1. Birja tarixi
Ko’chmas mulk oldi sotdi jarayoni bosqichlari
Download 0.67 Mb.
|
birja javoblar
34.Ko’chmas mulk oldi sotdi jarayoni bosqichlari.
Rieltorlik xizmatlarini ro’yxatini shakllantirishining avvalgi boshlanishida, uni bajarishning texnologiyasini shema ko’rinishida tizimlashtirish mumkin • 1-Bosqich -Tanishuv • 2-Bosqich -Tayyorlov • 3-Bosqich -Tugallovchi Maklerlik xizmatlari tashkilotining bunday ketma-ketligi rieltorlar va agentlarning allaqachon tuzilgan jamoasi ega ko’chmas mulk agentliklari uchun xosdir. Barcha amaliyotlarni o’z xoxishiga ko’ra, o’zi va mijoz manfaatlariga mos xolda bajaradigan xususiy rieltor (ko’chmas mulk agentligining xodimi emas), rieltorlik xizmatlari ketma-ketligini o’zgartirishi mumkin. Rieltorlik xizmatlarini 3 bosqichga bo’linishi, ularni bajarishni nafaqat ketma-ketligini ko’rsatadi, balki kadrlarni(mutaxassislarni) rasional yig’ish va foydalanishga imkon beradi. Har bir bosqich u yoki bu qiyinchilik bilan farq qiladi. Tanishuv bosqichi boshlang’ich ko’chmas mulk agenti yoki rieltor uchun oddiy va qulayroqdir. Maxsus bilimlar yoki yuqori sifatlar bu xolda talab qilinmaydi. Ko’chmas mulkning agentligining xar bir yangi xodimi murojaatlarni qabul qilish va uni mijoz bilan tanishuvi orqali o’z yo’lini boshlaydi. Asosiy talablar: erning geografiyasini bilishi (shaxar, rayon va shu kabilar), ozgina psixolog bo’lishi, telefonda muloqot qila olishi kerak. Ko’pgina katta va o’rta ko’chmas mulk agentliklarida 1-bosqichda “yangilar”, sekretarlar, uslubchilar, referentlar, kur’erlar, stajerlar, talabalar, reklama agentlari, uy telefonidagi dispetcherlar va boshqalar banddirlar. Tayyorlov bosqichi muayyan bilimni talab e tadi va bajarilish bo’yicha eng uzuni xisoblanadi: bir xaftadan (qisqa muddatli) 1- yil va undan uzoqqacha bo’ladi. Masalan, variantlarni qidirish yoki xaridorlarni topish, ko’p majburiyatlarga bog’liq ravishda vaqt bo’yicha chegaralanmagan bo’lishi mumkin. Asosiy talablar: rieltor ko’chmas mulk bozorini va bozor qatnashchilarini yaxshi bilishi, iqtisodiy va yuridik bilimlarni egallashi, mobillikka ega bo’lishi darkor. Tugallovchi bosqich bitim uchun javobgar yuqori sifatli, tajribali rieltor yoki ko’chmas mulk agentini majburiy qatnashuvi bilan o’tkaziladi. Bajarilish muddati bo’yicha bu bosqich rasmiy va yaxshi aniqlashtirilgan: Notarial rasmiylashtiruvi va davlat ro’yxat olishining sanasi (odatda bir kunda bajariladi); Mijozlar bilan o’zaro xisob-kitob muddatlari (bank orqali shartnomaga ko’ra); Xonadonni bo’shatish, propiskaga kirish-chiqish, qabul qilish akti bo’yicha mulkni topshirish (shartnomaga ko’ra). Asosiy talablar: rieltor notariat jarayonlari, bank yoki mijoz o’rtasidagi xisob-kitob shakllarini, bitimlarni davlat ro’yxatiga olish tizimi va axolini ro’yxatga olish rejimini tushinishi va unga javobgar bo’lishi lozim. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling