1-bilet savol bayoni
Download 364.91 Kb.
|
Konstruksiya 21-25 gacha
4-savol bayoni
Texnik xizmat xizmat ko‘rsatish davriyligini aniqlash Mashinaga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash tartiblari deganda buzilishlarning oldini olish yoki ta’mirlash ishlarining davriyligi tushuniladi. Eng maqbul davriylik bilan olib boriladigan texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ishlari buzilishlar sonini kamaytiradi. Xizmat ko‘rsatish davriyligini aniqlashda puxtalik ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Texnik xizmat ko'rsatishning maqbul davriyligi va bajariladigan ishlar mehnat hajmi mahkamlash, diagnostikalash, sozlash, moylash va boshqa ishlar bo‘yicha ehtiyojni o‘rganish asosida belgilanadi. Texnik xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan ehtiyoj va uning davriyligini aniqlash yoki to‘satdan sodir bo‘ladigan buzilishlar oldini oluvchi tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash uchun mashina (agregat, mexanizm) ish qobiliyatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning o‘zgarish qonuniyatlari hamda texnik holat parametrining yo‘l qo‘yilgan miqdorini bilish lozim. Mashinaning buzilmasdan ishlash ehtimolini eng kam xarajatlar qilgan holda ma’lum darajada tutib turish uchun unga xizmat ko‘rsatish va uni tuzatishning eng maqbul davrlarini aniqlash zarur. Agar buzilmasdan ishlash ehtimolining quyi darajasi kishilar hayotiga xavf tug’diruvchi jiddiy falokatlar yoki ishlamay qolishlar shartlariga ko‘ra qat’iy belgilangan bo‘lsa, u holda P(t)=a berilganda buzilmasdan ishlashning o‘rtacha vaqti To‘r quyidagi ifodadan aniqlanadi: bu yerda: P(t) - buzilmasdan ishlash ehtimoli. Mashinaning ishlamay qolishi faqat moddiy zarar keltiradigan hollarda esa texnik xizmat ko‘rsatish ishlarining davriyligi mashinaning ishlash qobiliyatini tiklashga mumkin qadar kam xarajatlar sarflanadigan qilib tanlanadi. Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi – bu transport vositasiga bir xildagi profilaktik ta’sirlarning ketma-ket bajarilishlari orasidagi me’yoriy ishlash davriyligidir. Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligini aniqlash usullari: Eng sodda usul. Bu usul bo 'yicha transport vositasiga TXK davriyligi uning o‘ziga o‘xshash transport vositalarining davriyligi kabi qabul qilinadi. Analitik usul. Bu usul transport vositalari texnik ekspluatatsiyasi jarayonlari, kuzatuv natijalari va texnik xolat o‘zgarishi qonunlariga asoslangan. Imitatsion modellashtirish usuli. Bu usul real va tasodifiy texnik xizmat ko'rsatish jarayonlarini o‘ziga o‘xshatib tashkil qilishga asoslangan. Analitik usullar: Download 364.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling