1. Biofizikaning predmeti, vazifalari. Biofizikaning biologik fanlar orasida tutgan o’rni va boshqa fan soxalari bilan aloqasi
Biologik membranalardagi passiv transport
Download 1.78 Mb.
|
biofizika 100%
49. Biologik membranalardagi passiv transport
Passiv transporti o'zi 3guruhga bo'linadi: oddiy diffuziya, yengil diffuziya, osmos Endositoz ham 2taga bo'lingan : pinositoz, fagositoz. Passiv transport. Oddiy, cheklangan diffuziya Diffuziya alohida molekula va ionlarning tartibsiz va spontan harakatiga bogʼliq. Molekulalar va ionlar yukori kontsentratsiyali tomondan past kontsentratsiyali tomonga gradienti boʼyicha harakatlansa, diffuziyaning bunday turi oddiy diffuziya deb ataladi (O2 va SO2 kabi oddiy molekulalarning membrana orkali tashilishi). Oddiy diffuziyada moddalar membranadan erigan xolatda tashiladi Oddiy (erkin) diffuziya Kontsentratsiya gradienti orkali amalga oshadigan diffuziya hisoblanadi. Oddiy diffuziya kichik neytral molekular (N2O, CO2, O2) va kuyi molekulyar ogʼirlikdagi gidrofob organik moddalar uchun xosdir. Ushbu molekulalar membranadan kontsentratsiya gradienti saklanmaguncha membrana lipid kavatlari (bisloy), oqsil poralari ëki ion kanallari bilan oʼzaro taʼsir kilmasdan amalga oshadi. Oddiy diffuziya: А-lipid kavat orkali. B-Lipid poralari orqali. V-Oqsil poralari orkali. Osonlashgan diffuziya - molekulalarning maxsus tashuvchi oqsil - permeazalar yordamida membranadan oʼtkazilishi hisoblanadi. Osonlashgan diffuziya spetsifik koʼrinishda amalga oshib, oddiy diffuziyadan tezligi yuqoriligi bilan farklanadi. Osonlashgan diffuziyada permeazalar tashiluvchi modda bilan taʼsirlashaganda konformatsion oʼzgarishi orqali membranada oʼtkazuvchi kanal xosil boʼladi. Yengillashtirilgan diffuziya Baʼzi moddalar oddiy diffuziya yoʼli membranalar orqali oʼta olmaydi. Ularni membranadan oʼtishi uchun tashuvchi tuzilmalar ishtirok etadi. Bu diffuziy tashuvchi molekular tomonidan yengillashtiriladi shuning uchun bunday diffuziyani yengillashgan diffuziya deyiladi. Yengillashgan diffuziya 2 xil yoʼl bilan amalga oshadi. Noelektrolitlar kontsentratsiya gradienti boʼyicha diffuziyalanadi Ionlarni elektrokimyoviy potentsial gradienti boʼyicha diffuziyani Osmos mexanizmi Аgar erituvchi bilan eritma oʼrtasiga yarim oʼtkazgich parda (membrana) qoʼyilsa, bu membrana orkali erituvchi zarrachalari eritmaga oʼtib, uni suyultira boshlaydi. Erituvchi zarrachalarining yarim oʼtkazgich membrana orkali oʼtish jaraëni osmos deyiladi.Erigan modda molekulalari yarim oʼtkazgich membrana orkali oʼta olmaganligi sababli unga urilib koʼrsatadigan bosimi osmotik bosim deb ataladi. Bu bosim taʼsirida yarim utkazgich membrana yirtilib ketishi ham mumkin, chunki eritma yetarli darajada kontsentrlangan boʼlib, yarim oʼtkazgich membrana chidamli boʼlmasa bu vaktda vujudga keladigan osmotik bosim bir necha oʼn, hatto yuz atmosferaga yetishi mumkin.Аgar tajriba uchun ikki xil kontsentratsiyali eritma olib, ular oʼzaro yarim oʼtkazgich membrana orkali birlashtirilsa, erituvchi kontsentratsiyasi kuprok eritmadan kontsentratsiyasi kamrok eritma tomon oʼta boshlaydi va ikkala eritmaning kontsentratsiyasi tenglashishi bilan osmos hodisasi toʼxtaydi, yaʼni bu paytda yarim utkazgich membrana orkali suyukligi ikkala tomoniga oʼtish tezligi tenglashali va pinamik muvozanat karor topali Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling