, jurnal) bilan ishlaydi. Kitob, gazeta va 
jurnallar tarixan insoniyat bilimining manbayi, uning bilimlarini aks
ettiruvchi, to‘plovchi va saqlovchi vosita hamda inson bilimini oshirish va
ruhiy ta’sir vositasi bo‘lib kelgan. Kitobning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi.
Ammo keyingi paytda boshqa axborot tashuvchi resurslar ham bibliografik
faoliyat doirasiga singib bormoqda. Demak, kitob-kitobxon tizimi ham
bibliografiyaning obyektidir. Bu keyingi paytda hujjat-axborot iste’molchisi
tizimi bilan boyidi. 
  Bosma mahsulotlarni klassifikatsiya qilish 
Nashrlar qurilishiga kokra kitob, jurnal, gazeta, varaqaga, belgisiga
ko‘ra matnli, notali, kartografik va izonashrga bo‘linadi. Eng muhim belgisi
nashrning davomiyligi yoki chiqishining xarakteridir. Bunga ko‘ra nodavriy
(bir martalik), vaqtli va davomli nashrga bo‘linadi. Bir marta nashr etilgan asar
nodavriy deyiladi, zarur bo‘lgan holda qayta nashr etilishi mumkin, bunda,
albatta, qayta nashr etilgani haqidagi ma’lumot ko‘rsatiladi. Qayta nashrda u
muallif tomonidan to‘ldirilishi, qisqartirilishi, tuzatilishi, o kzgartirishlar
kiritilishi mumkin va bu, albatta, ko‘rsatiladi. Bunga kitob, risola, varaqalar
kiradi. Kitob — 48 sahifadan ortiq bo‘gan matnli nashr. Risola esa 48
sahifagacha bo‘lgan matnli nashr. Varaqalar 1 sahifadan 4 sahifagacha
hajmda bo‘ladi. Vaqtli bo‘lmagan nashr bir jildlik yoki bir necha jildlik
bokladi. Ko‘p jildlik nashr bir maqsadga, bir mavzuga yoki bir yo‘nalishga, 
bir xil poligrafik bezatilishga ega bolgan bir necha kitobdan iborat boladi.

Download 425.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling