1. Biofizikaning predmeti, vazifalari. Biofizikaning biologik fanlar orasida tutgan o’rni va boshqa fan soxalari bilan aloqasi


Sirt faol moddalar eritmalarida mitsella paydo bo’lish hodisasini tavsiflang


Download 1.78 Mb.
bet35/43
Sana23.12.2022
Hajmi1.78 Mb.
#1047099
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
Bog'liq
biofizika 100%

5. Sirt faol moddalar eritmalarida mitsella paydo bo’lish hodisasini tavsiflang.
Sirt aktiv moddalar faqat tuban konsentratsiyalar sohasidagina haqiqiy eritmalar hosil qila oladilar. Ularning eritmada molekulyar yoki ion holidagi haqiqiy eritmalar hosil qila oladigan konsentratsiyalari 10-5-10-3 mol.l-1diapazonida yotadi. O`sha konsentratsiyalar doirasidan yuqorida ular eritmada kolloid agregatlar mitsellalar hosil qiladi va shuning uchun sirt aktiv moddalarning eritmalari kolloid strukturaga ega bo`ladi. Bu hol, o`z navbatida sirt aktiv modda eritmalarining muhim xarakterli belgisiga aylanadi.Mitsellalar termodinamik jihatdan barqaror va shu bilan birga aksiga qaytar qurilma bo`lib, ma`lum bir konsentratsiya sharoitida paydo bo`ladi va eritma suyultirilganda esa tarqalib ketadi. Mana shu hol sirt aktiv moddalar eritmalarini haqiqiy kolloid sistemalardan farqlantiradi va ularning yarim kolloidlar deb atalishiga asos bo`lgan. Sirt faol moddalarning mitsella hosil qila olish qobiliyatli qutbli guruhlar soni va tabiati bilan shartlanadigan, molekulalarning gidrofilligi va shuningdek, uglevodorod radikallarining mavjudligi bilan belgilanadigan, gidrofillik, xususiyatlarining ma`lum bir nisbatidagina namoyon bo`ladi. Mazkur xossalarning optimal balansi molekulalari oshkora gidrofila guruhlar va avj olgan uglevodorod radikallaridan tashkil topgan sirt aktiv moddalarga xosdir. Balansning u yoki butomonga siljishi mitsella hosil bo`lishini cheklaydi.Mitsella paydo bo`lishida uglevodorod zanjirlarining uzunligi ham muhim bo`lib, mitsella faqat molekula gidrofillikni yetarli darajada namoyon eta oladigan uzunlikka ega bo`lgan taqdirdagina (C-8 dan yuqori bo`lgandagina) yuzaga keladi.Sirt aktiv moddalarning yuqori konsentratsiyalar sharoitida, eritmada tekis, ko`p qavatli mitsellalar qaror topadi. Tekis mitsellalar-molekulalarning biomolekulyar qatlamlaridan iborat bo`lib, ularda uglevodorod zanjirlari qatlam ichidan, qutbli guruhlar esa qatlamlar, tashqarisidan joy oladi.
6. Diffuzion potensiallar farqining kattaliklari qanday omillarga bog`liq.
Diffuzion potensiallar kattaligi kation va anionlar harakatchanliklariaro farq harorat va eritmalar konsentratsiyalari nisbatining logarifmiga bog`liq bo`ladi. Boshqacha aytganda, u -V qancha katta bo`lsa, ya`ni ionlardan birining harakatchanligi ikkinchisinikidan qanchalik kam bo`lsa, diffuzion potensial shuncha katta bo`ladi. Ikkinchi tomondan, Ed-kattaligi eritmalar konsentratsiyalaridagi farq bilan ham belgilanadi. Ma`lum bo`lgan ionlardan eng katta harakatchanlikka ega bo`lgani vodorod va gidroksil ionlari bo`lib, o`sha ionlardan biriga ega eritmalararo kelib chiqadigan potensiallar farqi anchagina katta qiymatlarga erishadi. Bunday hol bir vaqtning o`zida, kam harakatchanlikka ega yirik molekulalar organik va anorganik ionlar tutgan sistemalarga ham taalluqlidir. Diffuzion potensiallar farqi shikastlanish potensiali deb ataladigan potensialning muhim tashkillovchilaridan bo`lishi ehtimoldan holi emas. To`qima zararlaganda vujudga keladigan ana o`sha shikastlanish potensiali zararlanish paytida bog`langan holatdan erkin holatga o`tgan kaliy yoki vodorod ionlari bilan hujayralardagi oqsil anionlari harakatchanliklarining turlicha bo`lishi bilan shartlanishi mumkin. Ma`lumki, oqsil anionlari, ular o`lchamlarining kattaligiga bog`liq holda, kam harakatchanlikka ega. Shu sababdan shikastlanish potensiali ko`pincha anchagina katta qiymatlarga erishadi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling