1. Birja tarixi
Birja bozorida kliring va hisob – kitoblar
Download 0.67 Mb.
|
birja javoblar
33.Birja bozorida kliring va hisob – kitoblar.
Birja faoliyatida birja kliring va hisob-kitoblar umumiy namunaviy tizimi hali ishlab chiqilmagan. Har bir yirik birjada kliring va hisob-kitob jarayonlari mustaqil tashkil qilinib, umumiy va farqli jihatlarga ega bo'ladi. Bundan tashqari, qimmatli qog'ozlar bozoridagi kliring va hisob-kitoblarning fyuchers shartnomalari bozoridagi kliring va hisob-kitobladan printsipial farqlari bor. Qimmatli qog'ozlar bozorida hisob-kitob-kliring jarayonining asosiy xususiyati sotilgan qimmatli qog'ozlarning bitta egasidan boshqasga qayta rasmiylashtirish hisoblanadi. Fond bozorida qimmatli qog'ozlar bilan tuzilgan bitimlar hisob-kitob-kliring jarayonining asosiy bosqichlari quyidagilar (23-sxema): 1. – bitimni birjada ro'yxatga olish; 2. – uning rekvizitlari bitim qatnashchilari tomonidan tasdiqlanishi; 3. – pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarning mijozlardan brokerlarga berilishi; 4 – pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarning brokerlardan birjaning Hisob-kitob palatasiga berilishi; 5 – pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarning birjaning Hisob-kitob palatasidan ularni qayta rasmiylashtirish uchun yangi egasiga berilishi; 6. – qimmatli qog'ozlarni depozitariyda yangi egasiga rasmiylashtirish; 7. – qimmatli qog'ozlarni (yangi) birjaning Hisob-kitob palatasiga qaytarish; 8. – pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarning Hisob-kitob palatasidan mos keluvchi brokerlarga berilishi; 9. – brokerlarning pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarni ularning yangi egalariga berishi. Kliring-hisob-kitob egallaydigan vaqt, ya'ni bitim tuzilgan vaqt va u bo'yicha hisob-kitob vaqti o'rtasidagi oraliq odatda hisob-kitob davri deb ataladi. Birja bozorida kliring tizimlarini yanada rivojlantirishning vazifalari quyidagilar hisoblanadi: • bitta bitimga to'g'ri keladigan kliring va hisob-kitoblar bo'yicha xarajatlarni qisqartirish (yoki ularning o'sishni to'xtatib turish); • kliring va hisob-kitob operatsiya larini amalga oshirish muddatini qisqartirish yo'li bilan kliring va hisob-kitoblar jaryonini tezlashtirish; Jahon fond va fyuchers bozorlarida kliring va hisob-kitoblarni baynalmilallashtirish. Ko'rsatilgan maqsadlarga erishish avvalo, quyidagilar yordamida amalga oshiriladi: * qimmatli qog'ozlarni nomateriallashtirish; • qimmatli qog'ozlar va fyuchers shartnomalari bilan elektron savdoga o'tish; • jahon birja bozorida hisob-kitob davrlarini bir xillashtirish. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling