1. Birja tarixi


Download 0.67 Mb.
bet32/60
Sana21.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1644347
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
Bog'liq
birja javoblar

13.Birja bozorida kliring

Kliring bu – o'zaro talab va majburiyatlarni hisobga olishdir. Birja kliringi bu – birja savdosi qatnashchilari o'rtasida kim, nimani, kimga va qaysi muddatda qarzligini belgilashga asoslangan kliring. Hisob-kitoblar bu – birja kliringi davomida aniqlangan, yakuniy natijasi odatda birja bitimi ob'ektini sotuvchidan xaridorga o'tkazish bo'lgan majburiyatlarni bajarish, shuningdek, xaridorning sotuvchi bilan shartnoma shartlari bo'yicha pul hisob-kitobi jarayonidir. Kliring va hisob-kitoblar zarurati bozor savdosining zamonaviy tashkil qilishdan kelib chiqadi. Eng oddiy bozor operatsiyasi uchta tarkibiy qismdan iborat: sotuvchi va xaridor o'rtasida bitim tuzish (og'zaki yoki yozma shaklda); bitim bo'yicha hisob-kitoblar (masalan, tovar narxini uning miqdoriga ko'paytirish va butu bitim narxini (bahosini) aniqlash); tovar va pul mablaag'larini bir-biriga berish yo'li bilan shartnomani ijro etish. Qoidaga ko'ra, faqat eng oddiy bitimni tuzishda sotuvchi va xaridor vositachilarsiz to'g'ridan-to'g'ri uchrashadi. Biroq zamonaviy birja (fond, fyuchers) bozorida sotuvchi va xaridor bitimlarni vositachilarsiz to'g'ridan-to'g'ri kamdan-kam hollarda tuzidilar. Ko'p hollarda ular bir-biridan vaqt va makon bo'yicha ajralgan bo'ladi. Birja tovarlari sotuvchi va xaridorlar o'rtasida bog'lovchi bo'g'in bo'lib odatda goh sotuvchi, goh xaridor rolida ishtirok etadigan birja vositachilari xizmat qiladi.


Eng umumlashtirilgan ko'rinishda birja kliringi va hisob-kitoblarining quyidagi asosiy funktsiyalarini ajratib ko'rsatish mumkin.
a) tuzilgan birja bitimlarini ro'yxatga olish jarayonini ta'minlash (bitimlar haqida axborot berish va olish, uni tekshirish va tasdiqlash, ro'yxatga olish va h.k.);
b) ro'yxatga olingan bitimlar hisobini yuritish (bozor turlari, qatnashchilar, ijro muddati va hokazolar bo'yicha);
v) birja bozori qatnashchilarning o'zaro majburiyat va to'lovlarini hisobga olish;
g) birja bitimlarining kafolatli ta'minlanishi (turli shakllarda);
d) pul hisob-kitoblarnii tashkil qilish;
e) tuzilgan birja bitimi bo'yicha birja tovarin etkazib berishni ta'minlash.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling