1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi


Mahmud Zamaxshariyning hayoti va faoliyati


Download 280.7 Kb.
bet21/53
Sana31.01.2024
Hajmi280.7 Kb.
#1832809
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
Bog'liq
1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi

3. Mahmud Zamaxshariyning hayoti va faoliyati.
Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy 1075-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida dunyoga kelgan. Ilmga bo‘lgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag‘dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf-odatlarini chuqur o‘rganishiga sabab bo‘ldi. U mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlarni to‘playdi. Mahmud Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag‘ishlangan “Al­Mufassal”, Qur’oni karim tafsiriga oid “Al­Kashshof” asari musulmon olamida mashhurdir. Zamaxshariy “Arab va g‘ayri arablar ustozi”, “Xorazm faxri” kabi sharafli nomlar bilan ulug‘langan. U ko‘p asarlarini Makkada yozganligi uchun “Jorulloh” (“Allohning qo‘shnisi”) degan sharafli nomga muyassar bo‘ladi. Qohiradagi dunyoga dong‘i ketgan Al-Azhar diniy dorilfununining talabalari hozir ham “Al­Kashshof” asosida Qur’oni karimni o‘rganadilar. U, shuningdek, tarixdagi birinchi ko‘p tilli lug‘at – arabcha-forscha-turkiy lug‘atning asoschisi bo‘lgan. Mahmud Zamaxshariy 1144-yilda Xorazmda vafot etgan. 1995-yilda O‘zbekistonda Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi keng nishonlandi.
13-BILET
1. Vashington konferensiyasi.
Uzoq Sharq va Tinch okeanidagi bahsli muammolarni hal qilish va dengizdagi qurollarni cheklash maqsadida 1921-yil 12-noyabrdan 1922-yil 6-fevralgacha to‘qqiz davlat vakillari ishtirokida Vashington konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada asosiy rolni AQSH, Buyuk Britaniya va Yaponiya o‘ynadi. 1921-yil dekabrda Vashington konferen siyasida to‘rt davlat – AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiya o‘rtasida shartnoma imzolanib, ushbu davlatlarning Tinch okeani havzasidagi o‘z orollariga egalik qilish huquqlari kafolatlandi.
2. Ulug‘bek rasadxonasi haqida ma’lumot bering.
Rasadxona Mirzo Ulug‘bek tashabbusi va homiyligida bunyod etilgan. Mirzo Ulug‘bek Amir Temurning kenja o‘g‘li Shohruhning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, 1394-yil 22-martda Eronning Sultoniya shahrida tug‘ilgan. U 1409-yil otasi Shohruhning yordamida Movarounnahr taxtini egallaydi va u yerda 40 yil, 1449-yilgacha hukmronlik qilgan. U buyuk olim bo‘lib, astronomiyaga oid “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarini, tarixga oid “To‘rt ulus tarixi” asari va musiqaga oid 5 ta risola yozgan. Rasadxona rivojlangan o‘rta asrlarning so‘nggi davrida, XV asr me’morchiligining nodir namunalaridan biri bo‘lib, Mirzo Ulug‘bek farmoyishi bilan 1424-1429-yillarda bunyod etilgan. Uning geografik joyini G‘iyosiddin Jamshid tanlagan bo‘lib, Samarqanddagi Ko‘hak (Cho‘ponota) tepaligida, Obirahmat anhori bo‘yida bunyod etilgan. Ulug‘bek rasadxonasi qurilishida xom va pishgan g‘isht, loy, taxta va shu kabi ashyolardan foydalanilgan. Rasadxona ulkan silindr shaklida bunyod etilgan; ayrim qo‘lyozmalarga ko‘ra, balandligi 31 m dan iborat 3 qavatli qilib qurilgan. Ulug‘bek rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908-yil V.L.Vyatkin rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari asosida topildi. Xususan, bu yerda diametri 48 m keladigan, qalinligi bir g‘isht bo‘lgan aylanma devor borligi va uning markazida qo‘shaloq yoydan iborat bosh qurilmaning qoldig‘i mavjud bo‘lganligi aniqlangan. Uning katta zallari, turli katta-kichik xonalari bo‘lgan. Boburning yozilishicha, Ulug‘bek rasadxonaning sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan. Ulug‘bek rasadxonasi me’morchilikning o‘ziga xos, teng diametrli yumaloq uslubida bunyod etilgan. Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 m.li qo‘shaloq yoydan iborat kvadrat qurilma hisoblanadi. Kvadratning janubiy qismi yer ostida, qolgan qismi shimoliy tomonda yer sathidan 30 m cha balandda joylashgan. Asbob aylanasida bir gradus yoy 701,85 mm va bir minut yoy 11,53 mm ga to‘g‘ri keladi. Rasadxona o‘rta asrlarda asbob-uskunasi jihatdan ham beqiyos bo‘lgan. Asbob astronomiyaning asosiy doimiyliklari – ekvator va ekleptika orasidagi burchakni o‘lchash, yillik protsessiya doimiysini, tropik yil davomiyligini va boshqa fundamental astronomik doimiyliklarni aniqlashga imkon bergan. Mirzo Ulug‘bekning eng yirik astronomik asari “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” ham rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati Ulug‘bek taklifi bilan yig‘ilgan mashhur olimlar G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar nomi bilan bog‘liq. Rasadxona o‘z davrida yirik astronomik kuzatuv majmuasi vazifasini o‘tagan. Unda mavjud bo‘lgan asbob-uskunalar yordamida quyosh, oy, sayyoralar va alohida yulduzlar kuzatilgan. Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, mustaqillikka erishganimizdan keyin mamlakatimizdagi boshqa me’moriy obidalar singari ta’mirtalab qismlari qayta tiklandi.

Download 280.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling