1. Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi Bibliografik faoliyat


Download 425.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana13.10.2023
Hajmi425.86 Kb.
#1701532
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
IiGy9G3xWUFJrqOE860Zkr8whU3Mug7CgwBOmZb3

Ma’lumotnoma nashrlar — zarur axborotni topish uchun qulay 
bolgan tartibda joylashtirilgan ilmiy va amaliy xarakterdagi ma’lumotlarni o‘z
ichiga oladi. Ma’lumotnomada nashrlar, qomusnomalar,. qomusiy lug‘atlar,
lug‘atlar, spravochniklar, taqvim (kalendar)lar, yoki ko‘rsatkichlar va boshqa
nashrlarni kokrsatish mumkin. Qomusnomalar (ensiklopediyalar) bir yoki bir
necha jildlik bo‘lib , bir yoki bir necha bilim sohasiga oid universal
xarakterdagi nazariy va amaliy bilimlarning umumlashgan korinishidagi qisqa
maqolalardan tashkil topadi. 
Vaqtli matbuot nashrlarining klassifikatsiyasi
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari ishiga alohida e’tibor bilan
qaraladi, chunki ayni shu to‘rtinchi hokimiyat deb yuritiluvchi vositalar
ommani dunyo miqyosidagi va mamlakatimiz ichidagi siyosiy ahvol,
madaniy-ma’rifiy yangiliklar, voqealar, fan, texnika taraqqiyoti, kashfiyot va
ixtirolar bilan tanishtiradi, kishilarni ularda faol ishtirok etishga jalb qiladi, 
badiiy, estetik didining shakllanishiga yordam beradi. Vaqtli matbuot nashrlari
ommaviy axborot vositalari va, umuman, axborot resurslari orasida alohida o 
‘rin tutadi. Mamlakatimizda 120 dan ortiq nomda o‘zbek, qozoq, tojik, rus 
tillarida gazeta va jurnallar turli yoshdagi iste’molchilarga mo‘ljallanib nashr 
etiladi. Nashrning har bir chiqishida uning nomi, qachondan boshlab chiqa 
boshlagani, sanasi, tartib raqami, ta ’sischi tashkilot nomi, muharrir ism-
sharifi, bosishga ruxsat etilgan sana, har bir chiqish soni uchun javobgar
shaxs, nashrning indeks raqami, tahririyat va bosmaxona nomi, manzili,
telefon va faks raqami, bahosi ko‘rsatiladi. 
 Gazetalarning chiqish sonlari va vaqti turlicha: haftalik, kunlik, bir 
haftada bir necha marta chiqadigan gazetalar. Masalan, ,,Afandi”, „Oila va 


jamiyat, ,,Ma’rifat”, „Таш кентская неделя“ , „Vatanparvar, ,,0‘zbekiston
Adabiyoti va san’ati „Darakchi gazetalari haftalik, „Toshkent oqshomi“ ,
„Вечерный Ташкент, „Xalq so‘zi”, „Народное слово” gazetalari kunlik. 
Gazetalar hududiy qamrab olish darajasiga ko‘ra respublika, viloyat, shahar 
yoki tuman gazetalariga, mazmuniga ko‘ra universal va ixtisoslashtirilgan
gazetalarga ajratiladi. „ Ma’rifat va „Учитель Узбекистана gazetalari
o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan va ixtisoslashgan. Gazetalar kundalik 
voqealar, sanalar, muhim yangiliklar haqida axborot beradi, shuning uchun
undagi ma’lumotlar tez eskiradi va tezkor tarqatishni talab qiladi.
Jurnallar kitobxonlar guruhi, maqsadi va boshqa belgilariga ko‘ra 
turlanadi. Ular ilmiy, kasbiy, ishlab-chiqarish, ilmiy-ommabop, adabiy-badiiy
deb ham ajratiladi. 
Ilmiy jurnallar turli bilim sohasidagi ilmiy ishlar, ilmiy tadqiqot
ishlari natijalari haqidagi asosiy axborot beruvchi manba bo‘lib , mutaxassislar
va olimlarga, ilmiy xodimlarga ba- gishlanadi. ,,Tafakkur“ , „Ijtimoiy fikr“ ,
„Fan va turm ush“ jurnali ilmiy jurnallardir. 
Kasbiy ishlab chiqarishga oid jurnallar mutaxassis amaliyotchilarga
mo‘ljallangan bo‘lib, shu kasb doirasidagi materiallar haqida axborot beradi.
,,0‘zbekiston matbuoti“, „Kitob dunyosi", „Ibn Sino“, „Biblioteka",
„Библиотековедение", „Bibliografiya", „Klub" kabi jurnallar maxsus
jurnallardir. 
Adabiy-badiiy, adabiy-ijtimoiy jurnallar turli-tuman mavzularga oid
materiallardan tashkil topadi va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallanadi.
Ular kitobxonlarni mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlar mualliflarining eng
yangi asarlari, tarjima asarlari bilan tanishtiradi. „Sharq yulduzi“ , „ Guliston “ 
, „Teatr“ , ,,Sanam“ , ,,Saodat“ , „Jahon adabiyoti“ kabi jurnallar shular
jumlasidandir. 

Download 425.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling