2. Buyuk Xitoy devori haqida ma’lumot bering.
Sin Shixuandi o‘z davlatini ko‘chmanchi xunnlarning hujumlaridan himoya qilish uchun Shimoliy Xitoy bo‘ylab qurilgan mudofaa devorini yanada mustahkamlashni buyurgan. Devorni qurish ishlari dastlab mil. avvalgi IV asrda boshlangan. Bu devor tarixda Buyuk Xitoy devori deb atalgan. Uning balandligi 6-10 metr, qalinligi 5-8 metr, uzunligi esa qariyb 4000 kilometrni tashkil etadi. U qadim zamonlarda dushman qo‘shinlari uchun jiddiy to‘siq bo‘lib xizmat qilgan: otliq qo‘shinlar undan oshib o‘ta olmas, qal’alarni hujum bilan zabt etishni esa ko‘chmanchilar hali uddalay olishmasdi. Podsho va amaldorlar devor qurilishida minglab dehqonlarni majburan ishlatganlar.
3. Mirzo Abdulqodir Bedil hayoti va ijodi.
Bedil (asl ismi Mirzo Abdulqodir, 1644 - 1721) kesh (Shahrisabz)lik. Dehlida vafot etgan. Uning yirik asari ,,To‘rt unsur“ nasrda yozilgan bo‘lib, unda havo, suv, yer, olov haqida, shuningdek, o‘simliklar, hayvonlar va odamning kelib chiqishi haqida o‘z qarashlari bayon etiladi. Bedilning ,,Irfon“ (,,Bilim“) dostonida falsafa, tarix va ilohiyot masalalari bayon etilgan. Bedilning fikricha, dunyo abadiy bo‘lib, to‘xtovsiz harakat qiladi va o‘zgarib turadi. U she’rlarida jamiyatdagi jabr-zulm, adolatsizlik kabi illatlami qoralaydi. Bedil Turkistonda ,,Abulma’oniy“ („Ma’nolar otasi“) degan nom olgan.
15-BILET
1. Jakeriya qo‘zg‘oloni.
Fransiyani yagona davlatga birlashtirishni tugallash oson vazifaemas edi. Chunki biriashtirish siyosati nafaqat ichki, ayni paytda, tashqi to'siqlarga ham uchragan. Eng katta tashqi to'siq Angliya edi. Fransiyaning Akvitaniya viloyati Angliya qo'l ostida edi. U bu viloyatni Fransiyaga qaytarib berishni istamagan. Buning ustiga, markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslik uchun kurashayotgan Flandriya viloyati Angliya tomonidan qo'llab-quvvatlangan Angliya qiroli Eduard III Fransiya qiroli Filipp VI (1328 - 1350) (qizining o'g'li)ning nabirasi bo'la turib, Fransiyaga qarshi siyosat yurita boshladi. Bu omillar Fransiya - Angliya munosabatlarini tobora keskinlashtirgan. Endi bu ikki davlat o'rtasida urush chiqishi muqarrar edi. Ulushning boshlanishi uchun bir bahona kerak edi, xolos. Filipp VI vafotidan so'ng Eduard III Fransiya taxtiga da'vogarlik qilib chiqdi Biroq Fransiya qonunshunoslari ayol tomonidan bo'lgan avlod qirollik taxtiga o'tira olmaydi, degan xulosani berdi. Bu esa urush boshlashga bahona bo'ldi. Urushning boshlanishi. Urush 1337- yilda Angliyaning hujumi bilan boshlandi. Flandriya urushda Angliyaning yaqin ittifoqchisiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |