1. Birja tarixi


Download 0.67 Mb.
bet43/60
Sana21.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1644347
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60
Bog'liq
birja javoblar

26. Rieltorlik institutlari
Rieltorlik firmasi va uning vazifalari Boshqa tadbirkorlik ko'rinishlari qatori, rieltorlik faoliyati xayot uchun odamlarning muayyan extiyojlaridan yuzaga kelgan, bu xolda ko'chmas mulk bitimlarini amalga oshirishga majbur etadigan extiyojlar bilan bog'liq.
Ko'chmas mulk bitimlarini uzunligi va ko'pbosqichliligi, bozor xolati xaqda va unda taqdim etilgan ob'ektlar xaqida maxsus ma'lumotlarga ega bo'lish zaruriyati, bitimni tuzishdagi risklarni turli-tumanligi - rieltorlik nomini olgan tadbirkorlik faoliyatini aloxida turi paydo bo'lishi va rivojlanishi sababi bo'ladi.
Rieltorlik firmalar funksiyalari. Rieltorlik (brokerlik) faoliyat - ko'chmas mulk bitimlarini tuzish bilan bog'liq maslaxat-dallolchilik xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha faoliyatdir.
Bu faoliyatning asosiy bosqichlarini 15.1-rasmda ko'rish mumkin. Rieltorlik firmasining faoliyat maxsuloti (individual tadbirkor-rieltor, ko'chmas mulk agentligi) bo'lib iqtisodiyotni o'zgacha sektori bo'lmish ko'chmas mulk bozoridagi xizmat kiradi.
Broker ko'rsatadigan xizmat turlarining tarkibi-xaridor va sotuvchi xaqidagi, ijarachi va ijaraga beruvchi, ko'chmas mulkni bevosita qatnashchilari xaqidagi ma'lumot, ular o'rtasidagi bitimlarni amalga oshirishga tayyorlash va o'qitish yoki, iqtisodiy nazariya terminlari bilan aytganda - ko'chmas mulk bozorida talab va taklifga mos ravishda faoliyat yuritish.
Bitimlarni rieltor va rieltor firmalari ishtiroki bilan o'tkazish bosqichlari.

Ishning maqsadiga ko'ra, rieltor vositasida ko'chmas mulk bozorini nomukammalligi, bozor o'z-o'zini boshqarish baxoli mexanizmlarining zaifligi hal etiladi.


Rieltor faoliyati paydo bo'lish sababi -ko'chmas mulk bitimini amalga oshirishda zaruriy chiqimlarni yuqori darajasi (tranzaksion chiqimlar) ko'chmas mulk bitimiga taaluqli risklar har-xilligi.
Rieltor biznesini vazifasi ko'chmas mulk bitimini amalga oshirishda chiqim va risklarning yig'indisini kamaytirish.
Ko'chmas mulkning potensial sotuvchisi (xaridori) firmaga murojaat qiladi, chunki bitimlar tuzish tajribasiga ega, bu faoliyat bilan doimiy shug'ullanadigan, xaridor yoki sotuvchini o'zi yaxshi bilmaydigan bu bozorni tushunadigan rieltor-professional xizmatiga extiyoj sezadi.
1. Ko'chmas mulk bozori rivojlangan davlatlar ko'chmas mulk bitimlarining ko'pi agent-rieltor (broker) orqalio'tkaziladi. Rieltorlik (brokerlik) firmasi xizmatlar narxi agar mustaqil xolda amalga oshirilsa bitim qatnashchilari chiqimlari yig'indisining minimal darajasi bilan aniqlanadi.
15.2.Rieltorlik firmasi faoliyatining tashkiloti
Asosiy yondashuvlar. Tushum kelishi uchun, rieltor mijoz extiyojini to'la ravishda qondirishga intilishi kerak. Baribir, uning tadbirkor sifatidagi maqsadi extiyojlarni qondirishni o'zida emas, balki bu qondirish xisobiga o'ziga shaxsiy foyda olishdir. Uning vazifasi -jamiyat extiyojlarini shaxsiy foydaga aylantirishdir. Bu esa faqatgina uning firmasi samarali ishlaganda sodir bo'lishi mumkin. U xaqidagi aniq tasavvurni 2 rasmda keltirilgan sxema yoritadi. Undan ko'rinib turibdiki, rieltorlik firmasi faoliyatining samaradorligiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy tashqi omillar quyidagilar:
• Davlat;
Mijozlar;
• Raqiblar;
• Tuzilmaviy tashkilotlar.
27. Birja statistikasining vazifalari
Birja faoliyati ob`еktlari va sub`еktlarining axborot-tahliliy ta`minoti statistikaning muhim vazifasini hamda birja savdosini tartibga solish va sug`urtalashning zarur shartlarini ifodalaydi. Davlat statistikasi va birjalarni litsеnziyalash va nazorat qilishi lozim bo`lgan organlar birja bozorining miqyosi va ahvoli, uning infratuzilmasi, birja qatnashchilarining daromad va xarajatlari haqidagi ma`lumotlarga ehtiyoj sеzadi. Biznеs-statistika birja bozorining salohiyati, uning rivojlanish qonuniyatlari, narx va sotuv bashorati, birja bozoriga invеstitsiyalar haqidagi ma`lumotlarga ehtiyoj sеzadi. Shunday qilib, birja statistikasining vazifalari birja kon`yunkturasi, birja tovaraylanmasi va narx tеndеntsiyalari, birjaning tovar bozoridagi roli, birja jarayonining moddiy ta`minoti haqida axborot to`plash va tahlil qilishdan iborat. Birja statistikasining muayyan vazifalari quydagilardan iborat:
  • birjalar mavjudligi va birja faoliyati haqida axborot to`plash va qayta ishlash;


  • muayyan sana va davrda birja bozorining ahvolini baholash;


  • birja savdosi faoliyatini aniqlash, tala va taklifni, ularning nisbatini baholash;


  • birjada ishbilarmonlik faolligini baholash;


  • birja tovaraylanmasini, uning hajmini, struktura va dinamikasini, baholash va tahlil qilish, tovar birjalarining tovarlar ulgurji bozoridagi rolini tavsiflash;


  • rеal tovar bilan bitimlar va muddatli bitimlar nibatini tahlil qilish;


  • birja narxlari dinamikasi va o`zgaruvchanlik darajasini, ularning mavsumiyligi, davriyligini taxlil qilish, birja narxlarini bashorat qilish;


  • birja savdosining tijorat natijalarini baholash va tahlil qilish;


  • birja savdosi infratuzilmasining holati va rivojlanish tavsifi.




Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling