1. Biologiya o‘qitish uslubiyatining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Bo\'m . 303.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 42. Maxsus tushunchalar qanday misollar keltiring
40. Oddiy tushunchalar qanday hosil bo’ladi? 41. Murakkab tushunchalar qanday hosil bo’ladi? Oddiy va murakkab tushunchalarni shakllantirish. Har bir tushuncha asta-sekin rivojlanadi, murakkablashib boradi. Bilimning bir elementini o‘z ichiga olgan oddiy, dastlabki tushuncha boshqa oddiy tushunchalar bilan birlashib murakkab tushunchani hosil qiladi. Masalan, “barg” tushunchasi mavzu bo‘yicha birinchi darsda oddiy, birlamchi tushuncha hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar barg tomirli yashil yaprog‘ va bandga ega ekanligi, ya’ni uning tashqi shakli to‘g‘risida tushuncha oladilar. Mavzuni o‘rganishning oxirida, “barg” tushunchasi bilimning qator elementlarini o‘z ichiga olgan murakkab tushunchaga aylanadi. Zoologiya kursida har qaysi hayvon to‘g‘risidagi tushuncha uning morfologiyasi, anatomiyasi, fiziologiyasi va ekologiyasi to‘g‘risidagi tushunchalarni birlashtiradi. Ayni paytda organizmlarning evolyusion murakkablashib borishi to‘g‘risidagi tushuncha shakllanib boradi. Odam va uning salomatligi kursida oddiy tushunchalar to‘planib har bir organ, masalan, yurak, o‘pka, miya va boshqalarning anatomiyasi to‘g‘risidagi murakkab tushunchalarni beradi. Bu tushuncha hujayra, to‘qima, butun organ va barcha organlar sistemasida boradigan funksional jarayonlar to‘g‘risidagi tushuncha bilan chambarchas bog‘liqdir. Organ to‘g‘risidagi tushuncha asta-sekin ancha murakkab anatomo-fiziologik, ya’ni organlar sistemasi to‘g‘risidagi tushunchaga aylanadi. 42. Maxsus tushunchalar qanday misollar keltiring? Maxsus tushunchalarni shakllantirish. Kurs doirasida rivojlantiriladigan tushunchalarni maxsus tushunchalar deyiladi. Ular orasidan faqat biror mavzu yoki ayrim darsda rivojlantiriladigan lokal (mahalliy) tushunchalarni ajratish mumkin. Botanikada - o'simliklarning mineral oziqlanishi, fotosintez, ildiz, barg, gul va boshqalarning morfologiyasi, ya'ni faqat o'simliklarga taalluqli ma'lumotlar; zoologiyada - hayvonlarning morfologiyasi, anatomiyasi, fiziologiyasi, ekologiyasi maxsus tushunchalarga misol bo'lishi mumkin. Umumiy biologiyada turning realligi va uning nisbatan doimiyligi, ATF, DNK, RNK, gen, genotip, genetik kod, fenotip, genotip va boshqalar to'g'risidagi maxsus tushunchalar o'rganiladi. Maxsus tushunchalarni quyidagi guruhlarga birlashtirish mumkin: predmetlar (ayrim o'simlik hamda hayvonlar va ularning organlari) to'g'risidagi tushunchalar, hodisalar (fiziologik jarayonlar) va o'zaro bog'lanishlar (tuzilishi va funksiyalari, ekologik, sistematik va filogenetik bog'lanishlar) to'g'risidagi tushunchalar. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling