1. Biologiya o‘qitish uslubiyatining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?


 Og‘zaki usuldan foydalanish. 57. Og‘zaki usulidan


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/58
Sana18.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1209257
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Bog'liq
Bo\'m . 303.

50. Og‘zaki usuldan foydalanish. 57. Og‘zaki usulidan 
foydalanishning qanday xususiyatlari bor? 
Og'zaki usuli o'qitishda qadimdan qo'llanilib kelinayotgan 
dastlabki usullardan biridir. Bu usulning og'zaki deb 
nomlanishining boisi shuki, o'quv materialini o'quvchilar 
o'qituvchining so'zlab beradigan hikoyasi, ma'ruzasi, tashkil 
etadigan suhbati natijasida o'rganishadi. Boshqacha aytganda, 
ushbu usul qo'llanilganda o'quvchilar tayyor bilimlarni 
o'qituvchining og'zaki so'zlari vositasida anglashadi. Og'zaki usul 
o'quv materialini o'qituvchining jonli, yorqin hissiyotlarga boy 
bo'lgan so'zi, turli ko'rgazmali qurollar vositasida tushuntirish 
imkoniyatini beradi. 
Insoniyat tarixida bosib o'tilgan yuz yillarga e'tibor qilsak, olim-u 
fozil kishilarning necha-necha avlodlar ayni shu og'zaki usul 
vositasida ilm olganliklarining guvohi bo'lamiz. Og'zaki usul - o'z 
tarkibida turdosh usullardan hikoya, suhbat, ma'ruza, 
tushuntirish kabilar bo'ladi. 
Hikoya usuli-ko'pincha 5-8-sinflardagi biologiya ta'limida 
qo'llaniladi. Hikoya odatda dars mavzusi turli ilmiy 
tadqiqotlarning ochilishi tarixiga, olimlarning hayoti, ijodiga, 
tabiatdagi biror hodisa yoki voqealarning tajribasiga 
bag'ishlangan paytlarda qo'llaniladigan usuldir. Hikoya 
yuqoridagi mazmunda bo'lgan o'quv materialini o'qituvchining 
jonli, obrazli tafsilotidir. Hikoya usuliga qo'yiladigan bir qancha 
talablar qatoriga quyidagilarni ko'rsatish mumkin: 


1. Hikoya usuli o'qituvchining yorqin, jonli so'zlar vositasida 
o'tkazilishi lozim..
2. Hikoya usuli qo'llanilgan o'qituvchi artistlik mahoratiga ega 
bo'lishi, dars mavzusining turli qismlarini bayon etayotganda 
turli harakatlar, ovoz balandligini goh baland yoki pastligiga 
e'tibor bermog'i, his-hayajon bilan hikoya qilishi kerak.
3. Hikoya dars mavzusi asosiy masalalarining qo'yilishi, uni hal 
etish yo'llari, hal etilishi va xulosalar chiqarish kabi sujet 
yo'nalishida tashkil etilmog'i kerak. 
4. Yuqorida aytilganidek, hikoya ko'pincha pastki sinflarda 
qo'llanilganidan mazkur sinf o'quvchilarining ruhiy 
imkoniyatlarini, diqqat qilish qobiliyatlarini hisobga olish kerak. 
Ruhshunoslarning ko'rsatishicha, 13-15 yoshli o'quvchilar o'z 
diqqatlarini mavzu va hodisalarga 12-15 minut davomida 
qaratib turishlari, so'ngida ularning diqqatlari boshqa narsalarga 
kuchishi kuzatilar ekan. 
Yuqoridagilarga asoslangan holda hikoya usulidan 
foydalanilganda uning davomiyliligini 10-15 minutdan oshirib 
yuborish maqsadga muvofiq. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling