1-bilet savol bayoni
Download 364.91 Kb.
|
Konstruksiya 21-25 gacha
3-savol bayoni
Mashinani loyihalash bosqichlari. Mashinani yaratishda turli mutaxassislar qatnashadilar. Bu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: yangi mashina yaratish zarurligini yoki mavjudlarini takomillashtirish kerakligini asoslab berish va bu ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy-texnik tadqiqotlar; konstruktorlik loyihasini tuzish; tajriba namunalari tayyorlash, ularni sinash, shu jumladan, davlat sinovidan o‘tkazish, maromiga yetkazish va ishlab chiqaruvchi korxonaga (buyurtmachiga) topshirish; mashinalarni seriyalab ishlab chiqarish. Masalan, traktorni yaratish zarurligi asosan uning tortish sinfini (tipajini) ishlab chiqish bosqichida asoslab beriladi. Bunda ilmiy tarzda oldindan aniqlash usulidan foydalaniladi, bozorning yaratilajak traktorga bo‘lgan talab-ehtiyojlari e’tiborga olinadi. Texnik topshiriqda traktorning vazifasi, uning texnik xususiyatlari, ishining sifat ko‘rsatkichlari, konstruktorlik hujjatlari, loyihani bajarish muddatlari, ishlab chiqarish dasturi ko‘rsatiladi. Texnik topshiriq buyumni ishlab chiquvchi tomonidan, buyurtmachining texnik-iqtisodiy jihatdan asoslangan talablari asosida tuziladi. Texnik topshiriq mashinani loyihalash uchun boshlang‘ich hujjat bo‘lib hisoblanadi. Loyihalashning har bir texnik topshirig‘ida talab qilinayotgan texnikaviy tavsiflar bilan bir qatorda kerakli puxtalik darajasi ham ko‘rsatilishi zarur. Keyin konstruktorlik hujjatlarini hozirlashga kirishiladi. Konstruktorlik hujjatlari mashinaning tuzilishi haqidagi ma’lumotlarni, uning loyihasini ishlab chiqish, tayyorlash, tekshiruvdan o‘tkazish, qabul qilib olish, sinash, foydalanish va tuzatish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Loyihalovchilar tasdiqlangan texnik topshiriq asosida texnik taklif tayyorlaydilar. Texnik taklifda, yaratiladigan va mavjud mashinalarning tuzilishi va ishlatish xususiyatlarini hisobga olgan holda, qo‘yilgan vazifani hal etishning mumkin bo‘lgan variantlarining asosi va bahosi, mazkur variantlarning patent jihatidan sofligi va raqobatlashish layoqati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, loyihaning hajmi va bajarilish muddatlari haqidagi ma’lumotlar bo‘ladi. Konstruktorlik loyihasi eskiz, texnik va ishchi loyihalardan iborat bo‘ladi. Seriyalab ishlab chiqarilayotgan mavjud mashinalarni zamonaviylashtirishda eskiz loyihasi tuzilmasligi mumkin. Eskiz loyihasi mashinaning vazifasi, tuzilishi, ishlash negizi va asosiy parametrlari to‘g‘risida umumiy tasavvur beradi. Eskiz loyihasida konstruksiyaning batafsil kinematik ishlanmasi bilan bir qatorda, mashinadagi asosiy qismlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash yo‘llari ham ko‘rsatiladi. 1- jadval Mashina tayyorlashning bosqichlari va puxtalikni hisoblashning ularga mos turlari
Texnik loyihani tuzish bosqichida mashina va undagi asosiy qismlarning umumiy ko‘rinishi chizmalari chiziladi. Traktor uchun bu bosqichda tushuntirish xati tuzilib, unda traktorning tortish xususiyatlari, tuzilishining tavsifi va traktorni tortishga, dinamikaviy, mustahkamlikka, texnik-iqtisodiy jihatdan hisoblashlar ko‘rsatiladi. Mashinaning texnik loyihasi qismlar, yig‘ma birliklarining chizmalarini, butlash buyumlarining, maxsus asboblarning ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Tushuntirish xatida ana shunday sinfdagi traktorning mavjud konstruksiyalari tavsifi, mazkur loyihaga kiritilgan ko‘rsatkichlar bilan erishilgan ko‘rsatkichlarning qiyosiy bahosi, shuningdek mamlakat va chet elda chiqarilayotgan shunga o‘xshash mashinalarga nisbatan qiyosiy bahosi keltiriladi. Texnik loyihani tuzishda tayyorlash texnologiyasiga, ishlab chiqarish ko‘lamiga, iqtisodiy samaradorlikka, xavfsizlik texnikasiga doir va boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi. Barcha texnik hisoblar batafsil va to‘liq hajmda bajariladi. Loyiha ustida ishlashda ko‘plab mutaxassislar, shu jumladan, texnologlar qatnashadi. Texnik loyihada hamma yechimlar, shu jumladan, qism va detallarning tuzilishiga doir yechimlar ham, uzil-kesil ishlab chiqiladi, tegishli konstruktorlik hujjatlari esa ishchi hujjatlarni tuzish uchun tayyorlanadi. Ishchi loyihani tayyorlash bosqichida har bir detalning ishchi chizmalari, detallarni tayyorlash, qabul qilib olish, saqlash va tashish uchun spesifikasiyalar, texnik talablar tuziladi. Materiallar sarfi taxminan aniqlanadi, sotib olinadigan detal va qismlar to‘g‘risida ma’lumotlar, texnik pasport va ishlatishga doir yo‘riqnoma, sinovlar dasturining loyihasi tuziladi. Ishchi loyihani tayyorlash ohirgi bosqich bo‘lib, unda mashina qismlarining konstruksiyasini to‘liq detallashtirish ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Konstruktorlik hujjatlari konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi talablarini qanoatlantirishi zarur. Maromiga yetkazish va ishda sinash uchun mashinaning tajriba namunalari tayyorlanadi. Mashinani yaratish jarayonida sinovlar muhim o‘rin egallaydi. Sinov vaqtida mashinaning texnik topshiriqqa, davlat andozalari va texnik hujjatlardagi talablarga muvofiqligi aniqlanadi, shuningdek uning texnikaviy saviyasiga baho beriladi. Sinov natijalariga asoslanib mashinani seriyalab ishlab chiqarish uchun texnik hujjatlar tasdiqlanadi. Mashinalar puxtaligining miqdoriy ko‘rsatkichlari talab etilgan darajada bo‘lishini ta’minlash loyihachilar, texnologlarning va undan foydalanuvchilarning vazifasidir. Mashinaning puxtaligi eng avvalo uning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi: buzilmasdan ishlash ehtimoli; ishlamay qolishlar jadalligi; ishlamay qolgunga qadar o‘rtacha ishlash vaqti va ana shu vaqtning tarqoqligi; gamma - foizdagi resursi va boshqa ko‘rsatkichlari. Mashinaning xizmat muddatini oldindan aytib berish uchun albatta ana shu ko‘rsatkichlarni bilish shart. Detallarining ishqalanuvchi qismlarini yeyilishi tufayli mashinalarning ishlamay qolishi tez - tez sodir bo‘lib turgani uchun yeyilish tezligi bilan puxtalik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish ham katta ahamiyat kasb etadi. Yuqori darajadagi puxtalikni ta’minlash uchun yeyilishni o‘rganish resurs muammosi bilan birgalikda olib boriladi. Ishlamay qolishlar jadalligi eng yuqori bo‘lgan davrlar, chiniqtirish va yeyilish davri uchun siyqalanish davri davomiyligini hamda yeyilish tezligini aniqlash bo‘yicha ilmiy izlanishlar o‘tkazish puxtalikni oshirish uchun xizmat qiladi. Mashinalarning puxtalik ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, ularning ko‘pga chidamliligini tajriba, nazariy va aralash usullar bilan aniqlash mumkin. Mashina qismlari puxtaligining miqdoriy ko‘rsatkichlarini baholash uchun tajriba usullari qo‘llanilganda ba’zi hollarda moddiy sarflar ortib ketishi, sinovlar muddati bir necha yilga cho‘zilib ketishi mumkin. Mexanik tizimlarning puxtalik ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida sinovlarning tezlashtirilgan usullari qo‘llanilganda esa vaqt bo‘yicha o‘xshashlik mezonlarini tanlash qiyinligi tufayli katta xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi va hokazo. Tezlashtirilgan resurs sinovlari asosan mashinalarni ommaviy ishlab chiqarishda o‘zini oqlaydi, chunki sinov jihozlarining narhi juda qimmat turadi. Puxtalikni hisoblashning nazariy usullarini qo‘llashdagi jiddiy qiyinchiliklar shundan iboratki, birinchidan, detallarning uzoq muddat ishlashini belgilovchi yeyilish hodisalarining tabiati hali to‘liq ochilmagan, ikkinchidan, nazariy tadqiqotlar usullari ma’lum darajada murakkab va keng ko‘lamlidir. Mashinalarni loyihalashda tuzilmaning turli variantlari puxtaligining dastlabki qiyosiy tahlili asosida uzil-kesil variantni tanlab olinishi birinchi bosqich hisoblanadi. Ikkinchi bosqich uzil-kesil tanlangan variantning puxtaligini tahlil etishni ko‘zda tutadi. Agar biz tuzilmaning puxtaligi qo‘yilgan talablarga javob berishiga ishonch hosil qilsak, u holda namuna tayyorlashga kirishish mumkin. Uchinchi bosqichda tajriba namunalari sinab ko‘riladi va bu sinovlarda olingan ma’lumotlar ikkinchi bosqichdagi tahlil natijalari bilan taqqoslanadi. Odatda tezlashtirilgan sinovlar o‘tkaziladi. Konstruktor ish boshlashdan avval loyihalanayotgan mashinaning aniq foydalanish sharoitlarini yaqqol tasavvur qilishi lozim. Foydalanish puxtaligi bilan tuzilish puxtaligi tushunchalari bir xil ma’noga ega emas. Konstruktor puxtalikni qulay ish sharoitlari uchun moslab aniqlaydi. Foydalanish puxtaligi esa mashinani aniq sharoitlardagi haqiqiy puxtaligini ko‘rsatadi. Shu sababli aksariyat xollarda foydalanish puxtaligi loyihalanayotgan mashinaning tuzilish puxtaligidan ancha kam bo‘lib chiqadi. Download 364.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling