1. Biofizikaning predmeti, vazifalari. Biofizikaning biologik fanlar orasida tutgan o’rni va boshqa fan soxalari bilan aloqasi


Download 1.78 Mb.
bet24/43
Sana23.12.2022
Hajmi1.78 Mb.
#1047099
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Bog'liq
biofizika 100%

46. Suniy membrana (BLM) tayyorlash
Shisha stakanni elektrolit eritmasiga joylashtiriladi va teflonli idishga tushiriladi, devorida teshik yoki yoriq qilinadi. Yoriqda BLM yaʼni KLM hosil boʼladi. Kapillyar yordamida yoriqqa geptan yoki geksan erituvchisida eritilgan suyuq uglevodorod-fosfolipidning tomchisi kiritiladi. Fosfolipidlar molekulasi shu tarzda tomchi yuzasida yigʼiladi, molekulalarning qutbli boshchalari suvli muhitga yoʼnalgan, gidrofob dumchalar esa tomchi ichiga qaragan buladi. Аsta sekin vaqt oʼtishi bilan tomchidan erituvchi uchib ketadi tomchi esa lipid qatlamga aylanadi.
47. Liposomalarning amaliyotda qo’llanilishi
Fundamental ilmiy tadqiqotlarda- biologikmembranalarni modellashtirishda eng yuqori biomoslashuvga ega yangi kompozit materiallarolishda,
Farmakologiya va tibbiyotda-dori vositalarining terapevtik samaradorligini oshirishda, gen terapiyasida,imunitet holatini tuzatishda, diagnostikada
Kosmetologiyada,- terini parvarish qilishda, dekarativ kosmetika tayyorlashda, qarishga qarshi protseduralarda
Oziq-ovqat sanoatida,
Genoterapiyada,
48. Membrana transporti
Transport 4guruhga bo'linadi. 1. Passiv 2. Faol 3. Endositoz. 4. Ekzositoz
Passiv transporti o'zi 3guruhga bo'linadi: oddiy diffuziya, yengil diffuziya, osmos
Endositoz ham 2taga bo'lingan : pinositoz, fagositoz.
Passiv transport. Oddiy, cheklangan diffuziya Diffuziya alohida molekula va ionlarning tartibsiz va spontan harakatiga bogʼliq. Molekulalar va ionlar yukori kontsentratsiyali tomondan past kontsentratsiyali tomonga gradienti boʼyicha harakatlansa, diffuziyaning bunday turi oddiy diffuziya deb ataladi (O2 va SO2 kabi oddiy molekulalarning membrana orkali tashilishi). Oddiy diffuziyada moddalar membranadan erigan xolatda tashiladi
Oddiy (erkin) diffuziya
Kontsentratsiya gradienti orkali amalga oshadigan diffuziya hisoblanadi. Oddiy diffuziya kichik neytral molekular (N2O, CO2, O2) va kuyi molekulyar ogʼirlikdagi gidrofob organik moddalar uchun xosdir. Ushbu molekulalar membranadan kontsentratsiya gradienti saklanmaguncha membrana lipid kavatlari (bisloy), oqsil poralari ëki ion kanallari bilan oʼzaro taʼsir kilmasdan amalga oshadi. Oddiy diffuziya: А-lipid kavat orkali. B-Lipid poralari orqali. V-Oqsil poralari orkali. Osonlashgan diffuziya - molekulalarning maxsus tashuvchi oqsil - permeazalar yordamida membranadan oʼtkazilishi hisoblanadi. Osonlashgan diffuziya spetsifik koʼrinishda amalga oshib, oddiy diffuziyadan tezligi yuqoriligi bilan farklanadi. Osonlashgan diffuziyada permeazalar tashiluvchi modda bilan taʼsirlashaganda konformatsion oʼzgarishi orqali membranada oʼtkazuvchi kanal xosil boʼladi.
Yengillashtirilgan diffuziya
Baʼzi moddalar oddiy diffuziya yoʼli membranalar orqali oʼta olmaydi. Ularni membranadan oʼtishi uchun tashuvchi tuzilmalar ishtirok etadi. Bu diffuziy tashuvchi molekular tomonidan yengillashtiriladi shuning uchun bunday diffuziyani yengillashgan diffuziya deyiladi.
Yengillashgan diffuziya 2 xil yoʼl bilan amalga oshadi.
Noelektrolitlar kontsentratsiya gradienti boʼyicha diffuziyalanadi
Ionlarni elektrokimyoviy potentsial gradienti boʼyicha diffuziyani
Osmos mexanizmi
Аgar erituvchi bilan eritma oʼrtasiga yarim oʼtkazgich parda (membrana) qoʼyilsa, bu membrana orkali erituvchi zarrachalari eritmaga oʼtib, uni suyultira boshlaydi. Erituvchi zarrachalarining yarim oʼtkazgich membrana orkali oʼtish jaraëni osmos deyiladi.
Erigan modda molekulalari yarim oʼtkazgich membrana orkali oʼta olmaganligi sababli unga urilib koʼrsatadigan bosimi osmotik bosim deb ataladi. Bu bosim taʼsirida yarim utkazgich membrana yirtilib ketishi ham mumkin, chunki eritma yetarli darajada kontsentrlangan boʼlib, yarim oʼtkazgich membrana chidamli boʼlmasa bu vaktda vujudga keladigan osmotik bosim bir necha oʼn, hatto yuz atmosferaga yetishi mumkin.
Аgar tajriba uchun ikki xil kontsentratsiyali eritma olib, ular oʼzaro yarim oʼtkazgich membrana orkali birlashtirilsa, erituvchi kontsentratsiyasi kuprok eritmadan kontsentratsiyasi kamrok eritma tomon oʼta boshlaydi va ikkala eritmaning kontsentratsiyasi tenglashishi bilan osmos hodisasi toʼxtaydi, yaʼni bu paytda yarim utkazgich membrana orkali suyukligi ikkala tomoniga oʼtish tezligi tenglashali va pinamik muvozanat karor topali



Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling