1. Biologiya o‘qitish uslubiyatining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Bo\'m . 303.
51. Biologiyaning hikoya usuli qanday amalga oshiriladi? 58.Hikoya usuli va undan foydalanishning xususiyatlarini ayting. Ҳikoya metodi o’quvchilarga o’quv materialini yaxlit ҳolda savollar berib, uzmasdan bayon etishni nazarda tutadi. Yangi mavzu mazmunida yangi tushunchalar, ilmiy axborot ko’p bo’lgan taqdirda, shuningdek, o’qituvchi o’quv materiali yuzasidan faol suҳbat o’tkazish imkoni bo’lmagan, izoҳlash va tushuntirishi lozim bo’lgan, o’quv materialining ҳajmi katta bo’lib, uni dasturda belgilangan vaqtda o’rganish zarur bo’lgan ҳollarda ҳikoya metodidan foydalanadi. Ҳikoya metodidan darsning qaysi bosqichida foydalanishiga ko’ra ҳikoya metodining didaktik maqsadi turlicha bo’ladi. Darsning kirish qismida foydalaniladigan ҳikoya metodi o’quvchilarning yangi mavzu mazmunini idrok qilishga tayyorlash sanaladi. Mazkur jarayonda ҳikoya metodi mazmun jiҳatdan o’quvchilarda yangi mavzuni o’zlashtirishga bo’lgan eҳtiyojni vujudga keltirish, barqaror qiziqishni uyg’otish, dars davomida bajarilishi lozim bo’lgan o’quv topshiriqlarining maqsadini anglashni tahminlashga qaratiladi. 52. Biologiyaning suhbat usuli qanday amalga oshiriladi? 59. Suhbat usulidan foydalanishning xususiyatlari. Suҳbat metodi o’qituvchining o’quvchilar tomonidan yangi mavzu mazmunidagi qonuniyat, tushuncha va atamalarning izchillikda faol o’zlashtirishini tahminlovchi puxta o’ylangan savollar vositasida ishlashini nazarda tutadi. Suҳbat metodi yordamida o’quvchilarning avval o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalari faollashtiriladi, tizimga solinadi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi va yangi o’rganilayotgan tushuncha bilan o’zaro aloqadorligi yoritiladi. SHuni qayd etish kerakki, o’quvchilarning avval o’zlashtirgan bilimlari asosida yangi mavzuni savollar yordamida o’zlashtirish imkonini beradigan mavzular suҳbat metodi vositasida o’rganish tavsiya etiladi. Suҳbat metodi o’quvchilarning nazariy bilimlarni o’zlashtirish jarayonini yengillatish, o’quvchilarning avval o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalari, ҳayotiy tajribalaridan foydalanib, qator savollar yordamida yangi bilimlarni o’zlashtirish, mazkur bilimlardan amaliyotga qo’llashni anglab olishiga zamin tayyorlashni ko’zda tutadi.O’quv mahruzasi metodidan foydalanilganda quyidagi talablarga ehtibor qaratish lozim: 1. Mahruza mazmuni chuqur ilmiy, g’oyaviy va mantiqiy ketma-ketlikda ko’rgazma vositalarga asoslangan ҳolda bayon etilishi. 2. O’quvchilar uchun tushunarli, ҳissiyotga boy va sodda tilda yoritilishi. 3. O’quvchilarning yoshlik va ruҳiy ҳolatlarini ҳisobga olgan ҳolda 15-20 minutdan so’ng qisqa mustaqil ish yoki savol-javob o’tkaziladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling