29. Fotobiologik jarayonlarda elektronlarning tunnel orqali tashilishi
Elektronlarni tunnel orqali tashilishi... Механизми жиҳатидан энергия миграциялани-шига яқин бўлиб, жараён ўзаро энергия тўсиғи орқали оқсил табиатли ташувчи-молекулалар ўртасида амалга ошади. Электронларнинг туннел орқали ташилиши электрон энергияси донор билан акцептор ўртасидаги энергетик барьер ёки тўсиқ бўлган шароитида юз беради. Эффект соф-механикавий табиатга эга бўлиб, 0,5-1 нм масофада амалга ошади. Электроннинг тўсиқ остидан туннел орқали ўтиш механизмининг хусусияти шундаки, у энг паст ҳарорат- суюқ азот ҳарорати (77 К) ва ундан ҳам тубан хароратда ҳам амалга ошаверади.
30. Erkin radikallar, xossalari va jarayonlar. Tirik organizmlar hujayralarida hosil bo‘luvchi erkin radikallar
Erkin radikallar va ularning xossalari. Yuqorida ta’rif berganimizdek, erkin radikal juftlashmagan elektronga ega molekula yoki uni fragmenti hisoblanadi. Erkin radikal tegishli modda kimyoviy formulasi ustiga qo‘yiladigan qalin nuqta orqali ifodalanadi. Masalan, Н, ОН va boshqalar. Erkin radikallar, radikal hosil qiluvchi moddalar tabiatiga bog‘liq holda neytral kation yoki anion holatida ham bo‘lishi mumkin. Masalan, tirozin molekulasi sharoitga bog‘liq holda neytral yoki kation radikali holatida uchraydi. Anion radikalga kislorodning superoksidanion radikalini misol qilish mumkin. Demak, molekulada juftlanmagan elektronning paydo bo‘lishi bo‘sh valentlikning paydo bo‘lishiga ekvivalentdir. Erkin radikallarga xos xususiyatlar: Yuksak kimyoviy faollik; Paramagnitlik; Zanjirli reaksiyalarni boshlab berish.
Erkin radikalli jarayonlar. Hujayrada kechadigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari natijasida erkin radikallar paydo bo‘ladi. Suv hosil bo‘lish jarayoni kislorod superoksidanion radikalining paydo bo‘lishidan boshlanadi, ya’ni nafas zanjiri komponentlarida kechadigan Fe2+→Fe3+ tip reaksiyalar evaziga suv fazadagi kislorod anion radikaliga aylanib, quyidagi jarayonni boshlab beradi va unda ishtirok etadi. Fe2+ + O2 + H+ → Fe3+ + HO2 RH + HO2 → R + H2O2 R + O2 → RO2 RO2 + RH → ROOH + R ROOH + Fe2+ → RO + OH + Fe3+ Ko‘rinib turibdiki, moddalarning oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladigan suv erkin radikalli jarayonlar mahsuli hamdir. Suv fazaga ultrabinafsha yoki ionlashtiruvchi nurlar ta’sir etganda, suv radiolizi hisobiga erkin radikallar Н, ОН, Н2О va gidratli е-, Н+, ОН- hamda Н2О2 hosil bo‘ladi. Y.A.Vladimirov ta’kidlashicha, asosan membranada kechadigan 4 ta jarayon turli hil patologiyalarga asos bo‘ladi. Bular: lipidlarni perekisli oksidlanishi; membrana fosfolipazalarini ta’siri; membranalarning ostmotik (mexanik) cho‘zilishi; membrana lipid qo‘shqatlamiga polielektrolitlar, ayrim oqsil va peptidlarni adsorbsiyalanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |