1. Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi Bibliografik faoliyat
Download 425.86 Kb. Pdf ko'rish
|
IiGy9G3xWUFJrqOE860Zkr8whU3Mug7CgwBOmZb3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqtli matbuot nashrlarining klassifikatsiyasi
Ma’lumotnoma nashrlar — zarur axborotni topish uchun qulay
bolgan tartibda joylashtirilgan ilmiy va amaliy xarakterdagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ma’lumotnomada nashrlar, qomusnomalar,. qomusiy lug‘atlar, lug‘atlar, spravochniklar, taqvim (kalendar)lar, yoki ko‘rsatkichlar va boshqa nashrlarni kokrsatish mumkin. Qomusnomalar (ensiklopediyalar) bir yoki bir necha jildlik bo‘lib , bir yoki bir necha bilim sohasiga oid universal xarakterdagi nazariy va amaliy bilimlarning umumlashgan korinishidagi qisqa maqolalardan tashkil topadi. Vaqtli matbuot nashrlarining klassifikatsiyasi Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari ishiga alohida e’tibor bilan qaraladi, chunki ayni shu to‘rtinchi hokimiyat deb yuritiluvchi vositalar ommani dunyo miqyosidagi va mamlakatimiz ichidagi siyosiy ahvol, madaniy-ma’rifiy yangiliklar, voqealar, fan, texnika taraqqiyoti, kashfiyot va ixtirolar bilan tanishtiradi, kishilarni ularda faol ishtirok etishga jalb qiladi, badiiy, estetik didining shakllanishiga yordam beradi. Vaqtli matbuot nashrlari ommaviy axborot vositalari va, umuman, axborot resurslari orasida alohida o ‘rin tutadi. Mamlakatimizda 120 dan ortiq nomda o‘zbek, qozoq, tojik, rus tillarida gazeta va jurnallar turli yoshdagi iste’molchilarga mo‘ljallanib nashr etiladi. Nashrning har bir chiqishida uning nomi, qachondan boshlab chiqa boshlagani, sanasi, tartib raqami, ta ’sischi tashkilot nomi, muharrir ism- sharifi, bosishga ruxsat etilgan sana, har bir chiqish soni uchun javobgar shaxs, nashrning indeks raqami, tahririyat va bosmaxona nomi, manzili, telefon va faks raqami, bahosi ko‘rsatiladi. Gazetalarning chiqish sonlari va vaqti turlicha: haftalik, kunlik, bir haftada bir necha marta chiqadigan gazetalar. Masalan, ,,Afandi”, „Oila va jamiyat, ,,Ma’rifat”, „Таш кентская неделя“ , „Vatanparvar, ,,0‘zbekiston Adabiyoti va san’ati „Darakchi gazetalari haftalik, „Toshkent oqshomi“ , „Вечерный Ташкент, „Xalq so‘zi”, „Народное слово” gazetalari kunlik. Gazetalar hududiy qamrab olish darajasiga ko‘ra respublika, viloyat, shahar yoki tuman gazetalariga, mazmuniga ko‘ra universal va ixtisoslashtirilgan gazetalarga ajratiladi. „ Ma’rifat va „Учитель Узбекистана gazetalari o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan va ixtisoslashgan. Gazetalar kundalik voqealar, sanalar, muhim yangiliklar haqida axborot beradi, shuning uchun undagi ma’lumotlar tez eskiradi va tezkor tarqatishni talab qiladi. Jurnallar kitobxonlar guruhi, maqsadi va boshqa belgilariga ko‘ra turlanadi. Ular ilmiy, kasbiy, ishlab-chiqarish, ilmiy-ommabop, adabiy-badiiy deb ham ajratiladi. Ilmiy jurnallar turli bilim sohasidagi ilmiy ishlar, ilmiy tadqiqot ishlari natijalari haqidagi asosiy axborot beruvchi manba bo‘lib , mutaxassislar va olimlarga, ilmiy xodimlarga ba- gishlanadi. ,,Tafakkur“ , „Ijtimoiy fikr“ , „Fan va turm ush“ jurnali ilmiy jurnallardir. Kasbiy ishlab chiqarishga oid jurnallar mutaxassis amaliyotchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, shu kasb doirasidagi materiallar haqida axborot beradi. ,,0‘zbekiston matbuoti“, „Kitob dunyosi", „Ibn Sino“, „Biblioteka", „Библиотековедение", „Bibliografiya", „Klub" kabi jurnallar maxsus jurnallardir. Adabiy-badiiy, adabiy-ijtimoiy jurnallar turli-tuman mavzularga oid materiallardan tashkil topadi va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallanadi. Ular kitobxonlarni mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlar mualliflarining eng yangi asarlari, tarjima asarlari bilan tanishtiradi. „Sharq yulduzi“ , „ Guliston “ , „Teatr“ , ,,Sanam“ , ,,Saodat“ , „Jahon adabiyoti“ kabi jurnallar shular jumlasidandir. Download 425.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling