1. Biofizikaning predmeti, vazifalari. Biofizikaning biologik fanlar orasida tutgan o’rni va boshqa fan soxalari bilan aloqasi


Suyuqliklarning sirt tarangligini Rebinder usulida o’lchashni tushuntiring


Download 1.78 Mb.
bet33/43
Sana23.12.2022
Hajmi1.78 Mb.
#1047099
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Bog'liq
biofizika 100%

2. Suyuqliklarning sirt tarangligini Rebinder usulida o’lchashni tushuntiring.
Suyuqliklarning sirt tarangligi deganda, suyuqlik bilan uning buglari aro chegara bolimida yuzaga keladigan ortiqcha erkin energiya tushuniladi. Suyuqliklarning sirt tarangliklarini olchash amaliyotida, suyuqlik yuza qatlamidan qattiq konturni yulib olish uchun zarur bolgan kuchni olchashga asoslangan Dyu Nuihalqa metodi keng qollaniladi. mHalqa metodi ozining qulay va oddiy bolishiga qaramay, bir qator kamchiliklarga ham ega. Halqacha qollanish effektining olchov natijalariga korsatadigan tasirining etibordan chetda qolishi va bir qator hollarda halqacha usulining umuman noqulayligi shular jumlasidandir. Shularni etiborga olib, quyida kam tarqalgan, ammo laboratoriya sharoitida barpo etilishi osonlashtirilgan va ozgartirilgan Rebinder usuli keltirildi. Rebinder sirt taranglik olchash usuli suyuqlik yuza bolim chegarasida hosil qilinadigan havo pufakchasining yorilishiga mos keladigan bosimni olchashga asoslangan. Asbob kapillyar naychasining uchi suyuqlik yuzasiga tegib turgan sharoitda, u orqali havo berilib, berilgan havo bosimi sekinlik bilan oshirilib borilsa, kapillyar uchida pufakcha hosil boladi. Pufakcha kattaliga bosim oshgan sari osha boradi va bosim pufakcha devoridagi molekulalarning tortishish kuchlarini yenga oladigan darajaga yetganda esa pufakcha yoriladi. Ana osha pufakcha yorilishiga sabab boladigan bosim suyuqlik sirt tarangligiga togri proporsional bolib, kapillyar uchining diametriga teskari proporsionaldir, ya`ni
,
r
p  k 
bu yerdagi p-havo bosimi, σ-suyuqlik sirt tarangligi, r-kapillyar radiusi, k-proporsionallik koeffitsienti.Demak, Rebinder usuliga muvofiq, biror suyuqlikning sirt tarangligini aniqlash uchun avvalo, asbob doimiysi topilishi shart. Qulaylashtirilgan Rebinder asbobining tuzilishi va undan foydalanish yollari. Asbob (6-rasm) suyuqlik quyishga moljallangan idishcha (probirkacha (1)) va pastki uchi idishdagi suyuqlik yuzasiga tegib turadigan, choziq uchli maxsus shisha naycha (2) ni oz ichiga oladi. Mazkur naychaning ikkinchi uchi rezinka muftaga ulangan shisha trubka orqali bir tomondan, suvli manometrga, ikkinchi tomondan esa, uch yo`lli kran (4) orqali havo haydovchi sistema (shprits (5)) ga ulanadi. Havo haydovchi sistema shprits va uning ichidagi havo bosimining bir tekisAsbobni ishlatish. Havo haydovchi sistema uch yolli "kran orqali atmosferaga ulanadi va vintni orqaga aylantirib" shpritsga havo olinadi. Idishcha (1) ga, uning ichiga tushirilib qoyilgan maxsus naychaning (2) uchi tegadigan miqdorda, distillangan suv quyiladi. Songra uch yolli kran (4) shunday holatga keltiriladiki, asbobning ichki hajmi shprits ichki hajmi bilan ulanib, atmosfera ajralib qolsin. Manometrdagi suyuqlik sathi esa nol belgilansin. Vintni sekinlik bilan oldinga aylantirib, oshib boruvchi bosim hosil qilinadi. Bosim kapillyar uchida havo pufakchasi paydo bolib, to u yorilmaguncha oshirilib boriladi-da, pufakcha yorilgan paytda toxtatiladi va shu paytga mos keladigan havo bosimi manometrda qayd etiladi. Shu xildagi olchov ishlari (har qanday suyuqlik uchun) kamida uch marta takrorlanib, qayd etilgan kattalliklarining ortacha arifmetik qiymati hisoblab topiladi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling