1. Biologiya o‘qitish uslubiyatining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/58
Sana18.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1209257
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
Bo\'m . 303.

 
 
 
 
 
 
 
200. Maktab biologiya fanlari bo’yicha tavsiya qilingan 
darsliklar va ularni tahlili. .Maktab darsligiga qo’yilgan asosiy 
talablar.
Birinchidan, maktab darsligi ilmiy bo’lishi, yahni fanning 
rivojlanishini, so’ngi yutuqlarini o’zida ifoda etmog’i;
Ikkinchidan, u o’quvchilar uchun tushunarli, yahni ularning 
yoshiga, tayyorgarlik darajasiga mos bo’lishi;
Uchinchidan, darslik o’quvchi uchun qiziqarli bo’lishi, unda ҳar 
bir mavzuga mos rangli rasmlar, sxemalar, jadvallar, 
qo’shimcha qiziqarli mahlumotlar, topshiriqlar, savollar o’rin 
olmog’i; To’rtinchidan, darslik o’quvchilarning mustaqil bilim 
olishiga, ijodiy rivojlanishiga, mantiqiy tafakkurini o’stirishga 
qaratilgan bo’lishi;


Beshinchidan, darslik milliy istiqlol mafkurasini o’quvchilar 
ongiga singdirish uchun yo’naltirilgan bo’lishi;
Oltinchidan, darslik maҳalliy sharoitda keng tarqalgan 
o’simliklar, ҳayvonlar, odamlarning tashqi va ichki tuzilishi
ҳayot faoliyati yoritishi;
Ettinchidan, darslik o’quvchi salomatligini saqlashga qaratilishi;
Sakkizinchidan, tabiatni muҳofaza qilish, tabiiy resurslardan 
tejab tergab foydalanishga o’quvchilarni o’rgatishga qaratilishi 
kerak. 
3.Maktab botanika darsligining mazmuni va tuzilishi.
Ҳozirgi vaqtda respublikamiz maktablarida botanika 5-6-
sinflarda o’qitiladi. Uning asosiy maqsadi o’simliklar 
dunyosining xilma-xil vakillari, ularning tashqi, ichki tuzilishi, 
ҳayot faoliyati, tabiat va inson ҳayotida tutgan o’rni bilan
o’quvchilarni tanishtirishdan iborat. 5- sinfda 34 soat, 6- sinfda 
68 soat xajmda o’quvchilarga botanik bilimlarni berish ko’zda 
tutilgan. Maktablarda qo’llanilayotgan 5- sinf botanika darsligi 
95 saҳifadan iborat bo’lib, 64 rangli rasmlar bilan bezatilgan. U 
6 bobdan, 34 paragrifdan tashkil topgan. Darslik 
muqaddimasida asosiy ehtibor botanika so’zining lug’aviy 
mahnosi, mazkur fanning shaҳobchalari, Yer yuzidagi va
O’zbekistondagi o’simlik turlarini soni, ularning tabiat va inson 
ҳayotidagi aҳamiyati ҳaqida mahlumotlar yoritilgan. SHundan 
keyin o’quvchilar o’simlik ҳujayrasi, ildiz, poya, barg, 
o’simlikning vegetativ ko’payishi ҳaqida mahlumot oladilar. 
Darslik so’ngida gerbariy tayyorlash va darslikka kirgan 


o’simliklar ro’yxati ilova tarzida keltirilgan. Ҳar bir paragrifida 
tayanch tushunchalar, paragriflar so’ngida savollar, ayrim 
ҳollarda test topshiriqlar, qo’shimcha mahlumotlar keltirilgan.
Umuman olganda 5- sinf botanika darsligiga ijobiy baҳo berish 
mumkin. Ayniqsa uning dizayni juda yuqori. SHu bilan 
birgalikda darslikning yaratishda ayrim kamchiliklar ҳam 
uchraydi:
1.Yuqorida qayd qilingandek darsliklar tahlim standarti, o’quv 
dasturi talablari asosida yozilishi kerak. Darslik faqat 
o’quvchilarga bilim berish bilan cheklanmay, ularning o’quv 
ko’nikma, malakalarini rivojlantirishni ҳam ko’zda tutish kerak. 
Bu masala 5- sinf botanika darsligida yetarlicha o’z ifodasini 
topmagan. Masalan 6 ta laboratoriya mashg’ulotining aloҳida 
ajratilmaganligi, ularni o’tkazishiga oid metodik tavsiyalarini 
yetarlicha yoritilmaganligi, o’quvchilarning o’quv ko’nikma va 
malakalarining rivojlanishiga salbiy tahsir etadi deb o’ylaymiz. 
Darslikda ayrim ҳollarda tushunchalarni izchillik bilan 
rivojlantirishga ehtibor berilmagan. CHunonchi, o’simliklarda 
moddalarning ҳarakatlanishi «poya» mavzusida berilgan. Unda 
bir vaqtning o’zida suv va suvda erigan mineral moddalarni 
ҳamda organik moddalarning ҳarakatlanishi to’g’risida 
mahlumot keltirgan. Vaxolanki organik moddalarni 
sintezlanishi barg mavzusi bilan uzviy aloqador. «Barg» esa 
«poya» mavzusidan so’ng o’tiladi. Xuddi shuningdek 
darslikning boshida berilgan «Kuz faslida o’simliklar ҳayotida 
ro’y beradigan o’zgarishlar» mavzusini 30 paragrifidan
«Ҳazonrezgilik» mavzusi bilan birlashtirish maqsadga muvofiq 
bo’ladi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling