1. Biologiya o‘qitish uslubiyatining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Bo\'m . 303.
38.Bilim nima ta’rif bering?
Bilim – narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlar, jarayonlar va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida fan aniqlagan tushunchalardan tarkib topgan. Tushunchalar insonga uning dunyoni idrok etishdagi intilishlarida yordam beradi. Tushunchalar hosil bo‘lishida eng muhimi ularning rivojlanishi va o‘zaro bog‘liqligidir. Tushunchalarni shakllantirish-o‘quvchilarga butun ta’lim va tarbiya berish jarayonining harakatlantiruvchi kuchidir. O‘qituvchi har bir kursda, o‘quv fanida asosiy tushunchalarni belgilab olishi va ularni tinmay o‘zining e’tiborida tutishi, ularga har xil materialni o‘rganishda va turlicha bog‘lanishda qaytishi lozim. Tushunchalar asta-sekin rivojlanib, anglashilib borish bilan mukammallashib boradi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, tushunchalarning rivojlanishi alohida ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. 39. Biologik tushunchalarni xillarini ayting? Oddiy va murakkab tushunchalarni shakllantirish. Har bir tushuncha asta-sekin rivojlanadi, murakkablashib boradi. Bilimning bir elementini o‘z ichiga olgan oddiy, dastlabki tushuncha boshqa oddiy tushunchalar bilan birlashib murakkab tushunchani hosil qiladi. Masalan, “barg” tushunchasi mavzu bo‘yicha birinchi darsda oddiy, birlamchi tushuncha hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar barg tomirli yashil yaprog‘ va bandga ega ekanligi, ya’ni uning tashqi shakli to‘g‘risida tushuncha oladilar. Mavzuni o‘rganishning oxirida, “barg” tushunchasi bilimning qator elementlarini o‘z ichiga olgan murakkab tushunchaga aylanadi. Maxsus tushunchalarni shakllantirish. Kurs doirasida rivojlantiriladigan tushunchalarni maxsus tushunchalar deyiladi. Ular orasidan faqat biror mavzu yoki ayrim darsda rivojlantiriladigan lokal (mahalliy) tushunchalarni ajratish mumkin. Botanikada – o‘simliklarning mineral oziqlanishi, fotosintez, ildiz, barg, gul va boshqalarning morfologiyasi, ya’ni faqat o‘simliklarga taalluqli ma’lumotlar; zoologiyada – hayvonlarning morfologiyasi, anatomiyasi, fiziologiyasi, ekologiyasi maxsus tushunchalarga misol bo‘lishi mumkin. Umumbiologik tushunchalarni shakllantirish. Tabiatga, barcha tirik organizmlarga taalluqli biologik qonuniyatlar to‘g‘risidagi va ayrim biologik kurslarning maxsus tushunchalarini umumlashtiruvchi tushunchalar umumbiologik tushunchalar hisoblanadi. Hujayra hayot birligi ekanligi, organizmlar tuzilishi va funksiyasining birligi, organizm bilan muhitning o‘zaro bog‘liqligi, organizmning o‘z-o‘zini boshqaruvchi sistema ekanligi, moddalar almashinuvi va energiyasining o‘zgarishi, organizmlarning o‘z-o‘zini vujudga keltirishi, evolyusion rivojlanishi to‘g‘risidagi tushunchalar umumbiologik tushunchalardir. Tushunchalarni rivojlantirishning ahamiyatini tushunish o‘qituvchiga o‘qitishning to’liq borishini fikrlab olishga, ta’limning aniq samarasiga erishishga, o‘quvchilar tomonidan bilimni o‘zlashtirish jarayoniga ongli ravishda rahbarlik qilishga yordam beradi. Tushunchalarni rivojlantirishdan foydalanib, o‘qituvchi dars uchun material ajratib, uni to‘g‘ri tanlab oladi va mos metod hamda metodik uslublarni tanlaydi va darsda qo‘llanadi, ko‘rgazmali qurollardan samarali foydalanadi. O‘quvchilar bilimining puxtaligi va ongli bo‘lishi ana shularga kuzatiladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling