1. Biofizikaning predmeti, vazifalari. Biofizikaning biologik fanlar orasida tutgan o’rni va boshqa fan soxalari bilan aloqasi
Statik va dinamik sirt tarangligini tushuntiring
Download 1.78 Mb.
|
biofizika 100%
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Sirt buferligi va uning tibbiyotdagi ahamiyati
3. Statik va dinamik sirt tarangligini tushuntiring.
Adsorbsiya vaqt talab jarayondir. Shunga kora, sirt modda eritmasining yangi hosil bolgan yuzaga xarakterli sirt tarangligi, osha yuzada adsorbsiya tamom bolganidan keyin qaror topadigan sirt tarangligidan hamma vaqt katta boladi. Demak, bu xildagi eritmalarda, sirt tarangligining qaysi paytda olchanishiga bogliq holda, olchov natijalari har xil bolib chiqadi. Birinchi hol uchun mos keladigan sirt taranglik dinamik sirt taranglik (σdin) deb atalib, sirt tarkibi suyuklikning ichki qatlamlari bilan bir xil bolgan yuzasi xarakterlandi. Ikkinchi holga mos sirt taranglik statik sirt taranglik (σstat) deb atalib, adsorbsiya tamom bolganidan keyingi yuzaning sirt tarangligini aks ettiradi. Mutlaq toza suyuqliklar distillingan suv, mutlaq spirt, atseton va hokazolarning dinamik va statik sirt taranglik kattaliklari ozaro mos keladi, chunki suyuqlik qalinligi bilan uning yuzasi bir xil tarkibga ega. Eritmada sirt faol modda bor bolgan sharoitda uning statik sirt tarangligi dinamik sirt tarangligidan kam bolib chiqadi. 4. Sirt buferligi va uning tibbiyotdagi ahamiyati Biologik suyuqliklardan eng yaxshi o`rganilgani qon plazmasidir. Uning sirt tarangligi 74-77 din. sm-1atrofida bo`lib, qo`shilgan antikoagulyantlar sitrat, oksalat va h.k. uning sirt tarangligiga deyarli ta`sir ko`rsatmaydi. Ammo eritrotsitlarning kam miqdordagi gemolizi plazma sirt tarangligining kamayishiga sabab bo`ladi. Masalan, gemoglobinning 0,1% li eritmasi, uning sirt tarangligini 12-14 din. sm-1 ga kamaytiradi. Ba`zi bir kasalliklarda qon plazmasining sirt tarangligi o`zgaradi. Uning sezilarli darajada o`zgarishi anafilaktik shokda qayd etilgan.Qon zardobining sirt tarangligi plazmanikidan kam bo`ladi. Uning statik sirt tarangligi sirt faol moddalarga nisbatan ma`lum turg`unlikka ega. Agarda toza suvga natriy oleatdan ozgina qo`shilsa, uning sirt taragligi keskin kamayadi. Bordiyu, berilgan moddaning o`shancha miqdori qon zardobiga qo`shilsa, uning sirt tarangligi dastlabki bir necha minut davomida keskin kamayadi, keyin esa tezlik bilan osha borib, o`zining dastlabki qiymatiga qaytib keladi. Ba`zi bir suyuqliklarda uchraydigan sirt faol modda ta`siridan kamaygan sirt tarangligini avvalgi darajagacha qayta tiklay olish qobiliyati sirt buferligi nomi bilan yuritiladi, D.L.Rubinshteyn va Yu.L.Kuzminalar fikriga ko`ra, qon zardobining buferlik xossasi undagi kalsiy ionlari bilan shartlangan. Kalsiy ionlori sirt faol modda molekulalarini bog`langan holatga o`tkazib aktivlik xususiyatidan mahrum qilib qo`yadi. Qon plazmasi buferligining ro`yobga chiqishda, sirt faol moddalarni adsorbsiyalaydigan plazma oqsillarining roli ham katta. Shunday qilib, normal sharoitda qon plazmasining sirt tarangligi uning sirt buferlik xususiyati tufayli doimiy bir darajada tutib turiladi. Ammo ba`zi bir kasalliklarda bu xususiyat namoyon bo`lmaydi. Shuning uchun qon zardobi va boshqa suyuqliklarning sirt tarangliklarini o`rganish ilmiy va diagnostika nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling