1. Birja tarixi
Xalqaro birja markazlari ( Ixtiyoriy davlatning birja faoliyati)
Download 0.67 Mb.
|
birja javoblar
25. Xalqaro birja markazlari ( Ixtiyoriy davlatning birja faoliyati).
AQSH birja tizimi. Qisqacha aytiladigan «Uoll-strit» nomi ostida AQShning qimmatli qog'ozlar xarid qilinadigan va sotiladigan barcha birjalari: Nyu-york fond birjasi (New York Stock Exchange - NYSE), Amerika fond birjasi (American Stock Exchange - AMEX) va mintaqaviy fond birjalari nazarda tutiladi. AQSh birja tizimining asosi Nyu-york fond birjasi hisoblanadi. Nyu-york fond birjasi 18-asrning boshlarida paydo bo'lgan, biroq Nyu-york gazetalarida qimmatli qog'ozlar muayyan bozori haqida xabar berilgan 1792 yilgacha u asosan tovar birjasi funktsiyalarini bajarib kelgan. 1792 yil dastlabki brokerlash bitimi imzolangan, 1817 yil esa «Nyu-york fond va birja kengashi» nomi va Nizomi paydo bo'lgan. Birjaning ishiga 27 kishida iborat bo'lgan direktorlar Kengashi rahbarlik qiladi. NYSE a'zolari soni taxminan 1400 kishiga teng. Har yili o'nlab joylar o'z egalarini almashtiradi, biroq umuman olganda NYSE azolar tarkibi doimiyligi va barqarorligi bilan tavsiflanadi, bu esa birjani amerika fond bozorining eng nufuzli institutlaridan biriga aylantiradi19. Biroq birja talablariga javob beradigan kompaniyalar uchun doimo birjada «joy» sotib olish imkoniyati mavjud. «Joy» narxi bozordagi vaziyatga bog'liq bo'lib, juda katta orliqda o'zgarib turishi mumkin. NYSE da bitta «joy» uchun eng katta narx 1999 yilning 23 avgustida to'langan va $2,650,000ga teng bo'lgan. AQShning ahamiyati bo'yicha ikkinchi birjasi - Amerika fond birjasi (American Stock Exchange) hisoblanadi. U qimmatli qog'ozlar norasmiy bozori sifatida 19-asrning o'rtalaridan faoliyat ko'rsatib kelmoqda, biroq faqat 1921 yilda u o'zining savdo zaliga ega bo'di. Amerika fond birjasi AQShning ahamiyati bo'yicha ikkinchi birjasi hisoblanishiga qaramay, ishbilarmonlik faolligi ko'rsatkichlari bo'yicha ham, pul qiymatidagi sotuv hajmi bo'yicha ham ushbu ko'rsatkichlar bo'yicha u Nьyu-york fond birjasi va qimmatli qog'ozlar bo'yicha dilerlar Milliy assotsiatsiyasi birjadan tashqari avtomatlashtirilgan kotirovka tizimi (NASDAQ) dan ancha ortda qoladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling